• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nurafshonda Zulfiya Zokirova haykali va kutubxona qurish loyihasi bekor qilinmagan — Toshkent viloyati hokimligi

    Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish hamda Nurafshon Business City hududida zamonaviy kutubxona binosining qurilishini bekor qilgani haqida xabar berilgan edi. Viloyat hokimligi loyiha bekor qilinmagani, faqat kechiktirilganini ma’lum qildi.

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, Toshkent viloyati hokimligi tomonidan joriy moliya yilini samarali yakunlash maqsadida hamda yil yakuniga qadar amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim tadbirlar ko‘lamini inobatga olib, 2021-yil davomida Toshkent viloyati mahalliy budjeti daromadlarining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi tahlil qilingan.

    Unga ko‘ra, 2021-yil yakuniga qadar Toshkent viloyati hokimining 23-apreldagi farmoyishiga asosan kameralar uchun, 30-apreldagi farmoyishiga asosan kichik sanoat zonasida ichimlik va oqova suv tarmoqlarini ulash uchun hamda Toshkent viloyati hokimining 3-noyabrdagi “Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova nomiga haykal majmuasi va zamonaviy kutubxona binosini qurish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan ajratilgan mablag‘larni belgilangan tadbirlar bo‘yicha hisob-kitoblar va loyihalashtirish ishlari yakuniga yetmaganligi sababli o‘zlashtirish imkoni mavjud emasligi aniqlangan.

    Budjet kodeksiga asosan moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy moliya yili doirasida amalga oshirilishi belgilanganligidan kelib chiqib, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi bilan kelishilgan holda yuqoridagi tadbirlarga ajratilgan mablag‘lar qisman chegirilgan.

    Shuningdek, viloyatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar hajmiga nisbatan qarzdorliklar shakllangan bo‘lib, chegirilgan mablag‘lar viloyatda olib borilayotgan va moliyalashtirilishi zarur bo‘lgan boshqa maqsadlar hamda kreditor qarzdorliklarni bartaraf qilishga yo‘naltirilishi belgilangan.

    “Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova nomiga haykal majmuasi va zamonaviy kutubxona binosini qurish bo‘yicha farmoyish bekor qilinmagan, aksincha, joriy yil moliya yili davomida ajratilgan mablag‘larning ishlatilmagan qismidan samarali foydalanish va boshqa qarzdorliklarni bartaraf etish uchun chegirib olingan. Ushbu obyektga kelgusida aniq hisob-kitoblarga asosan mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutiladi”, — deyiladi viloyat hokimligi xabarida.

    Eslatib o‘tamiz, Nurafshonda Zulfiya Zokirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish uchun 28,4 milliard so‘m ajratish, shuningdek, Nurafshon Business City hududida zamonaviy kutubxona binosini qurish uchun 6 milliard so‘m ajratish haqidagi farmoyish Toshkent viloyatining sobiq hokimi Davron Hidoyatov tomonidan 3-noyabr kuni imzolangandi.

    Viloyat hokimligi ma’lumotida bo‘lajak memorial majmua 2,97 gektar hududda park, o‘yin va piknik maydonlari, amfiteatr, terassali va yopiq turdagi kafelar, favvoralar, tashrif buyuruvchilar uchun qulay o‘rindiqlar va yashil hududlar, piyodalar va velosipedchilar uchun qulay yo‘laklar, bolalar maydonchalarini o‘z ichiga olishi aytilgan.

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Zamonaviy 3 qavatli kutubxona 1,1 gektar yer maydonda qurilishi, u funksional zonalar va kompyuter uskunalari bilan jihozlanishi, internet, axborot resurslari va milliy elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratilishi rejalashtirilgan.

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Memorial majmuani qurish tashabbusini prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni viloyatdagi saylovchilari bilan uchrashuv davomida ko‘plab takliflar qatorida bildirgan.

    “Davlat rahbari tashabbusi bilan qurilishi rejalashtirilgan ushbu inshootlar viloyat aholisi, yoshlari va mehmonlari uchun nafaqat maroqli hordiq chiqarish, balki ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni yuksaltirish yo‘lida ham muhim qadam bo‘ladi”, — deyiladi hokimlik ma’lumotida.

    Toshkent viloyatiga 18-noyabrdan hokimlik qilayotgan Zoir Mirzayev imzolagan 11-dekabrdagi farmoyishda yuqoridagi loyihalar uchun ajratilgan 34 milliard 400 million so‘m mablag‘ viloyat mahalliy budjetiga tiklanishi, ushbu mablag‘dan nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joylarini ta’mirlash uchun viloyat “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga o‘tkazib berish maqsadida 1 milliard 650 ming so‘m ajratilishi belgilangandi.

    Mavzuga doir: “Uyida chaksa uni yo‘q, tom boshida qo‘sh tandir” — yozuvchi Ulug‘bek Hamdam Nurafshonda 28 mlrd so‘m evaziga qurilishi rejalashtirilayotgan haykal majmuasi haqida

    13.12.2021, 19:54   Izoh (0)   26347
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda vaksina olishi ko‘zda tutilgan aholining 55 foizi to‘liq emlandi

    13.12.2021, 19:24

    Toshkentda ikki ayolni fohishalikda asossiz ayblab, ularni qamagan profilaktika inspektorlarining o‘zi qamoqqa olindi

    13.12.2021, 18:54

    Qoraqalpog‘istonda aliment sabab yuzaga kelgan mojaroda xotinini pichoqlab o‘ldirgan erkak 13 yilga qamaldi

    13.12.2021, 18:23

    O‘zbekistonda ijarada turuvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi — Davlat soliq qo‘mitasi

    13.12.2021, 18:08

    Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi

    13.12.2021, 17:53

    O‘zbekistonda 11 oy ichida qariyb 2,5 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingan

    13.12.2021, 17:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shou uchun million dollarlar: jahon yulduzlari nima uchun konsertga ko‘p pul sarflaydi?

    Musiqa | 21 iyun, 10:50

    Bayden sirli loyiha ustida ishlash uchun Vashingtonga poyezdda qatnamoqda — NYP

    Dunyo | 21 iyun, 10:40

    Sun’iy intellekt Google qidiruvni yo‘q qilmoqda: saytlar trafik, reklama va daromadini yo‘qotmoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 10:20

    Maosh 1000 dollar: o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 10:10

    Donald Trampning nabirasi qahvaxonada ishlamoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 09:55

    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

    Reklama | 21 iyun, 09:00

    Isroil mingta ko‘chma boshpana qurish rejasini ma’qulladi

    Dunyo | 21 iyun, 09:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.