Toshkent viloyati hokimining farmoyishiga ko‘ra, Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish ishlari uchun 28,4 milliard so‘m ajratildi. Tegishli qarorni viloyat hokimi Davron Hidoyatov imzolagan.
Qarorda, shuningdek, Nurafshon Business City hududida zamonaviy kutubxona binosining qurilishi uchun 6 milliard so‘m mablag‘ ajratish ham ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Zulfiya Zokirova Ikkinchi Jahon urushida beshta o‘g‘lini yo‘qotgan ona hisoblanadi. Zulfiya Zokirova taqdiri aks etgan “Ilhaq” filmi suratga olingan. Toshkentdagi g‘alaba bog‘ida ilk haykali o‘rnatilgan.
Izoh (0)