• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qamashidagi qishloqda bolalar maktabga borish uchun 10 kilometrlab piyoda yurishi aytilgan xabarga izoh berildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Boybo‘ri qishlog‘ida bolalar maktab yo‘qligidan qiynalayotgani, har kuni qo‘shni qishloqdagi maktabga qatnash uchun 10 kilometrlab yurishga majbur bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Qamashi tumani hokimligi holatga munosabat bildirdi.

    Foto: Qamashi tumani hokimligi

    Foto: Qamashi tumani hokimligi

    Ma’lum qilinishicha, holatni o‘rganish uchun tuman xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimligi xodimlari Boybo‘ri qishlog‘iga borgan. Qamashi tumanidagi “Boybo‘ri” mahallasida Esaboy va Boybo‘ri qishloqlari bor. Mahallada 3500 yaqin fuqaro ro‘yxatda turadi. O‘quvchilar 23, 27 va 73-maktablarga boradi.

    Qayd etilishicha, 1989-yilda kolxoz va sovxoz xo‘jaligi hisobidan qishloqda maktab qurilishi ishlari boshlangan. Bu qurilish davlat dasturiga ko‘ra emas, xo‘jalik hisobidan amalga oshirilgan. Xo‘jaliklar yakunlangach, qurilish ishlari ham to‘xtatilgan. Yillar o‘tishi bilan qurilish obyekti qarovsizlik sabab yo‘q bo‘lib ketgan. Hozirda ushbu suvli hududda fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasmlarda o‘quvchilar maktabga loy yo‘llar orqali borayotgani tasvirlangan. Hokimlik axborot xizmatining ta’kidlashicha, bolalar maktabga, asosan, tosh to‘kilgan yo‘ldan boradi. Ammo masofani kamaytirish uchun ba’zi bolalar fermer xo‘jaligi maydonlarini kesib o‘tadi.

    Ma’lum bo‘lishicha, qishloq aholisi hududda maktab qurish bo‘yicha murojaat qilgan. Aholi mo‘ljallab qo‘ygan faqat bitta joy bor bo‘lib, u ham fermer xo‘jaligi konturida — suvli yer hisoblanadi. Amaldagi qonunlarga ko‘ra, bu turdagi maydonlar faqat qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ajratiladi.

    Ta’kidlanishicha, yashash xonadonlari uchun egalik huquqi ham mavjud emas. Vaqtinchalik foydalanish hujjati qilingan.

    “Qishloq bolalarining aksariyat qismi boradigan 27 va 73-maktab oralig‘i 5 kilometrni tashkil qiladi. Boybo‘ri qishlog‘i aholisi o‘sha maktablar oralig‘idagi hududda yashaydi. Shuningdek, maktablar qishloqlar uchun emas, bolalar uchun quriladi. Maktab qaysi hududda qurilishidan qat’i nazar har bir bola uchun eshigi ochiq hisoblanadi. Shu sabab bolalarning o‘z maktablari yo‘q deyish o‘rinsizdir”, — deyiladi hokimlik munosabatida.

    Qishloq hududida maktab binosi qurish masalasi mutaxassislar tomonidan bir necha bor o‘rganilgan. Hududda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 160 o‘rinli maktab qurish taklif qilingan. Qishloq hududida talab darajasidagi radiusda maktablar mavjudligi sabab taklif inobatga olinmagan. Hozirda Esaboy qishlog‘ida joylashgan 27-maktab uchun qo‘shimcha bino va sport maydoni qurish taklifi berilmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, AOKAda 27-noyabr kuni O‘zbekistonda maktablar yetishmovchiligi mavzusida brifing bo‘lib o‘tgan. Unga aytilishicha, O‘zbekistonda 5 milliondan ortiq o‘quvchiga mo‘ljallangan maktablarda 6,2 million o‘quvchi ta’lim olmoqda. 2022-yilda respublika bo‘yicha 15 176 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 37 ta maktabni yangidan qurish, 71 819 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 180 ta maktabni rekonstruksiya qilish va mavjud 89 tasini mukammal ta’mirlash belgilangan.

    Sobiq xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 4-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida O‘zbekistondagi maktablarda sinflarning to‘laligi va darslar ikki smenada olib borilayotgani sabablarini sanab o‘tgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda o‘quvchilar soni maktablar loyihaviy quvvatidan sezilarli darajada oshib ketgan. “O‘quvchi soni bilan o‘quvchi o‘rni o‘rtasidagi farq hozir bir million bo‘lsa, 2025-yilga kelib 2 millionga chiqishi mumkin. Bu degani, maktablar sig‘imidagi holat juda qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin”, — degan edi Sherzod Shermatov.

    Mavzuga doir:

    • Shahrisabzdagi maktab o‘quvchilariga jismoniy tarbiya darsi poli chirib ketgan sportzalda o‘tildi
    • Termizlik bu o‘qituvchi uyidan 300 km uzoqdagi ikki maktabda dars beradi, kunora 28 km piyoda yurishga majbur. Ammo va’da qilingan qo‘shimcha haqni ololmaydi — chunki toifasi yo‘q
    • Qashqadaryodagi maktabda o‘quvchilarni polga o‘tqazib dars o‘tgan o‘qituvchilar jazolandi

    12.12.2021, 23:15   Izoh (0)   29121
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda “pravasi” yo‘q haydovchi Matiz’da 8 kishini olib ketayotgani aniqlandi (video)

    12.12.2021, 22:48

    Zoir Mirzayev Nurafshonda 34,4 mlrd so‘mga Zulfiya Zokirova haykali va kutubxona qurish loyihasini bekor qildi

    12.12.2021, 20:58

    Humo Air Farg‘onadan So‘xga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi (foto)

    12.12.2021, 20:16

    O‘zbekiston gimni “Serquyosh” deb boshlanmasligi ham mumkin edi. “Dohiyona musiqa”ning yaratilish tarixi va raqobatchi madhiyalar haqida

    12.12.2021, 19:23

    Toshkentda mashina saloni va yukxonasida to‘pponcha, ov miltig‘i olib yurgan shaxslar aniqlandi (video)

    12.12.2021, 18:42

    Denovda “Daryo” muxbirining portlashda jabrlanganlar bilan suhbatlashishiga to‘sqinlik qilgan IIB xodimiga chora ko‘rilishi ma’lum qilindi

    12.12.2021, 17:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.