Toshkent shahrida “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi asosida maxsus reyd tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qildi shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.
Ma’lum qilinishicha, tungi reyd davomida Yo‘l-patrul xizmati xodimi tomonidan to‘xtatilgan Matiz avtomobili salonidan jami 8 kishi (haydovchi bilan 9 kishi) bilan harakatlanayotgani aniqlangan. Bundan tashqari, haydovchida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan.
Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
Izoh (0)