• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston YeII mamlakatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdori” — Shavkat Mirziyoyev

    Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Avval aytib o‘tilganidek, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev raisligida o‘tgan sammitda Kengash faxriy raisi, Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, kuzatuvchi mamlakat — Kuba prezidenti Migel Bermudes va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikovich qatnashgan.

    Ma’lum qilinishicha, yig‘ilish kun tartibidan YEOII makonida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish, jumladan, iqtisodiyot, savdo, sanoat, transport, bojxona ma’muriyatchiligi, raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishlarda amaliy sheriklikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Quyida Shavkat Mirziyoyevning yig‘ilishda so‘zlagan nutqi o‘rin olgan:

    Hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich!

    Hurmatli Nursulton Abishevich!

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi navbatdagi yig‘ilishining barcha ishtirokchilarini qutlashdan bag‘oyat mamnunman.

    Hamkasblarimning so‘zlariga qo‘shilgan holda, Qozog‘iston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi muvaffaqiyatli raisligini qayd etmoqchiman.

    Qozog‘istonlik hamkorlarimiz tashabbusi bilan Birlashma doirasidagi ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishga xizmat qilgan muhim qarorlar qabul qilindi.

    O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tadbirlar qo‘llab-quvvatlangani uchun alohida minnatdorlik bildiraman.

    Hurmatli hamkasblar!

    O‘zbekiston Respublikasi Yevroosiyo iqtisodiy kengashiga kuzatuvchi sifatida qo‘shilganiga buyon roppa-rosa bir yil bo‘ldi.

    O‘tgan davrda biz uzoq muddatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdik.

    Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan tizimli va samarali ish yo‘lga qo‘yildi.

    Memorandum va aniq Chora-tadbirlar rejasi amalga oshirilmoqda.

    O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining boshqa organlari ishida ham faol qatnashmoqda.

    Biz milliy qonunchilikni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi normalari bilan, birinchi navbatda, standartlashtirish va tashqi savdoni notarif tartibga solish choralari sohasida yaqinlashtirish masalasida izchil harakat qilmoqdamiz.

    Yurtimiz “COVID’siz sayohat qilaman” raqamli platformasiga ulandi.

    O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilish jarayoni boshlandi.

    Bugungi davr qiyinchiliklariga qaramay, murakkab sharoitlarga moslashish va yangi “o‘sish nuqtalari”ni izlab topishga muvaffaq bo‘lyapmiz.

    Xususan, O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi joriy yilning 11 oyida 30 foizga ortdi.

    Ayni paytda, pandemiyadan avvalgi 2019 yil bilan taqqoslaganda, Birlashma mamlakatlari bilan o‘zaro savdomiz 11 foizga oshdi.

    Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

    O‘zbekiston Tashkilotimizga a’zo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarda ijobiy sur’atni saqlab qolish va ularni barqaror rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro kelishilgan chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi tarafdoridir.

    Shu munosabat bilan qo‘shma qarorlar qabul qilishni taqozo etayotgan eng dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

    Birinchi. O‘zaro savdodagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etishni davom ettirish muhim, deb hisoblaymiz.

    Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashni ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi yondashuv va mexanizmlarni birgalikda ishlab chiqishga tayyormiz.

    Texnik tartibga solish normalari, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya talablarini uyg‘unlashtirish ishlarini davom ettirmoqdamiz.

    Bu borada Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan birgalikda alohida “yo‘l xaritasi”ni kelishish jarayonini yakunlayapmiz.

    Ikkinchi. Avvalgi sammitda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish muhim ekani xususida ancha so‘z yuritildi.

    Bugun ushbu yo‘nalishdagi ishlarimiz ishtirokchi davlatlar bilan ko‘proq ikki tomonlama asosda olib borilmoqda.

    Biz Rossiya, Qozog‘iston, Belarus va Qirg‘iziston bilan sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xarita”larini qabul qilganmiz va izchil amalga oshiryapmiz.

    Birlashma bilan tegishli hamkorlikni tizimli asosda tashkil etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

    Jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy kengashining Industriallashtirish onlayn xaritasini yaratishda ishtirok etishga tayyormiz.

    Uchinchi. Yangi transport yo‘laklarini barpo etish loyihalarini ilgari surish mamlakatlarimiz tranzit salohiyatini oshirish borasidagi birgalikdagi ishlarga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlaydi.

    O‘zbekistonning bugun imzolanayotgan bitimga muvofiq amalga oshiriladigan yuk tashishlarni kuzatish uchun navigatsiya tamg‘alarini joriy etish bo‘yicha dasturga qo‘shilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz.

    Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining Logistika zanjirlarini rivojlantirishning raqamli ekotizimini yaratish to‘g‘risidagi yangi tashabbus ham bizda qiziqish uyg‘otmoqda.

    To‘rtinchi. Global iqlim kun tartibini hisobga olib, a’zo va kuzatuvchi davlatlarning “yashil” energetika loyihalarini amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini birlashtirish muhimdir.

    Shu munosabat bilan, hozirgina Vladimir Vladimirovich aytgan Yuqori darajadagi ishchi guruhga qo‘shilishga tayyormiz hamda uning doirasida “yashil” taraqqiyot sohasidagi qo‘shma Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlashni taklif etamiz.

    Beshinchi. Raqamli iqtisodiyotga o‘tish, innovatsiyalar va ilg‘or IT-yechimlarni keng joriy qilish mamlakatlarimiz raqobatbardoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

    Bu borada bilim, tajriba va ilg‘or texnologiyalar almashish, mamlakatlarimiz IT-parklari va markazlari o‘rtasida tizimli hamkorlikni rivojlantirish, sohada ishbilarmonlar sherikligini kengaytirish maqsadida navbatdagi Yevroosiyo raqamli forumini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etamiz.

    Oltinchi. Yevroosiyo makonidagi muhim ishbilarmonlik tashabbuslari va dasturlarini amalga oshirishga kuzatuvchi davlatlarni yanada faol jalb etish yuzasidan o‘zaro kelishilgan takliflar tayyorlash, ilmiy-texnik va gumanitar almashinuvni rag‘batlantirish maqsadida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Taraqqiyot markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanish niyatidamiz.

    Buning uchun markaz negizida mamlakatlarimiz taraqqiyot institutlarining faol ishtirokida o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha turkum tadbirlar o‘tkazishni taklif etamiz.

    Yettinchi. Iqtisodiy integratsiya maqsadlaridan kelib chiqib, kuzatuvchi mamlakatlarning Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Kengashi va organlari ishida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishni istardik.

    Bu hamkorlik samaradorligini oshirish va qo‘shma qarorlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

    Hurmatli hamkasblar!

    O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishning qat’iy tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqlayman.

    So‘zim yakunida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga raislik Qirg‘izistonga o‘tgani munosabati bilan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti, hurmatli Sadir Nurgojoyevich Japarovga katta muvaffaqiyatlar tilayman.

    Fursatdan foydalanib, hurmatli do‘stlar, sizlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklayman, mustahkam sog‘lik, farovonlik va o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlarning ro‘yobini tilayman.

    E’tiboringiz uchun rahmat”.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyidan buyon Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi hisoblanadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni Yevrosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklidagi navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etib, nutq so‘zlagan.

    10.12.2021, 20:42   Izoh (0)   19988
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlar bepul davolanishi belgilandi

    10.12.2021, 20:26

    “Yangi ko‘p tarmoqli Endokrinologiya markazi ilmiy-innovatsion muassasaga aylantiriladi, doktorantura kvotalari 2 baravarga oshiriladi” — Shavkat Mirziyoyev

    10.12.2021, 20:11

    Shavkat Mirziyoyev: “2022-yilda tumanlararo endokrinologiya bo‘linmalari 29 tadan 50 taga ko‘paytiriladi”

    10.12.2021, 19:41

    O‘zbekistonda 2022-yilda tibbiyot muassasalarida laboratoriya xizmatlari ko‘rsatishning mutlaqo yangi tizimi joriy etiladi

    10.12.2021, 19:10

    Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi

    10.12.2021, 18:56

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada avtohalokatga uchragan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi

    10.12.2021, 18:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.