• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chilonzor-Oqtepadagi eski ikki qavatli “dom”lar buzilib, o‘rniga ko‘p qavatli uylar quriladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-noyabr kuni Toshkentning Shayxontohur tumanidagi “Olim Xo‘jayev” mahallasida bo‘lgan edi. Bu yerda 1959—1962-yillarda qurilgan ikki qavatli uylarni renovatsiya dasturi asosida yangilash rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Shavkat Mirziyoyev renovatsiya loyihasini shu yerdagi uylarning birida yashovchi Muhtaram Beknazarova bilan muhokama qildi (u taniqli xonanda Sevara Nazarxonning onasi bo‘lib chiqdi). Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u aholining uylar nam va zaxligidan shikoyat qilib, yashash sharoitlarini yaxshilab berishni so‘rab yozgan xatlarini olgan.

    Shavkat Mirziyoyev va xonanda Sevara Nazarxonning onasi Muhtaram Beknazarova.

    Shavkat Mirziyoyev va xonanda Sevara Nazarxonning onasi Muhtaram Beknazarova.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Muhtaram Beknazarovaning ma’lum qilishicha, bu uylar greklar tomonidan qurilgan. U bu yerda 25 yildan beri yashaydi, imoratlar qurilganiga esa salkam 65 yil to‘lgan.

    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    “Foydalanish muddati o‘tib ketgan”, — dedi prezident. Ayol uning fikrini tasdiqlab, ayni vaqtda bu yerda yashash unga yoqishini ham ta’kidlab o‘tdi.

    “Foydalanish muddati o‘tib ketgani uchun, qurilishda foydalanilgan materiallar ham yoshini yashab bo‘lgan. Ertaga, Xudo ko‘rsatmasin, biror falokat bo‘lsa… Zax va kasalliklarni inobatga olib, shu joyning o‘zida ko‘p qavatli, chiroyli qilib, hamma o‘zining yashash maydonini — sal ko‘paytirib bo‘lsa ham — oldilaringda qurib, ko‘chirib, keyin bu uylarni buzmoqchimiz”, — deya rejalar bilan o‘rtoqlashdi Shavkat Mirziyoyev.

    Yangi mavze qurilishi rejalashtirilayotgan taxminiy hudud.

    Yangi mavze qurilishi rejalashtirilayotgan taxminiy hudud.
    Skrinshot: “Yandeks.Xarita”

    Qurilish vaziri birinchi o‘rinbosari Davron Odilov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida hududda hozirda 568 xonadonli 42 ta ikki qavatli uy joylashganini ma’lum qildi. Yangi mavze 10,5 gektar maydonni egallashi kutilmoqda. Eski xonadonlarning egalari yangi qurilgan uylardan kvartira oladi.

    “Masalan, hozirgi uydagi maydoni 29 kvadrat metr bo‘lgan bir xonalik uy o‘rniga ular maydoni 33, 34, 35 kvadrat metr bo‘lgan bir xonalik, maydoni 42 kvadrat metr bo‘lgan eski ikki xonalik o‘rniga 50 kvadrat metrlik yangi ikki xonalik, 47, 50, 54 kvadratlik uch xonalik xonadonlar o‘rniga 60 kvadrat metrlik yangi uch xonalik kvartiralar beriladi. Bu degani, yashovchilarning kvartiralari maydoni 5—10 foizga kattalashadi”, — dedi u.

    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki bosqichda yangi uylarni qurish ishlari Shayxontohur tuman elektr tarmoqlari va boshqa korxonalar hududidan boshlanadi, bu korxonalar boshqa joylarga ko‘chiriladi.

    “Biz dastlab ushbu korxonalarning hududlaridan foydalanamiz, qurilish-montaj ishlarini olib boramiz, dastlabki ko‘p qavatli uylarni quramiz, so‘ng odamlarni bu uylarga ko‘chiramiz. Biz prezidentdan shunday ko‘rsatma oldik”, — dedi qurilish vaziri birinchi o‘rinbosari.

    Taqdimotga ko‘ra, qurilishning umumiy maydoni 267,6 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bunda yashil hududlar 7,85 gektar maydonni egallaydi. Yangi mavzeda 9, 12 va 16 qavatli uylar qurilishi ko‘zda tutilgan.

    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Loyiha 1 trillion so‘mga baholanmoqda, budjetga tushumlar hajmi 200 milliard so‘mni tashkil etadi. Yangi qurilgan uylarda 2320 ta kvartira bo‘ladi, ularning 568 tasi eski (ikki qavatli) “dom”larda yashovchilarga beriladi.

    Bundan tashqari, 660 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi, 1380 o‘rinli avtoturargoh qurilishi va bolalar bog‘chasidagi o‘rinlar sonini 180 taga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 400 ta, qurilish ishlari davomida esa 2000 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

    May oyida Shavkat Mirziyoyev 2021-yil oxirigacha bir qator hududlarda yashashga yaroqsiz ahvoldagi 212 ta ikki qavatli uylarni renovatsiya dasturi asosida yangidan qurish haqida ko‘rsatma bergan edi. Yana 456 ta avariya holatidagi uyni ta’mirlash ko‘zda tutilgan edi. Ko‘p qavatli uylardagi ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzurida maxsus jamg‘arma tashkil etilishi belgilangan edi.

    28.11.2021, 22:39   Izoh (0)   49784
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chiroqchida IIB xodimlari talabiga bo‘ysunmay, ular ustiga haydab, qochib ketgan haydovchi topildi

    28.11.2021, 21:42

    Uzbekistan Airways’ning Toshkentdan Namanganga uchgan samolyoti noqulay ob-havo sabab ortga qaytdi

    28.11.2021, 21:26

    O‘zbekiston — futzal bo‘yicha jahon chempioni. Karlar o‘rtasida. Ular va boshqa zaif eshituvchi sportchilar tashlandiq majmualardan yaxshirog‘iga munosib

    28.11.2021, 20:44

    Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Eron prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

    28.11.2021, 19:49

    Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti 2022-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi

    28.11.2021, 19:18

    Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida 4 ta yo‘nalish bo‘yicha takliflar berdi

    28.11.2021, 17:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.