• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston — futzal bo‘yicha jahon chempioni. Karlar o‘rtasida. Ular va boshqa zaif eshituvchi sportchilar tashlandiq majmualardan yaxshirog‘iga munosib

    Toshkentning Qorasaroy ko‘chasidagi ushbu sport majmuasidan 2017-yili futzal bo‘yicha eshitish imkoniyati cheklangan (EICh) va zaif eshituvchi jamoalar o‘rtasidagi U-18 jahon chempionati g‘oliblari yetishib chiqqan. Ammo necha yildirki, sportchilar bu yerda mashg‘ulot o‘tkazolmaydi — majmua yaroqsiz ahvolda.

    O‘zbekiston karlar jamiyati a’zosi Ma’mur Ahliddinov “Daryo”ga bergan intervyusida majmua rekonstruksiyasi bo‘yicha qator tashkilotlarga murojaat qilgani, ammo natija bo‘lmayotganini ta’kidlagan edi. Ahvolni o‘rganish maqsadida “Daryo” muxbiri majmuada bo‘ldi.

    Karlar sport majmuasi.

    Karlar sport majmuasi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Ismoddinova

    Majmuaga kiraverishda turgan kurak va boshqa asboblar obodonlashtirish bo‘limi xodimlariniki — bizga hamrohlik qilgan (va shaxsi oshkor etilishini istamagan) sport murabbiyining aytishicha, ular yaqin hududlarda ishlagach, “bo‘sh turgan joy” deb buyumlarini majmuaga tashlab ketadi. Lekin bu majmuani ham obod qilish haqida biror mas’ul o‘ylab ko‘rmaydi.

    Bir vaqtlar butun sobiq Ittifoqdan kelib Toshkentda o‘qigan EIChlar uchun sport maydonchasi hisoblangan majmuaning devorlari bugun nuragan, rangsiz, shift va romlari qavat-qavat, bir necha yillik islarga to‘la; polni bosganda chang emas, birato‘la tuproqni his qilasan, sport bilan shug‘ullanish va sport buyumlarini saqlash uchun mo‘ljallangan xonalar esa chang-to‘zonli chiqindixonalarga aylangan.

    Yuvinish xonalaridagi isitish tizimlari ishdan chiqqan, quvurlar zanglagan (ba’zi joylarda quvur bor-u, masalan, rakovina yo‘q), hojatxonalar yaroqsiz. Qiziq, bu yerda shug‘ullanuvchilar (agar ular hali ham bo‘lsa) tabiiy ehtiyojlarini qayerda, qanday qondiradi? “Hech qayerda, — deydi bizga hamroh murabbiy. — Futbolchilarimiz shaxmatchilar xonasida kiyim almashtiradi, boshqa zaruratlar uchun sharoit yo‘q”.

    Sport majmuasiga kirish dahlizi.

    Sport majmuasiga kirish dahlizi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Kiyim almashtirish xonasi

    Kiyim almashtirish xonasi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Sportchi qizlar hojatxonasi

    Sportchi qizlar hojatxonasi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Yuvinish xonasi

    Yuvinish xonasi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Hojatxona

    Hojatxona
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Ikkinchi qavatdagi qo‘l yuvish xonasi

    Ikkinchi qavatdagi qo‘l yuvish xonasi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Sport buyumlari turadigan omborxona

    Sport buyumlari turadigan omborxona
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Shifokor xonasi

    Shifokor xonasi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Sportzal derazasi

    Sportzal derazasi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    O‘t o‘chirish uskunalari saqlanadigan xona yog‘och bo‘lagi bilan tambalangan, peshtoqdagi ranglari o‘chib ketgan, bir urinishda o‘qib bo‘lmaydigan: “Daraxtni shirin meva, ustozni esa oqil shogird bezaydi”, degan maqolsifat yozuv bu tashlandiq muhitda juda ramziy ko‘rinadi. Yaqin o‘tmishda bir qancha romlar “akfa”larga almashtirilgan, lekin ish chala qilingan — yangi rom ostidagi teshiklar har shamol bo‘lganda zalni qurigan barglarga to‘ldiradi.

    Majmua devorlarda Fabyen Bartez, Maykl Ouen kabi bundan 15—20 yil avval jahon darajasida yulduz hisoblangan futbolchilarning portretlarini ko‘rib qolasiz — majmua oxirgi marta qachon foydalanishga yaroqliroq bo‘lgan-u, sportga qiziquvchi imkoniyati cheklangan shaxslar bilan to‘la bo‘lganini shundan ham taxminan hisoblab olaversa bo‘ladi (darvoqe, o‘sha vaqtlarda bu yerda shug‘ullangan EICh sportchilar ko‘plab musobaqalarda chempion ham bo‘lgan).

    Hamrohimizning ta’kidlashicha, majmuada voleybol, basketbol, futzal kabi sport turlari bilan shug‘ullanish mumkin (edi). “Voleybolchi qizlar jamoasi bo‘lardi, shu yerda mashg‘ulot olib borardi. Bino yaroqsiz holga kelgach, jamoa tarqalib ketdi”, — deydi suhbatdosh. Keyinchalik shaxmatchilar, taekvondochilar va boshqa sportchilar ham bu yerdan ketgan (shunchaki majmuadan ketsa mayliga edi — sportdan ham ketib, mehnat muhojiriga aylanganlar qancha).

    Yuvinish xonasi

    Yuvinish xonasi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Dahliz devori

    Dahliz devori
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Majmuaning ikkinchi qavati. Sportzal shu yerda joylashgan

    Majmuaning ikkinchi qavati. Sportzal shu yerda joylashgan
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Sportzal derazasi

    Sportzal derazasi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Sportzal derazasi

    Sportzal derazasi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Sportzal

    Sportzal
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Majmua qanday qilib bunday abgor bo‘lib qoldi? “Zal hozirgi avariya holatiga kelib qolishidan oldin ham qoniqarli ahvolda emasdi. Binoda O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi ijarada turardi, u to‘lagan pul hisobidan qayerda vaziyat chatoq bo‘lsa, o‘sha joyni ta’mirlab olardik”, — deydi hamrohimiz. Karatechilar alohida chiqib ketib, yagona pul tushumi ham yo‘qolgan va majmua xarobalashavergan.

    Majmua qachon ta’mirlanadi?

    2018-yil 29-iyun kuni prezident bilan uchrashuvda qatnashgan eshitish imkoniyati cheklangan va zaif eshituvchi sportchilar. Uchrashuvdan so‘ng shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Sirojiddin Zayniddinov va taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati sovrindori Davron Xidirovga Toshkent shahridan uy berilgani aytilgan edi.

    2018-yil 29-iyun kuni prezident bilan uchrashuvda qatnashgan eshitish imkoniyati cheklangan va zaif eshituvchi sportchilar. Uchrashuvdan so‘ng shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Sirojiddin Zayniddinov va taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati sovrindori Davron Xidirovga Toshkent shahridan uy berilgani aytilgan edi.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil iyunida O‘zbekiston Karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazida mehmon bo‘lgandi. O‘shanda rasmiy axborotlarda “450 o‘rinli konsert zali, to‘garak xonalari, sport zallari ta’mirlanib, zamonaviy jihozlangani” ta’kidlangan edi. Qolgan inshootlar ehtimol to‘liq ta’mirlangandir, ammo sport majmuasining ta’miri fasad va tomdan ichkariga o‘ta olmagan. Buni O‘zbekiston Karlar jamiyati raisi Go‘zal Shodiyeva “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ham tasdiqladi (shu bilan birga, u “majmuaning rekonstruksiya qilinmay kelayotganiga Karlar jamiyati raisi sifatida biror daxli yo‘q”ligini ham ta’kidladi).

    Fasad va tom qismi ta’mirlangan sport majmuasi (orqa fonda) va uning oldidagi sun’iy qoplamali maydon. Eshitish imkoniyati cheklangan va zaif eshituvchi futzal jamoalari o‘rtasidagi navbatdagi jahon chempionatiga tayyorgarlik aynan shu maydonda olib borilmoqda — futzalchilar sharoit yo‘qligidan kiyimlarini, masalan, avval shaxmatchilar foydalangan xonada almashtiradi, hojatxona va yuvinish xonalari yaroqsiz.

    Fasad va tom qismi ta’mirlangan sport majmuasi (orqa fonda) va uning oldidagi sun’iy qoplamali maydon. Eshitish imkoniyati cheklangan va zaif eshituvchi futzal jamoalari o‘rtasidagi navbatdagi jahon chempionatiga tayyorgarlik aynan shu maydonda olib borilmoqda — futzalchilar sharoit yo‘qligidan kiyimlarini, masalan, avval shaxmatchilar foydalangan xonada almashtiradi, hojatxona va yuvinish xonalari yaroqsiz.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shodiyeva xonimning so‘zlariga ko‘ra, prezident tashrifi arafasida Karlar madaniyat markazidagi barcha majmualarni 10 kun ichida ta’mirlash haqida topshiriq berilgan va bu vaqt ichida sport majmuasining faqat tom va fasad qisminigina ta’mirlashga ulgurilgan. Oliy tashrif, birinchi galda, madaniyat markaziga bo‘lgan edi, sport majmuasini esa keyinroq ham ta’mirlab olsa bo‘ladi — shunday va’dalar bir necha bor berilgan. Masalan, 2019-yil sentabrida O‘zbekiston Karlar jamiyatining 90 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Olmazor tumanining o‘sha vaqtdagi hokimi Baxtiyor Rahmonov “markazdagi barcha binolar ta’mirlanadi”, deb aytgan.

    Ammo Rahmonov va’dasini bajarishga ulgurmay, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib “ko‘tarilib” ketgan. Go‘zal Shodiyevaning ta’kidlashicha, 2021-yil yanvarida Olmazorga hokim etib tayinlangan Abdumajid Mullajonov rekonstruksiya uchun 3 milliard so‘m pul ajratgan, ammo ishlar boshlanib-boshlanmay, 51 yoshli hokim iyul oyida vafot etdi. Olmazorning yangi hokimi Azizxon Umarxonov esa Shodiyeva xonim bilan sentabr oyida bo‘lib o‘tgan suhbatda “hokimlikda yangiligi uchun hali bu muammodan bexabarligi, vaziyatni o‘rganib, kelgusi yili ta’mirlab berish”ni va’da qilgan.

    Ayni vaqtda, Olmazor tumani hokimligi matbuot xizmati majmualar ta’miri uchun Mullajonov davrida 3 milliard so‘m ajratilganidan ham, hokim Umarxonov binolarni “kelgusi yilda ta’mirlab berish”ni aytganida ham bexabar (har holda, hokimlik axborotini boshqacha tushunib bo‘lmaydi). “Rekonstruksiya qilish hamda jihozlash uchun talab etilayotgan mablag‘larni moliyalashtirish uchun ish olib borilmoqda. Moliyalashtirish manbalari aniqlangandan so‘ng, bu bo‘yicha tegishli ma’lumot beramiz” — deyiladi hokimlik matbuot xizmatining “Daryo”ga taqdim etilgan javobida. Haqiqat qayerdadir mana shu bayonotlar orasida bo‘lishi kerak.

    Sportzaldagi stullar.

    Sportzaldagi stullar.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Mulohaza shuki, har turli yarim-davlat uyushmayu tashkilotlar davlat hisobidan qimmatbaho avtomobillar olayotgan, har turli intellektual va intellektual bo‘lmagan harakatu tashabbuslar butun boshli yangi va zamonaviy binolar egasiga aylanayotgan bir vaqtda, huquqlari ularniki bilan teng — prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zlari bilan aytganda, “jamiyatimizning munosib a’zolari” bo‘lgan eshitish imkoniyati cheklanganlar har doimgidan biroz bo‘lsa-da ko‘proq e’tiborga loyiqroq, toki ular “bular eshitmaydi, gapirolmaydi, deb bizning muammolarimizga ko‘z yumishadi, mas’ullar biz bilan bog‘liq masalalarda ko‘ngillariga kelganini qilishadi”, deb o‘ylashmasin.

    28.11.2021, 20:44   Izoh (0)   50551
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Eron prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

    28.11.2021, 19:49

    Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti 2022-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi

    28.11.2021, 19:18

    Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida 4 ta yo‘nalish bo‘yicha takliflar berdi

    28.11.2021, 17:19

    Shavkat Mirziyoyev: “Yaqin qo‘shnilar yordamisiz afg‘on xalqi yakka holda qiyin sinovlardan o‘ta olmaydi”

    28.11.2021, 15:52

    Chiroqchida IIB xodimlari talabga bo‘ysunmay qochgan haydovchi Lacetti’sining oynasini urib sindirdi (video)

    28.11.2021, 14:50

    Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Pokiston va Tojikiston prezidentlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    28.11.2021, 13:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.