• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Farg‘onada jami 900 megavattli 5 ta quyosh elektr stansiyasi barpo etiladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish va sohani rivojlantirish masalalari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lumki, neft, gaz kabi an’anaviy energiya manbalarining zaxirasi cheklangan. Qolaversa, ularning tabiatga zarari ham ko‘p. Shu bois rivojlangan davlatlar “yashil” energetikaga o‘tmoqda. Bunday sa’y-harakatlar nafaqat bugun, balki kelajak uchun juda muhim.

    O‘zbekistonda 2019-yil 21-mayda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” qonun qabul qilinib, soha rivojiga asos yaratildi. Xorijiy investorlar jalb etilib, ko‘plab istiqbolli loyihalar ishlab chiqildi.

    2021-yil avgustda Navoiy viloyatida yurtimizdagi ilk quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Kelgusi oyda Samarqandda yana bir shunday stansiya foydalanishga topshiriladi.

    Umuman, 2022–2024-yillarda 3 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga, jami quvvati qariyb 3 ming megavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalarini barpo etish rejalashtirilgan.

    Yaqinda Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tgan iqlim bo‘yicha xalqaro sammitda O‘zbekiston 2030-yilgacha issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot bir birligiga to‘g‘ri keladigan ulushini 2010-yilga nisbatan 35 foizga kamaytirish tashabbusini e’lon qildi. Buning uchun barcha asoslar bor. Xususan, 2026-yilga qadar mamlakatimizda quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvatini 8 ming megavattga yetkazish choralari ko‘riladi.

    Yig‘ilishda ushbu maqsad yo‘lidagi vazifalar, loyihalarni amalga oshirishning moliyaviy va tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

    Kelgusi yilda Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida jami 900 megavattli yana 5 ta quyosh elektr stansiyasini barpo etish bo‘yicha investorlar tanlovi yakunlanadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari, avvalo, shu loyihalarga e’tibor qaratib, ularni o‘z vaqtida ishga tushirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Energetika vazirligiga xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Prezident yirik sanoat korxonalari ham o‘z ta’minoti uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari tashkil etishi zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, aholi va tadbirkorlarning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishini qo‘llab-quvvatlash kerakligi aytildi.

    Kelgusida quriladigan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish uchun butlovchi qismlar va materiallarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish orqali ham loyihalarni arzonlashtirish, ham mahalliy korxonalar uchun bozor yaratish mumkin. Shu bois bunday mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Bo‘lajak elektr stansiyalarini sifatli ishlatish uchun malakali muhandis va xodimlar ham zarur. Davlat rahbari bu ishlarni hozirdanoq boshlash muhimligini ta’kidlab, Navoiy shahrida kadrlar tayyorlash markazini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida yangilash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

    Yig‘ilishda Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish strategiyasi taqdimoti o‘tkazildi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda birinchi marta davlat fuqarodan elektr energiya sotib oldi
    • O‘zbekistonda quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi quriladi
    • Navoiyda ilk bor xususiy investor tomonidan qurilgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilmoqda

    22.11.2021, 19:56   Izoh (0)   12868
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 62 nafar mansabdor shaxs jami 736 mln so‘m jarimaga tortilgani ma’lum qilindi

    22.11.2021, 19:41

    Navoiyda 2,3 kilo sof quyma oltinni muomalaga kiritishga uringan shaxs qo‘lga olindi

    22.11.2021, 18:55

    “O‘zbekneftgaz” AJ Qarshi neft bazasida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 6 nafar mansabdor ishdan ozod etildi

    22.11.2021, 18:30

    Qashqadaryoda obodonlashtirish xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotning 171 nafar xodimiga ish haqi to‘lanmay kelgani aniqlandi

    22.11.2021, 18:09

    O‘zbekistondagi birja savdolarida Ai-80 markali benzin narxi yana tushdi

    22.11.2021, 17:23

    O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning GSP EF Kengaytirilgan sxemasiga qo‘shilgan birinchi mamlakatga aylandi

    22.11.2021, 17:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.