Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida quvvati 100 megavatt bo‘lgan, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) tamoyili asosida shamol elektr stansiyasini (ShES) qurish bo‘yicha loyiha moliyaviy takliflarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Energetika vazirligi

Olingan takliflarni baholash natijalariga ko‘ra, “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan 100 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘olibi deb topildi va u har bir kilovatt-soat elektr energiyasiga 2,5695 AQSh sent tarifini taklif qildi.

Shuningdek, “Masdar” kompaniyasi 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 2,6550 sent taklif bergan va zaxiradagi g‘olib deb topilgan.

Mazkur stansiya 2023-yilda ishga tushiriladi va yiliga 350 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.