O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida Ai-80 markali benzin narxi tushishda davom etmoqda. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 15–21-noyabr kunlari birjada Ai-80 rusumli avtomobil benzinining narxi sezilarli pasayib, o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 3,3 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 rusumli benzinning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 129 400 so‘mdan 9 168 400 so‘mgacha, ya’ni 9,5 foizga pasaygan.
Birja savdolari orqali benzinni sotib olgan xaridorlarning soni 32 tadan 143 tagacha, ya’ni 4,5 barobarga o‘sgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida benzin narxi 17-noyabr kuni tushishni boshlagandi. Ushbu tendensiya 18-noyabr kungi savdolarda ham davom etgan.
Izoh (0)