• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chang bo‘roni favqulodda holat e’lon qilish uchun asos bo‘la olmaydi — FVV

    O‘zbekistonga 4-noyabr kuni Ural tomondan sovuq havo oqimi, u bilan birga kuchli shamol kirib kelishi oqibatida (shamol tezligi Toshkentda soniyasiga 15 metrgacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarida esa 25 metrgacha kuchaygan) mamlakatning bir qator hududlarida, xususan, Toshkent shahrida chang-qum bo‘ronlari kuzatildi. “O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, shu kuni soat 21:00—23:00 oralig‘ida Toshkent havosidagi chang ruxsat etilgan miqdordan 30 barobargacha oshib ketdi va havosining ifloslanishi darajasi bo‘yicha O‘zbekiston poytaxti dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Chang 8-noyabrga kelibgina chekindi, ungacha poytaxt aholisi salkam to‘rt kutilmagan noqulaylik girdobida qoldi (masalan, Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 5-noyabrdan 6-noyabr soat 6:00 ga qadar tez yordamga bo‘lgan 4110 ta chaqiriqdan 709 tasida fuqarolar nafas olish bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilgan).

    Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Bunday chang-g‘ubor hodisasi O‘zbekiston tarixida kuzatilmagan, buni vakolatli organlar ham e’tirof etdi. Shu boisdan jamoatchilikda haqli savol tug‘ildi — tarixda kuzatilmagan bunday tabiat hodisasi favqulodda holat hisoblanmaydimi va bunda aholiga favqulodda yordam ko‘rsatilishi kerak emasmidi? Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’uli Samandar Hikmatullayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ushbu savolga javob berarkan, chang bo‘roni kuzatilgan kunlarda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) tomonidan qanday ishlar amalga oshirilganiga ham to‘xtalib o‘tdi.

    “Konstitutsiyaning 93-moddasida favqulodda holatni joriy etish tartibi belgilangan bo‘lib, 4—6-noyabr kunlari Toshkentda kuzatilgan chang tarqalishi favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lmaydi. Ushbu hodisa favqulodda vaziyat sifatida ro‘yxatga olinib, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi, monitoring yuritilishi tashkil etildi”, — dedi FVV vakili Samandar Hikmatullayev.
    Xususan, chang bo‘roni kuzatilgan kunlarda FVV hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalari, FVDT tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning kuch va vositalari yuqori tayyorgarlik rejimiga o‘tkazilgan. 4—5-noyabr kunlari Buxoro, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida kuchli shamol oqibatida ijtimoiy, iqtisodiy va kommunal soha obyektlariga yetkazilgan zarar oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli shamol oqibatida jami 3138 metr kvadrat tom qismiga zarar yetgan, 1,2 ming metr elektr simlari, 150 metr gaz tarmog‘ida uzilishlar yuz bergan, ko‘plab daraxtlar sinib, qulagan — FVV tarkibiy tuzilmalari va FVDT tarkibiga kiruvchi tashkilot va idoralar tomonidan ushbu holatlar bartaraf etilib, binolar tom qismining 875 kvadrat metr maydoni qayta tiklangan.

    12-noyabr kuni Toshkent shahrining chang bilan ifloslanishi masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazilib, 12 ta vazirlik va idoralarning mas’ul mutaxassislari tomonidan kelgusida bu kabi holatlarning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tegishli tadbirlar belgilangan. “O‘z o‘rnida, qayd etish joizki, chang bo‘roni bilan bog‘liq bu kabi hodisalar inson omili va ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan, tabiat qonuniyatlariga asoslangan holda kechadi, ya’ni uni to‘xtatish yoki bartaraf qilish inson qo‘lida emas”, — deya qayd etib o‘tdi Samandar Hikmatullayev.

    FVV vakilining NASA ma’lumotlariga tayanib ta’kidlashicha, g‘ayrioddiy chang bo‘roni yuzaga kelishiga tezligi soatiga 55 milyagacha kuchaygan antitsiklon sabab bo‘lgan —bo‘ronning bir qismi Qozog‘istonning Turkiston viloyati shimoli-sharqidagi qurigan dehqonchilik yerlari, yaylovlar va o‘tloqlardan kelib chiqqan (avvalroq bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham fikr bildirgan edi).

    O‘zbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasi 19-moddasidan ko‘chirma:

    “Favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi”.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda hozirgi kunda favqulodda holat to‘g‘risida qonun yo‘q. Bunday qonunni qabul qilish bo‘yicha dastlabki urinish 2016-yilda bo‘lgan, biroq yakunda loyiha muhokamadan nariga o‘tmagan edi. 2021-yil martida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonunni birinchi o‘qishda qabul qilgan. Senatning 18-noyabr kuni chaqirilgan 21-yalpi majlisida konstitutsiyaviy qonun maqomini olgan mazkur hujjatni ko‘rib chiqishi ko‘zda tutilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • Foto: O‘zbekistonni egallagan chang-g‘uborning sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasviri
    • Video: Chang-g‘ubor ichidagi Toshkentning samolyotdan ko‘rinishi

    18.11.2021, 20:17   Izoh (0)   23053
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi 30 ming dollar pora bilan ushlandi

    18.11.2021, 20:10

    Qashqadaryo viloyatining barcha hokimlari — bitta suratda

    18.11.2021, 19:47

    Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga Akmalxo‘ja Mavlonov ma’qullandi

    18.11.2021, 19:31

    O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari ma’lum qilindi

    18.11.2021, 19:24

    Andijon va Jizzax neft bazalari sobiq rahbarlariga oid jinoyat ishi sudga oshirildi

    18.11.2021, 19:09

    Tanzila Norboyeva: “Ayoliga zo‘ravonlik qilayotgan shaxslarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar yetarli emas”

    18.11.2021, 18:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.