Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi: uning loyihasi muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston FVV

Foto: O‘zbekiston FVV

Qonunga ko‘ra, favqulodda holat tasdiqlash uchun uch sutka mobaynida Oliy Majlis palatalariga kiritiladigan va zudlik bilan OAVda chop etilishi lozim bo‘lgan Prezident farmoni bilan butun mamlakat bo‘ylab yoki uning ayrim hududlarida joriy etiladi. Parlament tomonidan tasdiqlanmagan farmon uch sutka o‘tgach o‘z kuchini yo‘qotadi va bu haqda aholi xabardor qilinadi.

Favqulodda holat joriy etilishiga sabab bo‘luvchi omillar qatoriga aniq tashqi xavf, konstitutsion tuzumga tahdid, qurolli isyon, ommaviy tartibsizliklar, teraktlar, o‘ta muhim yoki toifali obyektlar, alohida manzillar qamal qilinishi yoki qo‘lga olinishi, noqonuniy qurolli tuzilmalar tayyorgarligi va faoliyati, fuqarolar xavfsizligi va hayoti, davlat idoralari ishiga tahdid soluvchi millatlararo, dinlararo va chegara mojarolari, shuningdek, tabiiy, texnogen va ekologik ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlarni kiritish taklif etilgan.

Mamlakat hududida joriy etiladigan favqulodda holatning amal qilish muddati 30, uning ayrim qismlarida esa 60 sutkadan oshishi mumkin emas. Zarurat tug‘ilgan taqdirda mazkur muddat davlat rahbarining navbatdagi farmoni bilan (u ham Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanishi lozim) uzaytirilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 29-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Mahalliy
“Selektor yig‘ilishida ayvonda o‘tirmayapsizmi?” — Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqovning tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishdagi audiosi tarqaldi
Mahalliy
Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan 15 yoshli bolaning jasadi topildi