• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Checheniston rahbari Ramzan Qodirov qo‘shni ingush xalqini “bir hovuch provokatorlarni” to‘xtatishga chaqirdi

    Checheniston rahbari Ramzan Qodirov qo‘shni ingush xalqi vakillarini millatchilik qilishga urinayotgan bir guruh provokatorlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining “ VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida yozgan, deya xabar berdi “RBK”.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    “Men qardosh xalqni millatchilik kartasini o‘ynashga urinayotgan ‘bir hovuch provokatorlarni’ to‘xtatishga chaqirdim. Qolaversa, bu masala bir marta va butunlay yopilgan hamda qonun hujjatlariga to‘liq mos keladi”, — dedi u.

    Qodirov Checheniston va Ingushetiya chegarasida qurilish ishlari olib borilgani, bu vaqtda Fortanga tog‘ daryosining o‘zani o‘zgartirilgani haqidagi ma’lumotga shunday munosabat bildirdi.

    Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Ingushetiyadagi Sunjenskiy tumanining Checheniston bilan chegaradosh Dattix qishloq posyolkasida og‘ir texnika ta’mirlash ishlari olib borilayotgani haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Amalga oshirilayotgan ishlar aks etgan videoni ham joylagan foydalanuvchilardan biri bo‘layotgan voqeani “qo‘shnilarning navbatdagi provokatsiyasi” deb atagan.

    Checheniston parlamenti raisi Magomed Daudov Instagram’dagi jonli efirda daryo qirg‘og‘idagi ishlar Ingushetiya bilan chegara chizig‘iga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmasligini aytdi.

    “Ingushetiya” internet-gazetasining yozishicha, Sunjenskiy tumani hokimi qurilish ishlari haqida xabar topib, zudlik bilan o‘sha joyga borgan. Qurilish ketayotgani aytilgan joyga yetib kelgan tuman rahbari Magomed Dzeytov u yerda texnika va ishchilar yo‘qligini, biroq texnika ishining izlari hamda Fortanga daryosining o‘zani o‘zgargani ko‘rinib turganini aniqladi.

    Tekshiruvdan so‘ng Dzeytov Chechenistonning Sernovodsk tumani rahbari Ismoil Isroilov bilan uchrashdi. “Isroilov ‘Chechenavtodor’ kompaniyasining uquvsiz ishchilari tomonidan jarlik chetidagi yo‘l to‘sig‘ini beton bilan to‘ldirish bo‘yicha ish olib borilganini, buning doirasida daryo o‘zani o‘zgartirilganini aytdi”, — deyiladi Sunjenskiy tumani ma’muriyati matbuot xizmati xabarida.

    Xabarda ta’kidlanishicha, Isroilov yaqin orada daryo avvalgi o‘zaniga qaytarilishiga, shuningdek, hech qanday hududiy o‘zgarishlar rejalashtirilmaganiga ishontirgan. Bundan tashqari, Sernovodsk tumani rahbari kelajakda barcha ishlar faqat Ingush tomoni bilan kelishilganidan keyin amalga oshirilishini aytgan.

    Checheniston va Ingushetiya o‘rtasidagi chegara hududlari uchun mojaro SSSR parchalanganidan keyin boshlangan, chunki respublikalar o‘rtasidagi chegara aniq belgilanmasdan, ular yagona Chechen-Ingush ASSR tarkibida edi. 1990-yillarda Ingushetiya va Checheniston Sunjenskiy va Malgobek tumanlari ustida hududiy bahs boshladi.

    1993-yilda Joxar Dudayev ( 1991-yilda “Checheniston Ichkeriya Respublikasi”ni e’lon qilgan va 1996-yilda Rossiya federal qo‘shinlari tomonidan yo‘q qilingan chechen terrorchilarining yetakchilaridan biri) va Ingushetiya rahbari Ruslan Aushev shartnoma imzolagan, unga ko‘ra Sunjenskiy tumani Ingushetiyaga o‘tadi, undagi Sernovodsk va Assinovskaya aholi punktlari bundan mustasno.

    2012-yilda Chechenistonda respublikalar o‘rtasidagi “ma’muriy chegarani aniqlashtirish va kelishish” uchun komissiya tuzildi. Yangi hujjatga ko‘ra, Ingushetiyaning Sunjenskiy tumani bir qismida joylashgan tog‘li va o‘rmonli hudud Chechenistonga, Chechenistonning Nadterechniy tumanidagi xuddi shunday hudud esa Ingushetiyaga o‘tgan.

    2018-yil sentabr oyida respublikalar rahbarlari Ramzan Qodirov va Yunusbek Yevkurov ikki tuman o‘rtasidagi chegara to‘g‘risida kelishib oldi va bitim imzoladi. Shundan so‘ng Ingushetiyada kelishuvga qarshi qator mitinglar bo‘lib o‘tdi. Ular referendum yordamida chegara haqidagi qarorga qarshi chiqishga urindi, biroq respublika saylov komissiyasi arizani rad etdi. 2019-yil iyun oyida Yevkurov respublika rahbari lavozimidan ketdi, keyinroq Rossiya Konstitutsiyaviy sudi chegara haqidagi qarorni qonuniy deb tan oldi.

    Mavzuga doir:

    • “Biz kelgindi emasmiz. O‘z uyimizdamiz”. Ramzan Qodirov Yangi Moskvadagi mushtlashuvda kavkazliklarni ayblagan OAVni tanqid qildi
    • Putin Ramzan Qodirovni navbatdagi orden bilan taqdirladi
    • Ramzan Qodirov saylovda 99,7 foiz ovoz to‘plab, jahon rekordini o‘rnatdi

    14.11.2021, 23:13   Izoh (0)   31910
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ekvador qamoqxonasida yuz bergan to‘qnashuvlarda qariyb 70 kishi halok bo‘ldi (foto)

    14.11.2021, 22:12

    Xakerlar FQBning elektron pochta tizimini buzib kirdi. Undan 100 ming kishiga ogohlantiruvchi xat jo‘natilgan

    14.11.2021, 21:11

    Syerra-Leoneda benzovoz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 144 kishiga yetdi

    14.11.2021, 16:12

    Tuxum, chigirtka, masxaraboz. Salvador Dali, Uolt Disney, Stiven King kabi mashhurlar fobiyasi

    14.11.2021, 14:14

    Yevropada qochoqlar bilan bog‘liq vaziyat uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda

    13.11.2021, 17:06

    Bayden Erondan neft xarid qilmaslik uchun dunyoda yetarlicha zaxira borligini ma’lum qildi

    13.11.2021, 13:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.