So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +3°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Putin Ramzan Qodirovni navbatdagi orden bilan taqdirladi

    30.09.2021, 09:27 21231

    Checheniston rahbari Ramzan Qodirov III darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmad Dudayevga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Dudayev bu mukofotni ulug‘ va muhim ahamiyatga ega deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qodirov ushbu ordenni Chechenistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi va ko‘p yillik vijdonli mehnati uchun olgan.

    Dudayevning ta’kidlashicha, tegishli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan. Hujjat rasmiy axborot portalida hali e’lon qilinmagan.

    2006-yilda Qodirov IV darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan edi. Shuningdek, u Jasorat (2003) va Sharaf (2015) ordenlari , II darajali “Harbiy jasorati uchun” medali (2000) va  Ahmad Qodirov nomidagi Checheniston ordeni (2005) bilan taqdirlangan. 2006-yilda u Rossiya Qahramoni unvonini oldi. Bundan tashqari, Qodirov “Checheniston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jismoniy madaniyat xodimi” (2003) va “Checheniston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan bunyodkor” (2006) faxriy unvonlariga ega.

    2020-yilning 23 iyulida Putin Qodirovga Rossiya gvardiyasi general-mayori unvonini bergandi. Taqdirlashdan bir necha kun oldin AQSh Davlat departamenti uni qora ro‘yxatga kiritgan, Checheniston rahbari va uning oila a’zolariga mamlakatga kirishni taqiqlagan edi.

    Chechenistonda 17—19-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan saylovlarda Qodirov respublika rahbari etib qayta saylandi va to‘plagan ovozlari soni bo‘yicha jahon rekordini yangiladi: u 99,7 foiz ovoz olgan. Qodirov 2011-yil 5-apreldan Chechenistonni boshqarib keladi. Bungacha u hudud hukumati raisi va respublika prezidenti bo‘lgan.

    Mavzuga doir:

    • Putin Grozniy aeroportiga Checheniston birinchi prezidenti Ahmad Qodirov nomini berdi. Chechenistonda uning nomidagi yuzlab obyektlar bor
    • Putin Ramzan Qodirovga yana Checheniston prezidentligi uchun nomzodini qo‘yishni taklif etdi
    • Ramzan Qodirov Rossiya hududlari bo‘yicha 2020-yilning eng boy rahbari bo‘lib chiqdi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chirchiqda “otopleniye” yoqilgani bois xonadonlarni suv bosgani xabar berilgandi. Hokim, prokuror va deputat suv bosgan xonadonlarga bordi

    Bugun, 00:19

    Qozog‘iston G‘azo sektoriga 38 tonna gumanitar yordam yubordi (foto)

    Kecha, 23:59

    APL. “Tottenhem” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Nyukasl” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Kecha, 23:38

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    Kecha, 23:31

    Bryanskdagi maktabda otishma uyushtirgan qizning otasi ikki oyga qamaldi

    Kecha, 23:15

    Andijon hokimi dam olish kuni yig‘ilish o‘tkazib, Izboskan tumani hokimini ishdan oldi

    Kecha, 22:56

    Instagram: Azoda turmushga chiqdi, Mavluda Asalxo‘jayeva nevarali bo‘ldi, Dilfuza Ismoilova san’atkor dugonasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi

    Kecha, 22:40

    Hududiy kelishmovchilik: Venesuela va Gayana prezidentlari uchrashadi

    Kecha, 22:36

    “Granada” va “Atletik” o‘rtasidagi bahs tribunadagi muxlisning ahvoli yomonlashgani tufayli to‘xtatildi

    Kecha, 22:16

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    Kecha, 21:55

    Tavsiya etamiz

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    23:00 / 10.12.2023

    “Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi”. Xorijlik jadidshunos olimlar bilan suhbat

    18:00 / 10.12.2023

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    21:00 / 10.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.