• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12712.05
    • RUB161.1
    • EUR14524.79
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tuxum, chigirtka, masxaraboz. Salvador Dali, Uolt Disney, Stiven King kabi mashhurlar fobiyasi

    Iste’dodi, tirishqoqligi va dovyurakligi evaziga hayotda yuqori marralarni zabt etgan taniqli kishilarda ham turli ko‘rinishdagi va darajadagi fobiyalar uchrab turadi. Ularning ayrimlari haqida “Daryo” so‘z yuritadi.

    Alfred Hichkok

    Alfred Hichkok

    Alfred Hichkok
    foto: Pinterest

    Rejissor Alfred Hichkok — saspens ustasi. Uning filmlari tomoshabinlarni tahlika va qo‘rquvga solib qo‘yadi. Lekin bunday kayfiyat rejissorning o‘ziga ham begona emasdi. Hichkokdagi eng kuchli fobiyalardan biri ovofobiya (tuxumdan qo‘rqish) edi.

    Suhbatlardan birida u tuxumning silliq va dumaloq shaklidan qo‘rqishini, ichidagi sarig‘idan esa jirkanishini aytadi. O‘zining aytishiga ko‘ra, u tuxum sarig‘ini hech qachon tatib ko‘rmagan, oqini esa faqat sufle shaklida iste’mol qilishi mumkin edi. Rejissor, shuningdek, tuxumni eslatuvchi, oval shaklidagi boshqa narsalarni ham yoqtirmasdi.

    Stiven King

    Stiven King

    Stiven King
    Foto: Getty Images / Richard Hartog

    “Men hamma narsadan qo‘rqaman”, — deya tan olgandi Stiven King. Hatto yozuvchining biografi Layza Rougek u haqidagi kitobni “Qo‘rquvda yashayotgan yurak” deb nomlaydi. “Dahshatli filmlar qiroli” o‘zidagi fobiyalarning yirik ro‘yxatini bir necha bor keltirib o‘tgan. Misol uchun, King bolalik davrlaridan masxarabozlardan qo‘rqardi.

    “Masxarabozlarni ko‘rib, yig‘layotgan boshqa bolalarga ham ko‘zim tushgan. Menimcha, bu personajda vahimaga soluvchi, dahshatli nimadir bor”, — deydi yozuvchi.

    King romanida o‘z qo‘rquvini mahorat bilan tasvirlab bergan. 2017–yilning yozida uning shu nomdagi asari asosida suratga olingan “U” filmi namoyishi arafasida butunjahon masxarabozlar assotsiatsiyasi WCA vakillari shu kabi filmlar tufayli o‘z faoliyatlarida qiyinchiliklarga duch kelayotganliklaridan shikoyat qilgan.

    Bir safar Dennis Miller tok-shousida King samolyotda uchishdan qo‘rqishini tan oladi. Shu bilan birga, yozuvchi halokatlarning oldini olishga aynan qo‘rquv yordam berishini ta’kidlaydi. Teleboshlovchi istehzo bilan: “Yo‘lovchilar tanasidagi zo‘riqish havo laynerini qulashdan saqlab qolsa kerak-da”, — deydi. Ammo King jiddiy ohangda davom etadi:

    “Samolyotdan o‘lguday qo‘rqadigan uch-to‘rtta odam bilan birga uchsangiz, u qulamaydi. Uchishdan qo‘rqadigan birorta yo‘lovchisi bo‘lmagan reyslardan qo‘rqish kerak. Samolyot halokatlari aynan o‘shalarni deb sodir bo‘ladi”.

    Salvador Dali

    Salvador Dali

    Salvador Dali
    Foto: Getty Images / Terri Fitcher

    Rassom bolaligidan beri chigirtkalardan qo‘rqardi.

    “Chigirtka! Endi unutdim deganingda ro‘parangdan chiqib qoladi. Dahshatdan titroqqa tushaman. Bu yashil hasharotning og‘ir, beso‘naqay sakrashi meni murdadek karaxt ahvolga solib qo‘yadi. U meni butun umr shayton vasvasasi kabi ta’qib qilib kelmoqda, u meni azoblaydi, aqldan ozdiradi”, — deb yozadi Dali o‘zining “Sirli hayot” nomli tarjimayi holida.

    Bolaligida Dalining bu fobiyasidan xabardor bo‘lgan do‘stlari uni qo‘rqitish imkoniyatidan, albatta, foydalanardilar. Ba’zan u o‘zi tomonga uchib kelayotgan g‘ijimlangan qand qog‘ozi yoki non bo‘lagini chigirtka deb o‘ylab, qochgani joy topolmay qolardi. Chigirtkaga yo‘liqib qolmaslik uchun buyuk syurrealist qahvani hech qachon maysa ustida ichmasdi. Shunga qaramay, Dali asarlarida chigirtka mavjud.

    Vladimir Mayakovskiy

    Vladimir Mayakovskiy

    Vladimir Mayakovskiy
    Foto: Getty Images / Sovfoto

    Vladimir Mayakovskiy 12 yoshida otasi qon zaharlanishidan vafot etadi. Keyinchalik shoir “Men o‘zim” nomli tarjimayi holida otasi qog‘oz juzlash (kitob varaqlarini juz-juz qilib taxlash yoki tikish) bilan shug‘ullanayotib barmog‘iga igna sanchilishi oqibatida shunday bo‘lganini yozadi.

    O‘sha voqeadan boshlab, butun umri davomida shoir mizofobiya — zararlanish va ifloslanish qo‘rquvidan aziyat chekadi. Mayakovskiy eshik tutqichlarini yalang qo‘li bilan ushlamasdi — faqat ro‘molcha yoki qo‘lqop bilan ushlardi. Lilya Brikning aytishicha, u doim o‘zi bilan sovun idish olib yurgan va qo‘lini har kuni son-sanoqsiz marta yuvgan.

    Mayakovskiy boshqalarning stakanidan hech qachon foydalanmagan va hatto jamoat transportiga chiqmaslik uchun uzoq yo‘lni piyoda bosib o‘tishga tayyor bo‘lgan. Shoir bilan yaqin munosabatda bo‘lgan Natalya Bryuxanenkoning eslashicha, u bir safar pastki qavatda venerolog shifokor yashashini aytib, zinapoya panjarasini umuman ushlamaslik kerakligini tayinlaydi.

    Uolt Disney

    Uolt Disney

    Uolt Disney
    Foto: Getty Images / Raymon Klebo

    1928-yilda dunyo nafaqat eng mashhur multfilm qahramonlaridan biri, balki Amerika pop madaniyatining ramzi sanalgan Mikki Maus bilan tanishdi. Uni Uolt Disney chizgan bo‘lib, keyinchalik aynan o‘sha sichqoncha tufayli uning multiplikatsiya sanoatida omadi chopganini o‘zi ham tan oladi. Mikki “tug‘ilishi bilan” darhol pul keltira boshlaydi. 1929-yildayoq uning surati tushirilgan mahsulotlar, 1930-yilda komikslar, uch yil o‘tib esa qo‘l soatlari sotuvga chiqqandi.

    Lekin Uolt Disneyning o‘zi sichqonlardan juda qattiq qo‘rqardi. Disney muvaffaqiyatga erishguniga qadar garajda faoliyat yuritgan bo‘lib, u yerga kemiruvchilar tez-tez “tashrif buyurib” turardi. Mikki esa uning jon-u dili edi.

    “Qizlar bilan doim zerikardim. Men hayotimda tanishgan har qanday ayoldan ko‘ra Mikki Mausni ko‘proq sevaman” — deydi taniqli multiplikator.

    Kianu Rivz

    Kianu Rivz

    Kianu Rivz
    Foto: Getty Images / Poshine

    Professional aktyor sifatida Kianu Rivz “Matritsa”, “Tezlik” kabi filmlarda bir qator yorqin rollarni ijro etgan. Biroq o‘sha filmlardagi bir nechta xavfli sahnalarda ishtirok eta olmagan. Shaxsiy hayotida sevgilisi Jennifer Saym bilan yuz bergan avtohalokatdan so‘ng u qattiq tushkunlikka tushib qolgandi.

    Faqir odamlarni kuzatib, u hayotning faqat qorong‘i tomonini ko‘rardi. Shunisi qiziqki, Kianuning o‘zi qorong‘ilikdan qo‘rqadi. Undan bu haqida so‘rashganida o‘zidagi fobiyaga ko‘proq falsafiy masala sifatida qaraydi. Axir u shunchaki o‘limdan qo‘rqishi mumkin-ku.

    Madonna

    Foto: EPA
    Madonna — amerikalik qo‘shiqchi va shou biznes sanoatida faoliyat yurituvchi eng o‘ziga ishongan pop yulduzlaridan biri. U hatto hozirgi 63 yoshida ham o‘zidagi shijoat va dadillikni yo‘qotmagan. Lekin butun umri sahna chiroqlari va shovqini ichida o‘tgan bu dovyurak ayol g‘ayritabiiy tarzda momaqaldiroq va chaqmoqlardan qo‘rqadi.

    Jonni Depp

    Jonni Depp

    Jonni Depp
    Foto: Reuters

    Amerikalik aktyor va prodyuser nafaqat aktyorlik mahorati, balki o‘zi filmlarida sinab ko‘rgan bir qator obrazlari bilan ham mashhur. Uning Jek chittak, Edvard qaychiqo‘l, Villi Vonka kabi qahramonlari mutlaqo o‘ziga xos tashqi qiyofaga ega bo‘lishlari uchun grimdan bearmon foydalanishadi.

    Ammo Jonni masxarabozlardan, asosan, ularning soxta tabassumi va bo‘yalgan yuzi tufayli qo‘rqadi. Unga makiyaj ortidan qandaydir sirli va yovuz narsa tikilib turganday tuyilaveradi. Qanchalik g‘alati ko‘rinmasin, u haqiqiy yovuzlikni qo‘rqitish uchun o‘zini masxaraboz anjomlari bilan o‘rab oladi.

    Orlando Blum

    Foto: Instagram / Orlando Bloom

    “Uzuklar hukmdori” “Karib dengizi qaroqchilari” kabi filmlarda bir-biridan ajoyib rollarni ijro etgan aktyor Orlando Blum porkufobiyadan (cho‘chqalardan qo‘rqish) aziyat chekadi.

    U Yeva Grin bilan birgalikda suratga tushgan “Muqaddas zamin” filmi suratga olinayotgan vaqtda aktyor oddiy cho‘chqadan qo‘rqishi tasodifan ayon bo‘lib qoladi. Cho‘chqa qo‘rasi yonida bo‘lib o‘tadigan sahnalardan birining repetitsiyasi paytida bir hayvon panjara ichidan sakrab chiqadi va buni ko‘rgan aktyor dahshatdan qotib qoladi. Jonivor o‘z qo‘rasiga qaytarilgach, Orlando Blumni tinchlantirish uchun ancha ovora bo‘lishadi.

    Bundan tashqari, aktyor cho‘chqa go‘shtiga ham toqat qila olmasligini va u sotiladigan joylarga yaqin yo‘lamasligini aytadi. Qiziq, Gollivud uylarida mitti cho‘chqalarni boqib olish odati urfga kirgani Orlando Blum hayotiga qanday ta’sir qilgan ekan?

    Tobi Maguayr

    Tobi Maguayr

    Tobi Maguayr
    Foto: Getty Images / Toni Ann

    O‘rgimchak odam rolini ijro etgan aktyor Tobi Maguayr o‘rgimchaklardan qo‘rqishiga (araxnofobiya) nima deysiz?

    Sem Reymining ushbu superqahramon haqidagi filmini suratga olish chog‘ida Tobi Maguayrni tungi qo‘rqinchli tushlar bezovta qiladi. U o‘zining qo‘rquvi haqida gapirib berish va shu orqali biroz yengil tortish ilinjida ko‘p vaqtini psixoanalitik qabulida o‘tkazardi.

    Aktyorning sobiq rafiqasi Jennifer Meyerda ham xuddi shunday fobiya bo‘lgani ma’lum. Maguayr turmush o‘rtog‘ini ushbu mezon bo‘yicha tanlamagan bo‘lsa kerak, albatta. Ammo ular birinchi uchrashuvda nima haqida gaplashishganini taxmin qilsa bo‘ladi.

    14.11.2021, 14:14   Izoh (0)   60060
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolgariyada O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakolatxonasi ochiladi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 13:10

    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda

    Reklama | 10 iyun, 12:00

    Kaliforniya shtati Trampni sudga beradi

    Dunyo | 10 iyun, 13:07

    Superkompyuter Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining asosiy da’vogarlarini aniqladi

    Sport | 10 iyun, 12:50

    “Garri Potter” serialida Malfoy va boshqa Xogvarts o‘quvchilari rollarini kimlar ijro etishi ma’lum qilindi

    Kino | 10 iyun, 12:38

    O‘zbekistonda endi shaxsning o‘z aybini tan olgani uni jazoga tortish uchun yetarli bo‘lmaydi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 12:28

    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi

    Reklama | 10 iyun, 10:30

    Issiq havoda ham uzoq turadigan makiyaj qilish bo‘yicha tavsiyalar

    Layfstayl | 10 iyun, 12:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.