• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas

    Yaxshiliqqa o‘rgangan bir banda osonliq bilan o‘z yaxshilig‘ini qo‘ymaydir. A, yomon-chi, Xudo panoh bersun, it suyak chaynamasa, tishi qichiydir. Xulosa, yomon yomonlig‘ini, yaxshi yaxshiligini tashlay olmaydir. Mabodo tashlasa, boshi og‘riydir, ko‘zi chiqadir.

    Demak, masalamizning falsafiy yog‘i tamom bo‘lib, jiddiy va amaliy tomonig‘a o‘tib, yomonlar xususida bir necha jumla tahrir etmakchimiz. Qisqasi, ommaning nazariga eski dahandan yangi va suvi qochmag‘an bir so‘z va matbuot olamida mo‘g‘ollamag‘an bir necha silliq ibora qoldirmoqchimiz.

    Tabiiy, bu da’vomiz to‘g‘ri bo‘lsa bo‘lar, to‘g‘ri emas ekan, o‘zingiz ming martadan eshitkan so‘zlaringiz qatorig‘a kiritib qo‘yaqolursiz, chunki zamonamiz ezmalik, matbuotimiz chaynov bir zamondan hali judayam nariga jilgani yo‘qdir.

    Ko‘rmaysizmi, o‘zgarishka yettinchi yil, hamon bir charxni aylantiramiz, hamon bir so‘z va bir qadam ustida jonbozliq qilamiz. A, yetti qironning biri bo‘lg‘an matbuotimiz bir so‘zni uzun bir muddat chaynaydir, g‘ajiydir. Subhonolloh!..

    Shoirlarimizning bir qismi, muharrir va muharrirchalarimizning bir bo‘lagi hamon bir-biridan andoza olish va bir-birinikidan nusxa olish bilan mashg‘uldir. O‘qutuvchilarimiz bo‘lsa, saboq berish emas, saboq olishqa loyiq va sazovordirlar.

    Endi maqolamizning sarlavhasi bo‘lg‘an “O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas”ga kelayluk:

    Muharrirchilik bo‘lg‘andan keyin qalam tutkan zamoning falsafa sotking keladir. Uzun-uzun monolog‘lar yozib o‘zingni maydong‘a tashlag‘ing keladir. Mana bu kasaldan kaminangiz ham qutula olmag‘animga hozirg‘i maqola jonliq shohid bo‘lsa-da, tarixni dunyo yaratilishdan yoki Nuh to‘fonidan boshlamag‘animg‘a, hech bo‘lmag‘anda xoin, zolim Nekalayning qonxo‘rlig‘idan boshlamag‘animg‘a o‘zim shukur qilg‘anim kabi sizning ham xolis shukur qilishingizni bir karra tavsiya etmakchiman.

    Uh… men shu yerga yozib kelib edim, shoirligim esimga tushdi. Qanaqa shoirliq deng, kamina hozirg‘i zamon shoiri emasmanmi, she’rimga sarlavha qo‘ymoqchi bo‘ldim. Qanday sarlavha deng, umumiy qoidaga muvofiq sarlavhamni “Gul” deb qo‘ydim. “Gul” dedingmi, ketidan “Bulbul” kalimasi lop etib og‘zingga kelmasunmi. Gul va bulbul bilan qo‘shulib chiroyliq bir sarlavha ta’min etildi. Bu odat umuman shoirlarimizda bor bo‘lg‘ani meni taskin qildi. She’rni ham boshlab yubordim. Yozdim, chizdim. Bosh misraning oxiri gul keldi. Ikkinchi misra bevosita bulbul keldi. Chunonchi:

    O‘zbek qizidir misoli bir gul,

    O‘zbek yigiti u bog‘da bulbul.

    Demak, she’rimning boshlang‘ichi ta’min etildi. Qolg‘an misralari meni uncha qiynamadi. Bitirib, she’rning ostiga taxallusimni qo‘ydim, gazeta idorasiga yugurdim.

    Gazeta sarkotibi vuqor bilan olib, daftarga qayd etkan choqda she’rimning sarlavhasi qatordag‘i maqola sarlavhalarining belini bukkandek ko‘rindi.

    Ertasiga haligi she’r gazetaning ikkinchi beti boshida bosilib chiqib, hammaning og‘zida qiroat qilindi. Elimiz o‘rgangan, bunday she’rlarni o‘qush elimizga uncha og‘ir emasligi belguli. Chunki she’rning sarlavhasi “Gul va bulbul” ekan, misraalarning hammasi ham “Gul va bulbul” bilan tamomlanur.

    Maqola yozishda ham boshqa muharrirlar kabi umumiy ixtisosqa molikligim bor. Sarlavhalar: “Yetti yilliq o‘zgarish va biz”, yoki “Ma’orif va qo‘shchilar” yoki “Fransiya buyuk inqilobi va bizning vazifamiz”, deb shunday sarlavhadan birini qo‘yib oldingmi? Sarlavha ostidan chizib, maqolag‘a kirishkanda, xoin, zolim, qonxo‘r Nekalay va uning dumlarining bizga qilg‘an zulm va vahshati va ul xoin-zolimning axrannik va polisiyalarining bizga qilg‘an jabr-zulmi va hakozo… Bir necha jumla zolim, qonxo‘rlardan keyin maqsad ustida poyma-poy bir necha jumla tuzilib, maqola shu jumlalar bilan tamom bo‘la boshlaydir: bitsun zolim, qonxo‘r Nekalay, yashasun Sho‘rolar hukumati!.. Ostig‘a imzo chekib, buni ham gazeta idorasiga yuboriladir.

    Demak, masalamiz “O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa, qo‘ymas”, ustida ekan, shoirimiz va yozuvchimizki shunday shoirliq va muharrirlikka o‘rgangan ekan o‘rganibdir. Bunda so‘z yo‘q. Men ham o‘rganganman. Bunda ham sizning ishingiz bo‘lmasun. “Gul va bulbul” she’rlarini, xoin, zolim Nekalayning zulmi to‘g‘risidag‘i maqolalarni yozaberaman va bemalol siz o‘qub tashlayberasiz, gazetalar ham bosaberadi. Shoirliq va muharrirlikka ko‘nglumiz o‘rganibdir. O‘rtansa nima qilayluk.

    Abdulla Qodiriy

    Ushbu maqola “Mushtum” jurnalining 1924-yil 8-aprel 25-sonida “Eski shayton” taxallusi bilan e’lon qilingan.

    29.10.2021, 07:32   Izoh (0)   13036
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yomg‘ir ostidagi Toshkent, bo‘yalgan jo‘jalar, Xellouinga tayyorgarlik. 28-oktabr suratlari

    28.10.2021, 23:55

    O‘zbekiston aholisi issiqlik energiyasidan 2,1 trln so‘m qarzdorligi ma’lum qilindi

    28.10.2021, 23:45

    O‘zbekistonning barcha hududida 28-oktabr kuni “Milliy suvenirlar” festivali bo‘lib o‘tdi (foto)

    28.10.2021, 23:29

    “O‘zbekistondagi saylovlarning ajralib turgan jihati — qora piar va manfaatlar to‘qnashuvining yo‘qligi bo‘lib qolmoqda” — MDH Ijrochi kotibi Sergey Lebedev

    28.10.2021, 22:15

    O‘zbekistonda issiqlik tarmoqlarining 60 foizi ta’mirtalab ahvolda ekani ma’lum qilindi

    28.10.2021, 21:11

    O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari e’lon qilindi

    28.10.2021, 20:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.