Serbiya mezbonligida o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon chempionatiga 24-oktabr kuni qur’a tashlandi.
O‘zbekistonlik bokschilar bo‘lajak (ehtimoliy) raqiblari nomi va musobaqadagi dastlabki jangi kunini bilib oldi.
Musobaqaning dastlabki kunida -67 kg vazn toifasida harakat qiluvchi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev o‘z jangini o‘tkazadi. Unga 1/32 finalda Irlandiya vakili Brendan Makkiver raqib bo‘ladi.
Jang taxminan Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.
Quyida qur’a natijalari bilan tanishing:
25-oktabr, dushanba
-67 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev — Brendan Makkiver (Irlandiya)
26-oktabr, seshanba
-51 kg. Hasanboy Do‘stmatov — Saken Bibossinov (Qozog‘iston)
-75 kg. Saidjamshid Ja’farov — Lukas Fernetsa (Slovakiya)
-80 kg. Odiljon Aslonov — Yusuf Changalave (Tanzaniya)
27-oktabr, chorshanba
-86 kg. Shohjahon Abdullaev — Viktor Shelstrayete (Belgiya)
28-oktabr, payshanba
-57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov — Jamal Harvi (AQSh) / Vasili Usturoi (Belgiya)
+92 kg. Lazizbek Mullajonov — Puriya Amiri (Eron)
29-oktabr, juma
-54 kg. Shahobiddin Zoirov — Tamir Galanov (Serbiya)
-60 kg. Abdumalik Halokov — Fabio Roseli / Jasin Lyama
-71 kg. Shahram G‘iyosov — Farhad Murodi (Eron) / Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
-92 kg. Madiyor Saidrahimov — Vladislav Smyaglikov (Belarus) / Joshua Vasike (Keniya)
30-oktabr, shanba
-63,5 kg. Mujibullo Tursunov — Jantoro Tursunov (Qirg‘iziston) / Taiga Imanaga (Yaponiya)
-48 kg. Nodirjon Mirzahmedov — Rikki Nesbitt (Irlandiya)
Izoh (0)