Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, uni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi va rejalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi. Bu haqda Belarus davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar mavzusini muhokama qilib, ularning yuqori darajasi va jadal rivojlanishini qayd etgan. “Shu bilan birga, Belarus va O‘zbekistonda turli sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun yaxshi istiqbollar bor”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklagani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, saylovning dastlabki natijalari bugun, 25-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da e’lon qilinadi.
Izoh (0)