• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Biz yoqish uchun shirin gaplarni gapirmoqchi emasmiz” — Alisher Qodirov migrantlarni soliqqa tortish taklifiga izoh berdi

    Prezidentlikka “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirov 21-oktabr kuni toshkentlik saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv so‘ngida nomzod o‘zining migrantlar masalasida bildirgan fikri ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgani yuzasidan izoh berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Bu mavzu Andijonda ko‘tarildi. Andijondan qaytib kelganimizdan keyin men xastalanib yotib qoldim. Shu vaqtda mening oilam, saylov kampaniyasidagi do‘stlarim meni internetdan uzishdi. Lekin o‘zim shu mavzu yuzasidan turli fikrlar bo‘layotganini taxmin qildim”, — deydi u.

    Alisher Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, u “bugun ijtimoiy tarmoqlarda o‘z postlarini qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”.

    “Lekin bir narsani aytishim kerak. Men saylov boshlanishidan oldin ham aytganman — haqiqat og‘ir va achchiq bo‘ladi. Biz yoqish uchun shirin gaplarni gapirmoqchi emasmiz. O‘zbekiston bugun bir qator muammolarni hal qilishi shart. Va shu muammolardan bittasi aynan migratsiya bilan bog‘liq.

    Men ikkita masalani alohida aytganman migratsiyadan oldin. Biz yaqin 10 yillar ichida mehnat resurslarimizni xorijga eksport qilishga majburmiz. Chunki O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish darajasi barcha mehnat resurslarimizni O‘zbekistonning ichida ish bilan ta’minlash imkoniyatini bermaydi”, — deydi Alisher Qodirov.

    Nomzod O‘zbekiston “yaqin mintaqa davlatlar va do‘st bo‘lgan davlatlarning mehnat bozoridagi bo‘shliqlardan samarali foydalanishi kerak”ligini qo‘shimcha qildi.

    “Andijonda aytgan fikrlarimning aynan shu qismlari tushib qolgan. Faqat kerakli qismlari olingan, lekin shu gaplar o‘sha yerda ham aytilgan. Men aytyapman, biz hamon mehnat resurslarimizni xorijga eksport qilishga majbur ekanmiz, iqtisodiy holatimiz shuni taqozo qilar ekan, biz mehnat migrantlarimizni muntazam tayyorlab borishimiz kerak. Nimaga? Birinchidan, haq-huquqlarini to‘g‘ri tushunadigan, huquq va majburiyatlarini anglaydigan va ularga rioya qiladigan fuqarolarni tayyorlashimiz kerak. Dunyoning qaysi chekkasida ishlashidan qat’i nazar o‘z haq-huquqlarini anglasin. O‘zining qadriga yetsin. Mana bu bizning asosiy vazifalarimizdan bittasi bo‘lishi kerak”, — deydi prezidentlikka nomzod.

    “Ikkinchi masala, men yuqorida aytib o‘tgan masala. Dunyoning qaysi chekkasida ishlasa ham u O‘zbekistonning fuqarosi. U dunyoning qaysi chekkasida ishlashidan qat’i nazar ‘vatanim’, deb qaytib keladigan joyi, mana shu joy bo‘ladi”, — deydi u.

    Alisher Qodirov O‘zbekiston pandemiya davrida 100 trillion so‘mga yaqin mablag‘ sarf qilganini ma’lum qildi.

    “O‘zbekiston fuqarolarini himoya qilish uchun, ularning sog‘lig‘ini tiklash uchun sarflandi. Men bilmayman boshqa bir davlatda mehribonchilik qilib, yotqizib davolatganini. Buni ham noto‘g‘ri tushunmanglar. Masalan, Rossiyada bizning fuqarolar yotqizib davolandi. Biz pul berdik. Biz sharoit yaratdik, fuqarolarimiz izolyatsiyasiga pul to‘ladik. Ularning sharoiti uchun O‘zbekiston pul to‘ladi. Mana shu harakatlarning hammasiga 100 trillion so‘mga yaqin pul ketdi. Bu O‘zbekistonning mablag‘i. Bu mablag‘ osmondan tushgani yo‘q. Bu mablag‘ O‘zbekiston fuqarolarining to‘lagan soliqlaridan iborat mablag‘lar”, — deydi u.

    Alisher Qodirov “O‘zbekistonning fuqarosi nafaqat o‘zining qorni, balki O‘zbekiston, deb yashashi kerakligini” aytdi.

    “O‘zbekistonda ishlayotganlar ko‘p oylik olishayotgani yo‘q. O‘ylab qaralsa, xorijga kim ishga ketadi? O‘zbekistonda topayotgan daromadidan ko‘ngli to‘lmagan odam ishga ketadi. O‘zbekistonda bitta o‘qituvchi 3—5 million so‘m oylik olyapti. Yetyapti, deb o‘ylaysizmi? Albatta, yetmayapti. Shuning uchun xorijga ‘bundan ko‘proq topaman’, deb ketyapti. Bilaman, u o‘sha davlatga borib, soliq to‘layapti. O‘sha davlatlarning taraqqiyoti uchun hissa qo‘shilyapti”, — deydi nomzod.

    “Bugun xorijda ishlab yurgan bizning fuqaromiz o‘sha davlatdan olayotgan foydasining o‘ziga nisbatan 10 karrasini o‘sha davlatga ko‘proq foyda beryapti. Arzon bo‘lmaganda u davlatlar hech qachon ishlatmagan bo‘lardi. O‘zida ishlamagani uchun ishlatyapti. Meni haqorat qilish mumkin. Lekin O‘zbekistonni rivojlantiraylik. Agar meni haqorat qilish, so‘kish hisobiga O‘zbekiston rivojlanadigan bo‘lsa, men tayyorman”, — deya qo‘shimcha qiladi Alisher Qodirov.

    Eslatib o‘tamiz, “Milliy tiklanish” partiyasi nomzodi saylovchilar bilan muloqotda migrantlardan ham soliq undirish taklifini bildirgandi. “Kelinglar, endi yana ham vatanparvarroq bo‘laylik, migrantlar ham o‘zining solig‘ini mamlakat taraqqiyoti uchun to‘lasin”, — degandi u.

    Mavzuga doir:

    • “Migrantlar — fidoyi farzandlarim”. Shavkat Mirziyoyev migrantlar daromadini soliqqa tortish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ma’lum qildi
    • “Odamlar meni tushunmayotgan paytda g‘alabadan umidvor bo‘lishim mumkinmi?” — Alisher Qodirov

    22.10.2021, 23:17   Izoh (0)   52776
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston prezidentligiga besh nomzod. Ularga qanday ta’riflar berilgandi?

    22.10.2021, 23:03

    Toshkent viloyatida 11 yoshli bola yuk mashinasi bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi (video)

    22.10.2021, 22:15

    Toshkentda “Kalmar o‘yini” asosida rejalashtirilgan o‘yin o‘tkazilishi bekor qilindi

    22.10.2021, 21:37

    Istanbulda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar vakillari ishtirokida media-forum boshlandi

    22.10.2021, 21:16

    Islom Karimovning nevarasi Imon O‘zbekistondagi prezidentlik saylovida qaysi partiyaga ovoz berishini aytdi

    22.10.2021, 20:37

    Shavkat Mirziyoyev DIIHBning O‘zbekistonda prezident saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Ouen Merfi bilan uchrashdi

    22.10.2021, 20:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.