“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov 15-oktabr kuni Rimdagi “Sant Andrea” shifoxonasiga tashrif buyurdi.
O‘zbekistonlik futbolchi “O‘yinchoqlar kuni” munosabati bilan shifoxonadagi bolalarga turli sovg‘alar ulashdi.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov avgust oyida “Roma” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. U “bo‘rilar” tarkibida barcha musobaqalarda 10 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va ta 4 golli uzatmaga mualliflik qildi.
26 yoshli futbolchi 2020-yilda “Rostov”dan “Jenoa”ga o‘tgandi. U genuyaliklar safida 2020/21-yilgi mavsumda A Seriyada 31 ta o‘yinda 8 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Mavzuga doir:
- Ispaniyaning yetakchi klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda
- Eldor Shomurodovning transfer qiymati ikki barobarga qimmatladi. Osiyoda faqat 5 futbolchi undan qimmatroq
- Qosimovlardan Shomurodovlargacha. O‘zbek futbolidagi sulolalar haqida
- Geynrix, Shomurodov, Maxstaliyev. “Kichik mundial”larda O‘zbekiston terma jamoasi safida gol urgan futbolchilar
Izoh (0)