• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Turkistonda ruslar

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Turkiston ruslar

    Islom madaniyati tarixining oltunli, yulduzli yaprog‘laridan buyuk bir qismi, shubha yo‘qdirkim turklar to‘g‘risida yozilg‘andir.

    Yunondan Rumog‘a1, Ubadan Konstantaniyaga2 ko‘chib kelgandan keyin ta’sir etib, taassublari tarafidan qo‘l-oyog‘i bog‘lanib qolg‘an madaniyati bilan ulum va funun Bag‘dod saltanatining egalari bo‘lg‘an abbosiylar tarafidan3 turgizildi va tarbiyot ko‘rdi.

    Ul chog‘larda yer yuzini baxtli muhabbat kabilari qoplag‘an abbosiylar saltanati yolg‘izg‘ina siyosat negizi emas, ulum va funun tengizi ham edi.

    Abbosiy saltanati nifoq, nizo, axloqsizlik, g‘urur, isrof va zulm kabi ko‘b ijtimoiy kasallarga tutulib o‘lg‘andan keyin uning merosini yana islom siyosati bilan islom madaniyatini o‘z qo‘llarig‘a olib turklar saqladilar. Abbosiylardan so‘ng ulug‘roq islom saltanatlarini turklar qurdilar. Abbosiylar qo‘lidan chiqib yana egasiz qola boshlag‘an madaniyatni turklar asradilar.

    “Bizning Turkistonimiz esa mana shu buyuk turk ulusining beshigi bo‘lmog‘i bilan iftixor qiladi…” Yolg‘iz shumi?.. Abbosiylardan so‘ng islom saltanatig‘a qorovuyaliq qilg‘an turk xoqonlarining oxiri va ulug‘larida bo‘lg‘an Temur yanglig‘ turk qahramonini Turkiston yetishtirdi. Yana abbosiylardan keyin “madaniyati bashariya”ni boshlari uzra ko‘targan turk olimlarining kattakonlari bo‘lgan Abu Ali4, Ulug‘bek, Javhariy5 va Forobiy kabi hikmat tiraklarini Turkiston chiqardi.

    Aflotunlar chog‘inda Afina, Rumo saltanatida Rumo, abbosiylar xulofotinda Bag‘dod qancha taraqqiy qilg‘an bo‘lsa Temur va Ulug‘beklar zamonida Samarqand shuncha taraqqiy qilg‘an edi.

    Bir kishining miyasig‘a chog‘irning qanday ta’siri bor esa, bir millatning miyasig‘a daxi saltanat va madaniyat ichgusining shundayin ta’siri bordir. Saltanat, boyliq va madaniyat ichgulari bizning miyamizni buzdi, bizni mast etdi, qo‘limizdag‘i saltanat qilichi bilan madaniyat daftarini bir yong‘a qo‘yib safoat cholg‘ularini oldiq. Urdik, choldik, ichdik, yiqildik, yondik va shunlar uchun bir-birimiz bilan urushdik…

    Mana shul chog‘larda edikim: Rusiya davlati bizning o‘lkalarimizni kelib bosdi. Ortuq biz Turkiston turklari Ovro‘pa madaniyati tashiguchi bo‘lg‘an rus millatig‘a yo‘liqg‘an bo‘ldik. Madaniy ruslar bilan qorishib unlarning dalolati Ovro‘paning madaniy va ijtimoiy usullaridan ta’sir olmog‘imiz kerak edi.

    Shuni ham aytib o‘taylukkim munday bir ta’sirni rus millatining avom tabaqasindan olmog‘i(mi)z mumkin emas edi, chunki bizning avomimiz unlardan yuz marotaba madaniyroq edilar (hozir ham shunday). Ruslarning o‘qug‘an, tarbiyali kimsalarindan sosializm va qardoshliq maslakinda yurg‘anlar ham imperatorlik hukumati tarafindan quvilib, qisilib turg‘anlari uchun bizga biror ta’sir qo‘yolmas edilar.

    Qoldi: rus millatchilari, rus boylari va rus po‘plari bilan shunlarning qorovuli bo‘lg‘an imperator hukumati. Biz turkistonlilar yolg‘iz shunlarning qo‘linda qoldiq. Ne ko‘rgan bo‘lsak shunlardan ko‘rdik.

    Endi ko‘raylik qani: shunlar bizning taraqqiyimiz va Ovro‘pa madaniyatidan ta’sir olmog‘imiz yo‘linda biror ish qildilar yoxud qilmoqchi bo‘ldilarmi?!

    Rus kapitalistlari bilan rus po‘plarining sodiq va ishonchli qorovullari bo‘lg‘an eski Rusiya huqushti elli(k) yil orasida Turkistondag‘i turk bolalarining foydalarig‘a biror ish ko‘rdimi, ko‘rmoqchi bo‘ldimi?

    Mana shul savolga, Maltaassuf6, “yo‘q!” dan boshqa bir javobimiz yo‘qdir. Yurtimiz: elli(k) yillik bir idorayi askariya ostida turdig‘i uchun biz Ovrupaning madaniy millatlari bilan ko‘risholmadik, unlarning ijtimoiy va iqtisodiy fikrlarindan istifoda qilolmadiq. Bizning ko‘zlarimizni ochdurmaslik uchun fikri ochiq totor qarindoshlarimizning daxi Turkistonda maktab ochmoqlari man etildi.

    Bizning diniy va milliy hissiyotlarimizni o‘ldurmak tilagi bilan O‘straumov kabi mutaassib po‘plarning idorasinda gazit7 chiqarildi, maktab ochildi, lekin o‘z millatimiz va diyonatimizni onglatmoq uchun o‘z tarafimizdan ochilg‘an maktablar va gazitlar bog‘landi, shar’iy mahkamalarimizning huquq va salohiyatlaridan buyuk bir qismi g‘asb etildi.

    Mahkamalarda, uylarda, yo‘llarda, tijoriy ishlarda, hatto vagon arbalarinda Turkiston yerlisining huquqi Turkiston musofiri bo‘lg‘an rus va armanidan tubanda tutildi.

    Buxoro va Xiva hukumatlarining doxili istiqlollarig‘a, milliy nomuslarig‘a turli bahonalar bilan tajovuzlar qilindi. Bu ikki hukumat o‘z o‘lkalarinda o‘z hukmlarini yurutolmas bo‘ldilar. Mamlakat va millat qoidalarig‘a bu ikki hukumat tarafindan sira biror harakat sodir bo‘lmadi, sodir bo‘lg‘anda ham necha qizg‘in no‘talari va zolimona tahqir bilan yo‘llari olindi.

    Elli(k) yilda(n) beri shundayin haqsizliqlar va zulmlar orasida bo‘g‘ulib kelgan Turkiston bukun o‘z muxtoriyatini Ho‘qandda8 e’lon qildi. Ho‘qandda ijtimo‘ etgan9 Turkistonning to‘rtinchi qurultoyi o‘z bayonnomasinda “Fedaratsa asosiga qurulg‘an Rusiya jumhuriyati ila birlikda qolg‘ani holda Turkiston muxtoriyati” degan so‘zni yozib, Rus hukumatig‘a sodiq qoldig‘ini bildurdi.

    Shuning ila barobar “Turkistonda aqliyat tashkil qilg‘an millatlarning huquqtarining har jihatdan saqlanmog‘ini ham tantanali suratda” e’lon etilib, adolat bayrog‘ini ko‘tardi.

    Elli(k) yildan beri shuncha zulm orasinda qolg‘an Turkiston bu kun o‘z muxtoriyatini shuncha adolat va sadoqat bilan e’lon qilibdir. Bilmadik nechundurkim, hozirda ish boshinda adolatchi bolsheviklar muni qabul qilmay turalar..!

    Abdurauf Fitrat“Hurriyat”, 1918-yil 63—64-sonlar

    Qayta nashri: “Sharq yulduzi”, 1992-yil 4-son, 183—184-betlar. Nashrga tayyorlovchi va so‘z boshi muallifi Hamidulla Boltaboyev.


    Izohlar

     

    1Yunondan Rumog‘a — Gretsiyadan Turkiyaga qadar.

    2Ubadan Kanstantaniyag‘a — Yunonistondagi shahar Ubadan Konstantinopol, (ya’ni Istanbulga) ko‘chgan madaniyat.

    3 Islom tarixida umaviylardan xalifalikni qo‘lga olgan abbosiylar eronli Abu Muslim vositasi bilan xalifalikni egallagan bo‘lib, ularning davrida musulmonlik jahon miqyosida katta sharafga ega bo‘lgan. Xorun ar-Rashid, Ma’mun singari xalifalar yetishib chiqqan. Ulardan so‘nggi islom jahongirligining markazi Movarounnahr va Rum bo‘lgan Temur Ko‘ragon va Boyazid temuriylar hamda usmonlilar sulolalari nazarda tutiladi.

    4 Abu Ali — Abu Ali Ibn Sino.

    5 Javhariy Abu Nasr Ismoil ibn Hammod (940—1008) — Forobda tug‘ilgan. Ko‘proq Bag‘dodda yashagan tilshunos olim va faylasuf. Asosiy asari “Toju l-lug‘a va sahoxu-l-arabiyya” (“Lug‘at toji va arabchaning haqiqiysi”) asaridir. Arab tilida yozilgan bu asarning 1865—75-yillar davomida Qohirada nashr etilgan nusxasi mashhurdir.

    6 maaltaassuf — ajablanish belgisi: taassuf.

    7 “Turkiston viloyatining gazeti” va uning ruscha nashri “Туркестанское ведомости” hamda uning muharriri Ostroumov nazarda tutiladi.

    8 1917-yilning 28-noyabrida Qo‘qonda e’lon etilgan Turkiston Muxtoriyati nazarda tutiladi. Bu haqda Fitratning “Muxtoriyat” maqolasiga qarang.

    9 ijtimo‘ etgan — qo‘shilgan, birikkan, jam bo‘lgan.

    15.10.2021, 23:02   Izoh (0)   29825
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 12 yoshdan katta 151 mingdan ortiq bola Pfizer vaksinasi bilan emlandi

    15.10.2021, 22:58

    Zangiotadagi kovid-kasalxonada 2021-yil boshidan buyon qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum qilindi

    15.10.2021, 22:12

    Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolovning matbuot kotibi o‘zgardi

    15.10.2021, 21:27

    O‘zbekistonda ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatish talab etilmaydi

    15.10.2021, 21:11

    O‘zbekistonda Renault avtomobillari savdosi qachondan boshlanishi va narxlari ma’lum qilindi

    15.10.2021, 21:04

    Shavkat Mirziyoyev MDH rahbarlari kengashining yubiley majlisida ishtirok etdi

    15.10.2021, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.