Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hokimi matbuot kotibi vazifasida ishlab kelgan Murodbek Davlatov To‘ra Bobolovning matbuot kotibi sifatida ish boshladi. Bu haqdagi xabarni “Daryo”ga tasdiqlagan Murodbek Davlatovning aytishicha, u vazifasiga 2021-yilning 5-oktabr kunidan kirishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Bobolovning sobiq matbuot kotibi Zahiriddin To‘rayev 2021-yilning 9-sentabr kuni viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga o‘tgach, viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari lavozimi bo‘sh turgandi.
Murodbek Davlatovning qo‘shimcha qilishicha, Zahiriddin To‘rayev 2018-yildan beri hokimlikning matbuot kotibligini bajarib, viloyatning sobiq hokimlari Erkinjon Turdimov, Bahodir Po‘latovlar bilan ham ishlagan.
Izoh (0)