• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoda koronavirusga chalinish va o‘lim holatlari kamaydi, qaysi mamlakatlarda haligacha vaksinatsiya boshlanmagan? Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 239 130 342 kishiga yetdi, shularning 4 873 559 nafari vafot etgan. Shuningdek, jahon bo‘yicha qo‘llanilgan vaksinalar 6,534 milliard dozadan oshdi.

    Kasallanganlarning umumiy soni bo‘yicha AQSh (44,6 million), Hindiston (34 million), Braziliya (21,5 million), Buyuk Britaniya (8,3 million), Rossiya (7,7 million) yetakchilik qilmoqda. So‘nggi 4 hafta ichidagi kasallanganlar soni bo‘yicha esa AQSh, Britaniya, Turkiya, Hindiston va Rossiya eng oldinda bormoqda.

    Berlin, Germaniya

    Berlin, Germaniya
    Foto: Expatica

    JSST dunyoda koronavirusga chalinish va o‘lim holatlari kamayganini ma’lum qildi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) jahonda bir hafta ichida (4—10-oktabr) COVID-19 ga chalinish bilan bog‘liq yangi holatlar o‘tgan haftaga nisbatan 7 foizga, o‘lim darajasi esa 10 foizga qisqarganini ma’lum qildi. Tashkilot statistikasiga ko‘ra, haftalik ko‘rsatkichlar avgustdan buyon pasayib kelmoqda.

    4—10-oktabr oralig‘ida 2,8 million kishi kasallanib, 46 mingdan ortiq odam vafot etgan.

    Mavzuga doir: JSST: COVID-19 ga qarshi kurashda yo‘lning qariyb 60 foizi bosib o‘tildi

    Burunga sepiladigan “Sputnik V” ko‘ngillilarda sinaladi

    Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi burunga sepiladigan sprey ko‘rinishidagi “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlarining ikkinchi bosqichini o‘tkazishga ruxsat berdi.

    Tadqiqotdan maqsad — voyaga yetgan ko‘ngillilar ishtirokida “Gam-KOVID-Vak” dori preparatining xavfsizligini, qabul qilinuvchanligini va immunogenligini baholashdan iborat. Sinovda 500 nafar ko‘ngilli qatnashadi, uni 2023-yil 31-dekabrgacha yakunlash rejalashtirilgan.

    Mavzuga doir: Moskvada “Sputnik V” vaksinasining burunga tomiziladigan shakli va yangi “Sputnik Layt” vaksinasi sinovdan o‘tkaziladi

    JSST COVID-ekspertlardan iborat yangi guruhni tuzdi

    JSST yangi viruslarni o‘rganib, kelajakda pandemiyalar oldini olish ustida ishlaydigan 26 nafar olimdan iborat ro‘yxatni taqdim etdi. Ular, shuningdek, COVID-19 koronavirusini ham tadqiq qiladi.

    Guruhga Xitoyning Uxan shahridagi qo‘shma tadqiqotda ishtirok etgan olimlar Marion Kupmans, Tea Fisher, Xung Nguyen va veterinariya bo‘yicha xitoylik ekspert Yan Yungi ham kirdi.

    Jamoa virus Uxandagi bozorlarda hayvonlardan odamlarga yuqqani yoki laboratoriyadagi baxtsiz hodisa oqibatida sizib chiqqani versiyalarini ko‘rib chiqadi.

    JSST ushbu guruh COVID-19 kelib chiqishini aniqlash borasida “bizning so‘nggi imkoniyatimiz” bo‘lishi mumkin, dedi.

    Mavzuga doir: JSST koronavirusning kelib chiqishini o‘rganishni yangi jamoa bilan davom ettiradi

    Putin qanday qilib koronavirusga chalinishdan saqlanganini ma’lum qildi

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin vaksinatsiya tufayli koronavirusga chalinmaslikka muvaffaq bo‘lganini aytdi.

    “Rossiya energetika haftaligi” forumi doirasida prezidentga “Siz koronavirus yuqtirishdan qo‘rqasizmi?” — degan savol kelib tushdi. “Men koronavirusni yuqtirib olishim mumkin bo‘lgan vaziyatga tushganman, ming afsuski, menga yaqin xodimlarim kasallanib qolgan, men esa ular bilan muloqot qilganman”, — dedi u.

    “Ammo bu narsa yuz bermadi, hozir mutaxassislar ishonch bilan aytayotganidek, bu bizning vaksinamiz ‘Sputnik V’ menga bergan himoya tufayli”, — dedi Putin.

    Mavzuga doir: Putin atrofidagi kishilarda COVID-19 aniqlangani sababli yakkalanish rejimiga o‘tdi

    Koronavirusga qarshi emlash haligacha boshlanmagan mamlakatlar ma’lum qilindi

    JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus dunyoning uchta mamlakatida hali vaksinatsiya boshlanmaganini ma’lum qildi. Bular — Burundi, Eritreya va Shimoliy Koreya.

    Shuningdek, uning qayd etishicha, 56 ta mamlakat JSST tomonidan qo‘yilgan, sentabr oxirigacha aholining 10 foizini emlash bo‘yicha maqsadga erisha olmagan. Bundan ham ko‘proq mamlakat esa joriy yil so‘ngiga qadar aholining 40 foizini emlash maqsadiga erisholmaslik xavfi ostida turibdi.

    “Shuningdek, yana bir guruh mamlakatlar cheklangan imkoniyatlarga ega. Bular beqarorlik, nizolar yoki zo‘ravonlikdan jabr chekkan davlatlardir. JSST va bizning sheriklarimiz bu mamlakatlar bilan hamkorlik qilib, vaksinatsiyani joriy qilish uchun joylarda texnik va logistik salohiyatni mustahkamlash ustida ishlamoqda”, — deyiladi JSST xabarida.

    Mavzuga doir: JSST qayta emlashga moratoriy talab qildi. Ortiqcha vaksinalarni rivojlanayotgan mamlakatlarga yuborish so‘ralmoqda

    14.10.2021, 12:41   Izoh (0)   19025
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Norvegiyada kamon va nayza bilan qurollangan erkak o‘tkinchilarga hujum qildi. Besh kishi halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi

    14.10.2021, 11:40

    Chernobil AESning birinchi direktori — Toshkentda tug‘ilib-o‘sgan Viktor Bryuxanov vafot etdi. Stansiyadagi avariya uning rahbarligi davrida yuz bergan

    14.10.2021, 10:10

    Kuvayt tarixda birinchi marta ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berdi

    14.10.2021, 08:31

    Kseniya Sobchakni olib ketayotgan avtomobil bilan sodir bo‘lgan YTH videosi e’lon qilindi

    14.10.2021, 08:08

    Xitoy AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliyani qurollanish poygasini alanga oldirishda aybladi

    13.10.2021, 21:27

    Shimoliy Koreya harbiylari Kim Chen Inga betonni bosh bilan sindirish mahoratini namoyish qildi (video)

    13.10.2021, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya prezidenti KXDR bilan munosabatlarni yaxshilashni qo‘llab-quvvatlamoqda

    Dunyo | 3 iyul, 19:18

    “Vatandoshlar” jamoat fondining “Anor” loyihasi uchun xorijdan kelgan o‘zbek farzandlariga bayram konserti tashkil qilindi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 18:00

    Hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq holat sabab “Neftchi” xodimlarining ishi O‘FA qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi

    Sport | 3 iyul, 19:07

    Tramp Afrikaga “juda katta tijorat imkoniyatlari”ni taklif etmoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 19:00

    O‘zbekistonda iyuldagi pensiyalar to‘lovi bo‘yicha ma’lumot berildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 18:50

    Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarini qabul qildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 18:41

    Taras Bulba, Mo‘jizakor ayol, go‘zal Se Byok va Tanos: “Kalmar o‘yini 3”da ko‘pchilik e’tiboridan chetda qolgan asosiy ishora va detallar

    Kino | 3 iyul, 18:40

    Bayden Yevropa rahbarlari undan siyosatga qaytishini so‘rayotganini ma’lum qildi

    Dunyo | 3 iyul, 18:25

    Yupiter orbitasi ichida yulduzlararo obyekt aniqlandi

    Dunyo | 3 iyul, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.