• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yangi sistem betaraflik

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Inqilob barakasinda hisobda ham bo‘lmag‘an allaqancha yangi sistem ajib, g‘arib ixtirolar yuz berdi va bermakdadirkim, bu yangi ajoyib aul-tarasha bozorlarni yozub ko‘rsatuv inson toqatidan favq bir ishdir. Butun dunyoning teatru bozorida, adabiyot tarixida ko‘rulmagan ravishda yangi nafis o‘zbak teatrulari, o‘zbak adabiyotlari, o‘zbak artistlari, muallimlari, munajjimlari, muhandis muhtari’lari, muharrir va imlochilari, qompozito‘r rassomlari, shupurgichi arobakashlari, qo‘yingchi, domlalarcha qilub so‘zni qisqartg‘anda va hokazo va hokazolari o‘zbaklarning yangi sistem sanoi nafisalari jumlasidandirlar...

    Allohdan baraka va davomini so‘rarg‘a kerakdurkim, o‘zbaklar bunday yangi sistem ixtirolarni hali ham kun sayin va daqiqa, soniya sayin yo‘qliq olamidan borliq dunyosig‘a chiqarub, aqllarni hayron, ko‘zlarni ko‘rmas, quloqlarni eshitmas, qo‘llarni tutmas, oyoqlarni yurmas, og‘zingdan kalava-kalava so‘lakaylaringni oquzib ba’zilarni hayvoni notiqaliqdan hayvoni g‘ayri notiqaliqg‘a aylantirmoqdadirlarkim, bu hol esa yangi sistem ixtirolarning asari maxsusai majdubai makshufai maxsusasidandurlar.

    O‘zbak eliga yana bir bashorat!

    Qanday bashorat?

    Juda ham kagga, juda ham sha’sha’ador bashorat. “Yangi sistem betaraflik” bashorati! Yana bir yangi ixtiro bashorati!

    Bashoratnomamizning va “Yangi sistem betaraflik”ning asl ixtiroig‘a sabab bo‘lg‘ani uchun asl masalaning jarayonidan qisqag‘ina bo‘lsa ham yozib o‘tayluk:

    Yodimdan ko‘tarilmagan bo‘lsa, “Qizil bayroq” gazetasining 131-raqamida “Ilmiy xidmat” lavhasi ostida “Birov” imzoli bir bechora (“Qizil bayroq” ta’biricha ham bechoradir) mashhur “avantyurist” (bu ta’bir “Birov” birodarimnikidir) Munavvarning yangi imlog‘a qarshilig‘i uchun marhum nemisning bir yuz o‘n besh duymalik to‘pidan “avantyurist” ustiga shu kadar o‘q yog‘dirg‘an ediki, kaminangiz mazlum Munavvarni bu jahannam o‘ti ichida kuyub kul bo‘lg‘anlig‘ig‘a qaror qo‘yg‘an va beixtiyor tilimga “Inna lillahi va inna ilayhi roji’un” oyatini joriy qilg‘an edim. Ammo menim bu foli badim bekorga ketub oradan bir qancha vaqt o‘tar-o‘tmas “avantyurist” Munavvarning tirik qolg‘anlig‘i va maydonda o‘zining Nekalay davridan qolg‘an eski gurzisini ko‘tarub, javlon qilg‘anlig‘i ko‘rildi-da, Lahavla... o‘quy boshladim. Chindan ham bu, “avantyurist”ning “Birov” afandining jahannam hujumidan salomat qoluvining o‘zi ham Lahavla o‘qutdirarliq edi.

    “Avantyurist” Munavvar inqilobdan beri turli tomondan mushtum yeb, ammo churq etmay kelganlikdan men uni endi juda ham abjaq bo‘lub qolg‘andir deb o‘ylar edimki, ammo ish bu fikrimning tamomo aksi bo‘lub chiqdi.

    Andog‘ rivoyat qilurlarkim, Munavvar “avantyurist” maydonda javlon urdi, gurzisini salmog‘lab boshidan aylanturdi va na’ra tortdi. “Qizil bayroq” ta’biricha, bechora “Birov” o‘rtog‘imning ustiga andog‘ zarb urdiki, yerlar titradi, ko‘klar darz ketdi. Bir vaqt qarasam, “Qizil bayroq” maydonining o‘rtasida majruh “Birov” o‘rtog‘imni bag‘riga bosqan holda “Qizil bayroq” idorasi o‘lturadir. Idora atrofidag‘i tomoshachilarg‘a aytadir: “Bu muzoraba to‘g‘risida savol-javobni cho‘zub o‘lturmaslik uchun “Qizil bayroq” bundan keyin bu to‘g‘rida ikkinchi muzorabalarga yo‘l bermaydur. Shuning bilan birga betaraf bo‘lg‘an holda o‘zining fikrini bayon qiladur”.

    Bu vaqt “Qizil bayroq” idorasining ko‘zi bag‘ridag‘i ko‘zini termulturub yotqan majruh “Birov”ga tushadir-da, ixtiyorsiz otaliq va og‘aliq ko‘z yoshisini to‘ka boshlaydur. Qarshisidag‘i “avantyurist”ga boqadir-da: “Siyosiy o‘yunchi” deydur. Bag‘ridag‘i majruhga qaraydir-da: “Bechora birovim, mazlum birovim” deydur, ho‘ngrab yig‘laydur. Yana achchig‘ig‘a chidolmay “avantyurist”ni qarg‘iy boshlaydur: “Hiylagar, makrchi, juvonmarg!”

    “Qizil bayroq” idorasi ko‘zidan yoshini oquza-oquza alla narsalarni so‘zlab, “avantyurist”ning zarbasini, “mantiqsizlik va zolimlik”, deydir. Shuning ila “Qizil bayroq” o‘zining yuqorida so‘zlagan “Betaraf bo‘lg‘an holda” jumlasini unutub yuboradir-da, Munavvarga ochiqdan-ochiq hujum eta boshlaydir.

    Mana bu “betaraflik” o‘zimizning ota-bobodan qolg‘an eski betaraflik emas, “Yangi sistem betaraflik!” Bu — “Qizil bayroq” gazetasining yangi ixtiroyi, yangi ijodi!

    Yangi ixtirochilarga duochi Julqunboy

    “Inqilob” jurnali 1922-yil, 2-son, 45-46-betlar

     


    Izoh

    “Turon” jamiyati — taraqqiyparvar ziyolilar jamiyati, Toshkentning Eski jo‘va maydoni yonida, Maxsido‘z ko‘chasidagi Harbiy komitet o‘rnida bo‘lgan, Toshkentning madaniy-ma’rifiy markazi bo‘lgan, saqna asarlari ijro etilgan. 1927-yilda tarqatib yuborilgan.

    13.10.2021, 23:35   Izoh (0)   22470
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Google va Microsoft Store operatori O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olindi

    13.10.2021, 23:29

    Poydevor

    13.10.2021, 23:25

    Andijonda gaz ta’minoti xodimlari aholiga ajratilgan gaz ballonlarini talon-toroj qildi

    13.10.2021, 23:13

    Qoraqalpog‘istondagi ko‘p qavatli uylar tomida quyosh panellarini o‘rnatish boshlandi

    13.10.2021, 22:58

    Samarqanddagi qurilishda ishlayotgan ko‘tarma kran qulab tushdi

    13.10.2021, 22:28

    O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortishning eng kam yoshini 13 yoshdan 14 yoshga oshirish rejalashtirilmoqda

    13.10.2021, 22:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.