• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Poydevor

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 1989-yil 10-mart sonida yozuvchi Tohir Malikning gazeta muxbiri savollariga javobi chop etiladi. “Ko‘pmillatli davlatimizda milliy tillarning o‘rni va ahamiyati sizningcha qanday bo‘lishi kerak? Milliy madaniyatlarning boyish yo‘llari haqida sizning tasavvuringiz?” kabi so‘roqlarga marhum adib quyidagi fikrlarini keltiradi.

    ... O‘z ona tilini hurmat qilmaydigan odam o‘zga tilni ham hurmat qila olmaydi. Hozir davlat tili haqida ko‘p gapirilyapti, bahslar ko‘p bo‘lyapti. Ikki tillilik tarafdorlari respublikaning ko‘pmillatli ekanini ro‘kach qilyaptilar. Xo‘sh, Gruziyada faqat gruzinlar, Estoniyada faqat estonlar yashaydimi? U yoqlarda davlat tili boshqa millatlarni, boshqa tillarni kamsitayotgani yo‘q, shekilli. Rus tili butkul inkor etilmayapti-ku! Rus tili hech qachon inkor etilmaydi ham. Bu til millatlararo muhim vosita tili bo‘lib qolaveradi.

    Ikkitillilik tarafdorlarining aksari o‘z ona tillarini mukammal bilmaydigan odamlar. Davlat tili o‘zbek tili bo‘lgan taqdirda ma’ruzalarida, yozmalarida noqobil ekanliklari fosh bo‘lib qoladi. O‘zbek tilini o‘zlashtirishda ancha jon kuydirishga to‘g‘ri keladi. “Majlisda rus o‘rtoqlar ham bor, shuning uchun ruscha gapiraman”, degan bahonalari o‘tmaydi. Ularning harakatlarini shunday asoslash mumkin.

    Hozir o‘z ona tilini yaxshi bilmaganlari uchun rus tilida ijod qiluvchi yozuvchilar bor. Ularni ko‘rganimda ulug‘ rus adiblari esga tushadi. Ular farangi tilini yaxshi bilishgan. Lekin asarlarini o‘z ona tillarida yozganlar. Hatto farangi tilida gapiruvchilarni asarlarida hajv qilganlar. Ona tilining sofligi uchun kurashganlar. Rus tilining mo‘jizalariga amal qilib faqat ruslar yoza olishlari mumkin. Boshqa xalq vakilining rus tilida yozadigan asari tilida shira, joziba bo‘lmaydi. Badiiy ijodning eng muhim qirrasi o‘tmaslashadi. Avval o‘z ona tilida yozib, so‘ng rus tiliga o‘zi tarjima qilsa bu boshqa masala. Bundaylarni faqat sharaflash kerak.

    Garchi konstitutsiyamizda so‘z bo‘lmasa-da, bizda hozir ikki tillilik mavjud. Shaharlarda barcha ishlar rus tilida, qishloqlarda ayrim ishlar, majlislar o‘zbek tilida olib boriladi. Ikki tillilik qonun tusiga kirsa, hech nima o‘zgarmaydi. Adolat yuzasidan, lenincha milliy siyosat nuqtayi nazaridan qaralganda har bir xalqning davlat tili o‘z ona tili bo‘lishi kerak.

    Til masalasining odilona hal etilishi joylarda milliy munosabatlarni yaxshilashga olib keladi. Aniq eslayman: 60-yillarga qadar Toshkentda yashovchi ruslarning (ukrain, beloruslarning) aksari o‘zbek tilini, urf-odatlarini yaxshi bilishgan. Mahalliy aholining urf-odatini, tilini bilish — o‘zaro hurmatning asoslaridan biri. Respublikamizda yashayotgan rus, ukrain, yahudiy…larning barchalari bir xilda emas. Inqilobga qadar qo‘ying-chi, Ulug‘ Vatan urushiga qadar ko‘chib kelgan birodarlarimizning milliy tilga, tarixga, urf-odatga munosabatlari boshqa, ular o‘zbeklar, tojiklar… bilan og‘a-ini tutishib ketishgan. 60-yillarga qadar kelganlarida bu fazilat sustroq. 66-yildan keyin kelganlarda esa bu fazilat yanada kam seziladi. Tushunmovchiliklar, noroziliklar, to‘qnashuvlar shundan kelib chiqadi. “Biz sizlarga shim kiyishni o‘rgatdik” qabilidagi ahmoqona gaplar aynan 60-yillarning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi.

    Boshqa xalqlarning o‘zbek tilini o‘rganish masalasi avval ham bir ko‘tarilgani yodimda. Bu masala endi yana kun tartibiga qo‘yilishi kerak. O‘zbek maktablarida rus tili qay tarzda o‘tilsa, rus maktablarida o‘zbek tili shunday o‘tilishi kerak. Rus maktablarida O‘zbekiston tarixi atroflicha o‘rgatilishi kerak.

    Bu masalalarning hal etilishi hukumat qabul qiladigan qarorlarga bog‘liq. Men xalq xohishining inobatga olinishiga ishongim keladi. Ammo qaror qabul qilinishini kutib o‘tirmay boshlaydigan ishlarimiz ham bor. Ya’ni boshqa xalqlarga o‘zbek tilini o‘rgatishdan avval ona tilimizni o‘zimiz durustroq o‘zlashtirib olishimiz zarur. O‘z tilimizda so‘zlar, iboralar turgan paytda o‘zga tillardan o‘tgan so‘zlarni ishlatishga o‘rganib ketdik. Radio, televideniyeda, matbuotda, shunchaki suhbat qurganimizda ham kulgili, ham g‘ashni keltiradigan jumlalarni eshitamiz: “Men savsem ishonmadim”, “Vabshe qaramadi”, kabi jumlalar tuzish e’tiborsizlik oqibatimi yo kaltabinlikmi, bilmadim. “Mavzu” o‘rniga “tema”, “reja” o‘rniga “plan”, “hakam anjumani” o‘rniga “jyuri”, “qurilma” o‘rniga “ustanovka”, “to‘sin” o‘rniga “balka”, “shisha” o‘rniga “butilka”… deb ishlatishimiz-chi? Biz necha yuz yillardan beri dehqonchilik, chorvadorlik qilamiz. Lekin nima uchundir bu sohadagi iboralar ham o‘zbekcha emas. “Kultivatsiya”, “barona”, “korchovka”, “chekanka”, “obrezka”… Bu iboralar vaqtida kimningdir e’tiborsizligi yoki savodsizligi tufayli tilimizga aralashib qolganicha hanuz iste’molda yuribdi.

    Bizdagi katta-kichik rahbarlar yuqoriga ko‘z tikib yashashga o‘rganib qolishgan edi. Afsuski, bu hol hozir ham davom etyapti. Toshkent kino tomoshaxonalarida o‘zbekcha e’lonlar yo‘qligi masalasi kun tartibiga qo‘yilgach, shahar ijroqo‘mi qaror qabul qildi. Shundan keyingina o‘zbekcha e’lonlar paydo bo‘ldi. Xo‘sh, shu tomoshaxonalar rahbarlari qarorni kutmay, o‘zbekcha e’lonlar ham yozdirsalar bo‘lmasmidi? Buning uchun qaror emas, ozgina did, farosat bo‘lishi lozim. E’lonlarning o‘zbekcha yozilishi munosabati bilan savod masalasi yana qalqib yuzaga chiqadi. Savodsiz e’lonlarimiz juda ko‘p. Tomoshaxonadagilar ham mayli, gazetalardagi e’lonlarni o‘qib dod deb yuboray deysan. Shunaqa savodsiz e’lonni o‘zbekcha bergandan ko‘ra ruscha bo‘laversin deging keladi. Tomoshaxonalarning boshliqlari adabiyotchi emas, chindan ham savoddan naridir. Gazetalar-chi? Radio-televideniye-chi? U yerlarda til-adabiyotdan saboq olgan odamlar o‘tiradi-ku? Bir uchrashuvda ustoz Abdulla Qahhor radio tilini tanqid qilib “ko‘cha harakati qoidasi buzilsa GAI xodimi to‘xtatib jazolaydi. Til qoidasini buzganlar nima uchun jazolanmaydi”, degan ekanlar. 20—30-yillarda savodsizlikni tugatish harakati bo‘lgan edi. Hozir savodsizlikka qarshi kurash lozim bo‘lib qoldi. Buni hukumat qarori bilan emas, biz, o‘zimiz amalga oshirishimiz shart.

    Ayrim madaniyat arboblarining tilga munosabatlari ham meni tashvishlantiradi. Men madaniyat ministrligida ishlaganimda bir narsadan ajablangan edim: o‘zbek madaniyati taraqqiyotini belgilovchi yuqori idorada o‘zbek tilidagi xatni ko‘chiruvchi yozuv mashinkasi yo‘q! Hatto bu idoraga murojaat qiluvchi cho‘ponga yoki dehqonga o‘zbek tilida savodli javob yoza oladigan odam yo‘q. Holbuki, bu yuqori idora xodimlarining aksariyati o‘zbeklar.

    Teatrlarga mashq paytida kirib qolsangiz, boshingizni qaysi devorga urib yorishni bilmaysiz. O‘zbek teatrida o‘zbekcha asar sahnalashtirilyapti. Birdan rejissorning ovozi yangraydi, “Stop, stop! Chto za yerunda! On govorit “sevaman”, ponimayesh Gulechka, “se-va-man!” znachit lyubit. A, senda ne to. Davay, boshidan, nachali”. O‘zbek aktyoriga o‘zbekcha so‘z shu zaylda tushuntiriladi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, sahnadagi aktyorning gap ohangi o‘zbekcha emas, so‘zlar burab-burab talaffuz qilinadi. Ba’zan sahnada o‘zbeklar emas, o‘zbekchani endi o‘rgangan inglizlar gapirayotganga o‘xshaydi.

    Xo‘sh, ayting-chi, endi bularga ham “mashqlar o‘zbek tilida bo‘lsin” degan maxsus qaror kerakmi? Maxsus qaror ularga emas, Teatr va rassomlik, Madaniyat institutlariga, konservatoriyaga… kerak. O‘zbek madaniyatining bo‘lajak arboblari talabalik yillarida o‘z tillarini mukammal o‘rganishlari shart. Buning uchun mazkur bilim dargohlarida o‘zbek tili va adabiyoti darslari o‘tilishi zarur. Bu haqda uzoq vaqtdan beri (hatto turg‘unlik yillari) gapirilyapti, ammo quloq soladigan azamat topilmay turibdi. Meningcha, tolibi ilmlar ham tashabbus ko‘rsatishlari, oliy idoralarga murojaat qilishlari kerak.

     

    Milliy tilga e’tibor, milliy tilni boyitish — milliy madaniyatning qay darajada boyishini belgilaydigan muhim omil. Har bir xalq madaniyatini asosan o‘z tilida yaratgan asarlar bilan rivojlantiradi. Ayni paytda, boshqa xalq vakillari yaratgan bebaho asarlardan ham bahramand bo‘ladi.

    ...Biz qardoshlarni rus tili orqaligina bilamiz. Imonim komilki, ularning barcha yaxshi asarlari ham rus tiliga tarjima qilinavermaydi. Shu paytgacha harakatchan, Moskvada qalin oshnalari bor yozuvchilarning bo‘sh asarlari ko‘p chiqdi. Biz o‘sha bo‘sh asarlarga qarab, o‘sha xalq adabiyotiga baho berdik. Ayni choqda ular ham bizning adabiyotimizga shunday baho berishdi. Noxush holmi? Albatta. Biz bir-birimizning tillarimizni bilmaymiz. Amerikadan kelib o‘zbek tilini o‘rganib ketishadi. Litvada o‘zbek tilidan litva tiliga tarjima qilishadi… biz esa turkiy va fors tillaridan bazo‘r (shunda ham barcha emas) tarjima qila olamiz. O‘tgan yili Ukrainadan bir yigit o‘zbek tilini o‘rganish uchun keldi. Unga hech kim yordam bermadi. Yozuvchilar soyuzi ham chetda turdi. Oqibatda u qaytib ketdi.

    Barcha respublikalarning Yozuvchilar soyuzi shu masalada birlashsalar, yoshlarni til o‘rgatishga safarbar etsalar, sharoit yaratib bersalar, milliy madaniyatlar yanada boyir edi.

     

    Tohir Malik

    “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi 1989-yil 10-mart 

    13.10.2021, 23:25   Izoh (0)   20171
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda gaz ta’minoti xodimlari aholiga ajratilgan gaz ballonlarini talon-toroj qildi

    13.10.2021, 23:13

    Qoraqalpog‘istondagi ko‘p qavatli uylar tomida quyosh panellarini o‘rnatish boshlandi

    13.10.2021, 22:58

    Samarqanddagi qurilishda ishlayotgan ko‘tarma kran qulab tushdi

    13.10.2021, 22:28

    O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortishning eng kam yoshini 13 yoshdan 14 yoshga oshirish rejalashtirilmoqda

    13.10.2021, 22:12

    O‘zbekistonda endi yoshlarning alohida toifalariga garovsiz kreditlar ajratiladi

    13.10.2021, 21:43

    “OAVda xatolaring e’lon qilinsa, jurnalistni izlay boshlaysan”. Qashqadaryo hokimi viloyat rahbarlarining OAVga munosabatini tanqid qildi

    13.10.2021, 21:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32

    Ukraina armiyasiga 23 ming zirhli transport vositasi kerak — OAV

    Dunyo | 26 iyul, 22:13

    Gaz va elektr tokini behuda sarflaganlar javobgarlikka tortiladi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.