• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hayot-mamot masalamiz ustida

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Hayot-mamot masalamiz ustida

    “Turkiston” boshqarmasig‘a o‘lkamizning har tomonidan har kun degudek to‘p-to‘p xatlar keladir. Gazeta boshqarmasig‘a kelaturg‘an xatlar, albatta, mahallarning kun o‘tkazishi, tiriklik qilishini har tarafdan yaxshilab ko‘rsatsa kerak edi. Lokin ul xatlardan olg‘an xabarlar bilan gazetaning o‘lka hayotiy qismini keng, yaxshi va to‘g‘ri bir yo‘lg‘a qo‘yub bo‘lmaydir. Negakim ul xatlarning hammasi degundek maorif, o‘qush, o‘qutish masalasidan va ul masalaning-da faqat fojia yoqlaridan bahs etalar…

    O‘lka Maorif komissarligida o‘lturub mahallardagi mao­rif shu’balarining ma’ruza (doklad)lari ichiga ko‘milgan o‘rtoqlarimiz, bilmadikkim, maorifimizning haqiqiy holidan qancha xabardor bo‘lsalar? Albatta, ular mahallardagi maorif ishlarining ochiq chig‘armasini bizdan ortiq onglab, bizdan ortiq bilsalar kerak. Faqat mahallardagi maorif ishlarining o‘lib borishig‘a qarshi u o‘rtoqlarimizning bu kun nima tadbir va choralar ko‘rganligi ularning Xo‘jand maorif shu’basiga qilg‘an muomalalaridan ma’lumdir. U muomala shundan iboratdir: o‘lkamizda maktab o‘qushlariga bir qadar ahamiyat bergan bir musulmon shahri bo‘lsa, u ham Xo‘jand ekan. Maorif komissarligining maktablar turi (miqdori) bo‘yicha Xo‘jandda hukumat hisobiga faqat 8 gina maktab ochishg‘a ruxsat berilib, shunga yarasha, balki, ozroq pul berilgani holda, Xo‘jand maorif shu’basi o‘zi harakat qilib 14 maktab saqlar ekan. Bu 14 maktabning ikkisi ham qizlar maktabi ekan.

    So‘ng vaqtlarda ta’minotsizlik sabablik har yerda musulmon muallimlarining maktab ishlarini tashlab, boshqa yo‘llarg‘a kirib ketkanliklarini ko‘rgan Xo‘jand maorif shu’basi turli yo‘llar bilan pul topib, muallimlarga ta’rifa (tarif) bo‘yinchagina oyoq bermasdan, ular bilan alohida muohada (dogovor)lar yasab, ularni bir qadar ta’min qilib kelgan.

    Xo‘jand maorif shu’basining bu harakatini bizning o‘lka Maorif komissarligimiz o‘zboshimchalik, rejadan chiqish­lik deb topib unga koyish (poritsaniye) e’lon qilg‘an…

    Bu muomala Xo‘jand maorif shu’basida o‘lturub, oz-da bo‘lsa ishlamak istagan kishilarga: “Ishlama, baribir, seni ishlatgali qo‘ymaymiz!” – demak emasmi? Durust, Xo‘jand mao­rif shu’basi o‘zboshicha muohada bog‘lag‘an, o‘z bilganicha ish qilg‘an. Har holda, kerak va lozim bo‘lg‘an rasmiyatni buz­g‘an. Lokin maktab­lar turi bo‘yincha hissasiga tushkan maktablarning yarim-yo‘rtisi uchun ham qancha vaqtlardan beri ta’minot ololmay kelgan maorif shu’balari bor, ko‘b bor. Ana bularga qarshi rasmiyatni buzg‘an Maorif komissarligining o‘zi emasmi?

    Xo‘jandda 8 maktab o‘rnig‘a 14 maktab bo‘lg‘an ekan, bir maktabga ega bo‘la olmag‘an joylar ham bor.

    So‘ngra maktablarning bu jihati ham bor: bu kun bizning yerlik xalqning maorifi o‘lim oldida; maorif ishida yurgan yoshlarimiz, muallimlarimiz qorinlarini to‘yg‘iza olmasdan maorif ishidan chekildilar; ularni yanadan maktab-maorif ishiga jalb etmak masalasi bizning uchun hayot-mamot masalasi bo‘lub turadir. Shundan bir ahvol ichida ham Ovrupo rasmiyatining eng bachkana, eng arzimas bir bobi uchun shunday muomala qilmoq to‘g‘rimi? O‘lar holatda yotkan kishiga: “Nimaga mehmonni qarshi olmoqqa chiqmading?” — desak bo‘ladirmi?

    Firqaning so‘ngg‘i o‘lka konferensiyasida maorif ishlari to‘g‘risida qisqa, lokin asosli gaplar aytildi. Maorif to‘g‘risida mahaldan kelgan har bir vakil degundek zorlanib o‘tdi. Butun jumhuriyat uchun birinchi maydon xo‘jaliq maydoni bo‘lub, maorif ikkinchi yo uchinchi maydon bo‘lsa, bizning Turkis­tonda o‘zining qorong‘ulig‘ig‘a qarab bu maydon birinchi bo‘lmog‘i kerak edi. Ammo bizda bosmachilik harakati bor. Lokin yaxshilab o‘ylang‘anda, shu bosmachilik harakati va uning orqasida to‘rt-besh yildan beri elni qoqshatib kelgan urush maydoni bizning jaholatimiz orqasida chiqmadimi?

    Bir narsa onglag‘an, tushungan xalqlar sira oyoq ostida ezildilarmi? 8 maktab o‘rnig‘a 14, balki 24 maktab ochib, ahdnoma bilan emas, undan kattaragi bilan ish ko‘rush natijasida har bir qulliq zanjiriga og‘ir, og‘ir zarbalar tushurilmasmi?

    “Turkiston” gazetasining 1922-yil 20-oktabr sonida “Abdulhamid Sulaymon” imzosi bilan bosilgan. Birinchi marta Cho‘lpon “Asarlar”i 4-jildida qayta chop etilgan.

    Ushbu maqolada Xo‘jand maorif sho‘basi hukumat hisobiga 8 ta maktab o‘rniga 14 ta maktab ochgani uchun O‘lka maorif komissarligi tomonidan o‘zboshimchalikda ayblangani bayon qilingan.

    11.10.2021, 23:19   Izoh (0)   22253
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Matiz haydovchisi va uning eshigiga osilib, suratkashlik qilgan shaxs jarimaga tortildi

    11.10.2021, 23:13

    Dardning davosini izlaylik

    11.10.2021, 23:02

    O‘zbekistonning necha foiz aholisi mehnatga layoqatli ekani ma’lum qilindi

    11.10.2021, 22:44

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyini borib ko‘rdi

    11.10.2021, 22:12

    “Qamoqxonalarda qiynoq holatlarini deyarli uchratganim yo‘q” — ombudsman

    11.10.2021, 20:42

    Shavkat Mirziyoyev Qarshidagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi

    11.10.2021, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.