• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Falonchining bolasi, pistonchining haydovchisi ekan deb yuraversak, inqirozdan chiqmaymiz” — senator O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi qonunsizliklar haqida

    Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida qoidabuzarliklar, xususan, inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari kamayishi uchun sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozim, ayni vaqtda yo‘l infratuzilmasini ham yaxshilash kerak. Bu haqda senator Botir Matmuratov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ta’kidlab o‘tdi.

    Botir Matmuratov.

    Botir Matmuratov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    So‘nggi oylarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga mas’ul idoralarning ushbu vazifaga loyiqligini shubha ostida qoldiruvchi bir necha hodisa ro‘y berdi. Jumladan, Olmaliq shahridagi reyd vaqtida qoidabuzarligi uchun to‘xtatilgan Malibu avtomobili YPX xodimiga yuqori turuvchi mas’ul tomonidan berilgan buyruq sabab hech bir chora ko‘rilmay qo‘yib yuborilgani jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

    Mavzuga doir: Olmaliqda YPX xodimi “25 marta radarga to‘lagan” qoidabuzar ayolni “Abdurazzoq aka”dan bo‘lgan qo‘ng‘iroq sabab qo‘yib yubordi

    Bundan avval ham bir qator YPX xodimlarining taniqli avtoblogerlarni, ular yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlanayotgan bo‘lsa-da, to‘xtatgach, ularni tanib, hech qanday chora ko‘rmay qo‘yib yuborishi bilan bog‘liq bir necha holatlar qayd etilgan edi. Senator Botir Matmuratovning fikricha, yo‘l harakati qoidalarini buzgan va yo‘l-transporti hodisasini sodir etganlar, kim bo‘lishidan qat’i nazar, jazolanishi lozim.
    Yarim kechasi baland ovoz chiqarib, juda tez harakatlanayotgan mashinalarni ko‘rib, ‘bizda huquq-tartibot organlari bormi o‘zi?’, deya hayron qolaman. Ming afsuski, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ayrim prinsipsiz xodimlari o‘zicha kattakon va boyvachchalarning bolalarini tartibga chaqirishdan qo‘rqadi.

    Ko‘chaga radar qo‘y, kamera qo‘y — kim qonun-qoidani buzayotganini topib olasan. Qo‘rqib ish qiladigan bo‘lsang, senga ishonib topshirilgan sohaning o‘zi rasvo bo‘ladi. Agar qo‘lingdan kelmasa, jamoatchilikni chaqir. Internetga chiqib ketsin — tanqiddan odam uyaladi. Ko‘rdik-ku, bolasining yomon ishlari uchun hokim “qamchilab” qo‘yildi-ku.

    Falonchining bolasi ekan, pistonchining haydovchisi ekan deb yuraversak, bizda bu masalada inqiroz bo‘laveradi. Afsuski, biz loqaydlik qilyapmiz.

    Botir Matmuratov, senator

    Senatorning qayd etishicha, oqibati ayanchli yo‘l-transport hodisalarining ko‘payishida ayrim hollarda talabga javob bermaydigan yo‘l infratuzilmasining ham o‘ziga yarasha o‘rni bor. Masalan, yo‘llarning nosoz qismlarini aylanib o‘tishga urinib, haydovchi qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib ketishi oqibatida yuz berayotgan YTHlar ham kam emas; ayni vaqtda ayrim haydovchilar o‘z qoidabuzarliklarini ham aynan yo‘llarning sifatsizligi bilan bog‘laydi.
    Ba’zi yo‘llar juda yomon ahvolda ekani haqida internetdan ko‘rib, o‘qib turibmiz. Nafaqat o‘z fuqarolarimiz, balki chet ellik haydovchilar ham yo‘llarimiz talabga javob bermasligi haqida gapiryapti — bu uyaladigan holat.

    Ayrim yo‘llarni borib ko‘ring, yamaydigan qancha joyi bor — yo‘l ta’mirlovchilar chala ish qiladi. Yo‘llarini qurish, yo‘l belgilarini saqlash masalasida qat’iy intizom o‘rnatilishi, bu masala jamoatchilik nazoratida bo‘lishi lozim. Kerak bo‘lsa, parlament nazoratida bo‘lsin.

    Botir Matmuratov, senator

    Ma’lumot uchun, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi o‘tgan hafta bundan uch oy avval Toshkentning markaziy ko‘chalarida sodir etilgan va ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan qo‘pol qoidabuzarliklarning ishtirokchilari topilgani, shuningdek, oxirgi ikki yil ichida rekord darajada ko‘p qoidabuzarlik sodir etgan qora Gentra haydovchisi aniqlangani haqida xabar berdi.

    Mavzuga doir: “Adolat” partiyasi tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirishni taklif qildi. Mutaxassislar va jamoatchilik bunga qarshi

    11.10.2021, 07:49   Izoh (0)   18982
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: iPhone smartfoni orqali topshiriq berayotgan Shavkat Mirziyoyev

    11.10.2021, 07:07

    Zomin milliy tabiat bog‘ining yong‘in yuz bergan joyida archa ko‘chatlari ekilmoqda (foto va video)

    10.10.2021, 23:59

    Toshkentda yoritish chirog‘i ustuniga urilib, yong‘in chiqqan Lacetti’da ikki kishi vafot etdi

    10.10.2021, 23:38

    Yig‘indi gaplar

    10.10.2021, 23:23

    Navoiyda 160 kg go‘sht veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda Toshkentga olib ketilayotgani aniqlandi

    10.10.2021, 23:17

    O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash xizmatlari so‘nggi 10 yilda 13 baravarga oshdi

    10.10.2021, 22:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.