• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Facebook, Instagram va WhatsApp dunyo miqyosida bir necha soat ishlamay qoldi. Uzilishlar haqida asosiy ma’lumotlar

    Facebook hamda unga tegishli Instagram va WhatsApp ijtimoiy tarmoqlari ishlamay qoldi. Servislarda 4-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:40 dan boshlab jiddiy uzilishlar boshlangan, muammo butun dunyoda kuzatilgan. Facebook va Instagram’ning mobil dasturlari bilan birga desktop versiyalari ham ishlamay qoldi. The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, Facebook’da kompaniya xodimlari o‘zaro muloqot qiladigan ichki servislardan foydalanishning ham imkoni bo‘lmagan; kompaniya xodimlari ofis binolariga kirolmay qoldi, chunki eshiklar parolini ochadigan ruxsatnomalar ham ishlamagan.

    Foto: Yandex

    Foto: Yandex

    Uzilishlar sababi to‘liq aniqlanmadi. Facebook rasmiy ravishda faqat muammoni bartaraf etish ustida ishlayotgani haqida xabar berdi va nosozlik uchun uzr so‘radi, lekin tafsilotlarni keltirmadi. NYT’ning Facebook xavfsizlik xizmatlaridagi manbasi ma’lum qilishicha, voqeaga xakerlik hujumi sabab bo‘lgani ehtimoldan yiroq, chunki zararlangan servislar bir-biridan mustaqil ishlaydi. Associated Press yozishicha, uzilishlar DNS-serverlaridagi muammolar bilan bog‘liq. Jurnalist Brayan Krebsning ta’kidlashicha, 4-oktabr kuni ertalab Facebook bilan bog‘liq DNS manzillari global yo‘nalish jadvallaridan o‘chib ketgan. Reuters ta’kidlashicha, bu xatolik natijasi bo‘lishi mumkin, lekin nazariy jihatdan ichki sabotaj (atay zararlash) ham istisno qilinmayapti.

    Facebook ishlamay qolgandan so‘ng, foydalanuvchilar boshqa yirik servislarning yomon ishlayotganidan  shikoyat qila boshladi. Twitter, Google, YouTube, Telegram, TikTok, “VKontakte”ga kirish qiyinlashgani haqida shikoyatlar kelib tushdi; shuningdek, ba’zi foydalanuvchilar internet ishlashi sekinlashgani haqida shikoyat qildi. Bu muammolar global xususiyatga ega bo‘lmagan, ular asosan, Facebook’ga kirish imkoni yo‘qolgani tufayli boshqa messenjer va servislarga o‘tayotgan foydalanuvchilar sonining keskin ko‘payishi bilan bog‘liq. Xususan, Telegram WhatsApp foydalanuvchilarining yirik oqimi tufayli messenjerning ishlashi sekinlashganini tasdiqladi. Umuman olganda, bunday muammolar kuzatilgan barcha servislarga foydalanuvchilar sonining keskin oshib ketishi ta’sir qilgan.

    Facebook’ning ishlamasligi fond bozorlarining pasayishiga olib keldi. Yuqori texnologiyali Nasdaq Composite indeksi bir necha soat ichida 2,2 foizga, Dow Jones va S&P 500 esa bir foizdan ko‘proqqa tushdi. Facebook aksiyalarining o‘zi 5 foizdan ko‘proqqa arzonlashdi. Kompaniya asoschisi Mark Sukerberg, Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, real vaqtda taxminan 6 milliard dollar yo‘qotdi va dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida beshinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushib ketdi. Facebook bilan birgalikda boshqa IT-kompaniyalar aksiyalari ham arzonlashmoqda: Twitter aksiyalarining narxi 6,7 foizga, Google – 3 foizga, Amazon - 2,8 foizga pasaydi.

    Davomiylik nuqtayi nazaridan Facebook’da 2008-yildan beri eng uzoq uzilish bo‘ldi. O‘shanda ijtimoiy tarmoq bir sutkaga yaqin ishlamay qolgandi. Qayd etish joizki, 2008-yilda Facebook’dan atigi 80 million kishi foydalangan bo‘lsa, hozir bu raqam uch milliarddan oshadi. Facebook’da so‘nggi marta keng ko‘lamli nosozlik 2019-yil iyul oyida yuz bergandi – o‘shanda ijtimoiy tarmoq taxminan bir soat davomida to‘liq ishlamay qolgan va kun davomida unda uzilishlar kuzatilgan. Kompaniya buni server sozlamalariga o‘zgartirishlarning noto‘g‘ri kiritilgani bilan izohlagan.

    Mavzuga doir:

    • Butun dunyo bo‘ylab Facebook, WhatsApp va Instagram ishlamay qoldi
    • Instagram o‘smirlarga ziyon keltirishini Facebook biladi, ammo buni sir saqlamoqda. Kompaniyaning foydalanuvchilar ruhiy salomatligi bo‘yicha tadqiqotlari natijalari fosh qilindi

    05.10.2021, 14:26   Izoh (0)   19912
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘onistonda “Tolibon”ning 34 a’zosi davlat lavozimlariga tayinlandi

    05.10.2021, 12:41

    Jurnaldagi surati sabab shuhratga ko‘milgan, biroq umri qochqinlikda o‘tgan, 14 yillik qamoqqa hukm etilgan afg‘on qizi Sharbat Gula kechmishlari

    05.10.2021, 12:10

    Butun dunyo bo‘ylab Facebook, WhatsApp va Instagram ishlamay qoldi

    05.10.2021, 01:19

    “Putinning atrofidagi kishilarda yashirincha orttirilgan boylikni ko‘rmadik” — Peskov “Pandora arxivi” yuzasidan izoh berdi

    04.10.2021, 23:16

    Xitoy yangi “X virusi” paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

    04.10.2021, 20:37

    “Pandora arxivi” e’lon qilindi. Unda dunyo siyosatchilarining moliyaviy jinoyatlarga aloqadorligi fosh etilgan. Asosiy ma’lumotlar

    04.10.2021, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.