• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Instagram o‘smirlarga ziyon keltirishini Facebook biladi, ammo buni sir saqlamoqda. Kompaniyaning foydalanuvchilar ruhiy salomatligi bo‘yicha tadqiqotlari natijalari fosh qilindi

    Instagram o‘zining yosh foydalanuvchilarining katta qismi uchun, ayniqsa, o‘smir qizlar uchun zararli. Bu haqda Instagram’ga egalik qiluvchi Facebook kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan ichki tadqiqotlar guvohlik bermoqda, deb yozadi Meduza. The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi ushbu tadqiqotlar natijalarini qo‘lga kiritdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Facebook Instagram’ni 2012-yilda 1 milliard dollarga sotib olgan edi. O‘shanda u kichkina, ammo allaqachon ommalashgan startap bo‘lib, unda 13 kishi ishlagan. Facebook o‘sha yili birinchi marta o‘z ijtimoiy tarmog‘ida yosh auditoriya sonining pasayishiga duch keldi va Instagram’ni o‘smirlarni jalb etish usuli sifatida ko‘rdi. Facebook niqoblar va qisqa videolar kabi urfbop funksiyalarni kiritgan holda, Instagram yoshlar uchun dolzarb bo‘lib qolishda davom etishini nazorat qilib bordi.

    Bu harakatlar besamar ketmadi. AQShda Instagram foydalanuvchilarining 40 foizidan ko‘prog‘i 23 yoshdan kichik. Har kuni ijtimoiy tarmoqqa qariyb 22 million amerikalik o‘smirlar kiradi. Deyarli o‘n yildan buyon yoshlar ulushi ko‘paymayotgan Facebook’ga esa har kuni atigi besh million amerikalik o‘spirin tashrif buyuradi. Ustiga-ustak, bunday foydalanuvchilar Instagram’da Facebook’ga qaraganda 50 foiz ko‘proq vaqt o‘tkazadi, deb yozadi WSJ Facebook’ning ichki hujjatlariga tayanib.

    2019—2021-yillarda Facebook Instagram’ning o‘smirlar ruhiyatiga ta’sirini o‘rganib chiqdi. So‘rovlarda ijtimoiy tarmoqning o‘n minglab foydalanuvchilari qatnashdi. Ularning javoblarini Facebook’ning ma’lumotlar tahlili, marketing va mahsulotlar ishlab chiqish sohalaridagi xodimlari o‘rganib chiqdi, ularning ko‘pchiligi psixologiya, informatika va axborot tahlili sohalarida ish tajribasiga ega bo‘lgan. WSJ tadqiqot natijalaridan iborat beshta taqdimotga tayangan bo‘lib, ular o‘z mualliflari tomonidan “o‘smirlarning psixologik salomatligiga chuqur sho‘ng‘ish” deb nomlangan.

    Tadqiqotchilar shunday xulosaga keldiki, Instagram’ni uzil-kesil zararli deb aytib bo‘lmaydi. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanib, ko‘plab o‘smirlar “salbiy ijtimoiy taqqoslash” effektiga duch keladi (Instagram bilan bog‘liq holatda u TikTok va Snapchat’ga nisbatan kuchliroq, degan xulosaga keldi Facebook’dagilar). Ularning ko‘pchiligi buni amallaydi va Instagram’ni o‘z-o‘zini ifodalash va muloqot usuli sifatida qadrlaydi. Ammo ayrim o‘smirlar — ayniqsa, qizlar va shundoq ham o‘z-o‘zini qabul qilish bilan bog‘liq muammosi bo‘lganlar — “salbiy ijtimoiy taqqoslash” qarshisida ancha zaifdir.

    Qizlarning 30 foizi ma’lum qilishicha, ular o‘z qomatlaridan ko‘ngli to‘lmay turgan paytda Instagram ularni yanada yomonroq his qildirgan. O‘ziga ishonchning pasayishi muammosiga o‘g‘il bolalarning 14 foizi ham duch kelgan. So‘rovlardan birida o‘zini chiroyli emas deb his qilishini bildirgan respondentlarning 40 foizi bu hissiyot Instagram tufayli paydo bo‘lganini aytgan. O‘z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar bilan yashashini ma’lum qilgan AQSh va britaniyalik o‘smirlar orasida britaniyaliklarning 13 foizi va amerikaliklarning 6 foizi o‘zini o‘ldirish istagini Instagram bilan bog‘ladi.

    Yoshlar ijtimoiy tarmoqni tashvish va depressiyani oshirishda ayblamoqda. Ularning ko‘pchiligi Instagram’da kamroq o‘tirishni xohlagan bo‘lardi, ammo ularga o‘z-o‘zini nazorat qilish qobiliyati yetishmaydi. “O‘smirlarning aytishicha, ular Instagram’da qancha vaqt o‘tkazayotganidan norozi, lekin ular o‘zlarini u yerda bo‘lishi kerak, deb his qiladi. Ko‘pincha ular o‘zlarini Instagram’ga bog‘lanib qolgandek his qiladi va bu o‘zlarining ruhiyatiga yomon ta’sir qilayotganini tushunadi, biroq o‘zlarini to‘xtata olmaydi”, — deya ma’lum qildi Facebook tadqiqotchilari.

    Instagram foydalanuvchilarining faqat eng yaxshi lahzalar bilan bo‘lishish va benuqson ko‘rinishga intilishi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqning “tobelik”ni keltirib chiqarishi o‘smirlarni ovqatlanish tarzining buzilishiga, o‘z qomatini nosog‘lom qabul qilishiga va depressiyaga undashi mumkin, deyiladi 2020-yil martida olib borilgan tadqiqotda. WSJ qo‘lga kiritgan hujjatlarga qaraganda, ushbu tadqiqot natijalari bilan Facebook top-menejerlari, shu jumladan, kompaniya asoschisi Mark Sukerberg ham tanishib chiqqan.

    Instagram o‘z foydalanuvchilarining psixologik salomatligiga ta’sir o‘tkazishi G‘arbda anchadan buyon muhokama qilib kelinadi. Ushbu diskussiyalar fonida Facebook Instagram’da layklar sonini yashirish imkoniyatini joriy qildi va ro‘yxatdan o‘tish paytida tug‘ilgan sanasini ko‘rsatishni majburiy qildi (13 yoshdan kichkinalar ro‘yxatdan o‘ta olmaydi). Ayni vaqtda Facebook Instagram’ning o‘smirlar ruhiyatiga ta’siri haqidagi o‘z tadqiqotlari natijalarini e’lon qilmadi va ushbu ta’sirning salbiy jihatlarini ommaga pasaytirib ko‘rsatdi.

    “Biz o‘rganib chiqqan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, boshqa odamlar bilan muloqot uchun dasturdan foydalanish ruhiy salomatlik uchun ijobiy ta’sirga ega bo‘lishi mumkin”, — degan edi Mark Sukerberg 2021-yil martida AQSh Kongressidagi eshituvlarda bolalarning psixologik salomatligi haqidagi savolga javob berar ekan.

    Avgustda senatorlar Richard Blyumental va Marsha Blekbern Facebook’ning o‘z platformalarining o‘smirlarga ta’siri haqidagi tadqiqoti natijalarini ko‘rsatishni talab qildi. Facebook “kompaniya ichida oshkora va ochiq dialogga imkoniyat yaratish uchun” bunday ma’lumotlarni sir saqlashini aytib, javob berdi. “Facebook, aftidan, tamaki korporatsiyalaridan namuna olib, potensial xavfli mahsulot bilan o‘smirlarni nishonga oladi va ilmiy ma’lumotlarni ommadan yashiradi”, — dedi Blyumental WSJ’ga.

    Nashr Facebook’ning ichki tadqiqotlari natijalarini oshkor qilganidan keyin Blyumental va Blekbern Senatning ular rahbarlik qiluvchi iste’molchilar himoyasi, mahsulotlar xavfsizligi va ma’lumotlar butligi kichik qo‘mitasi WSJ maqolasidagi ma’lumotlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazishini bildirdi.

    16.09.2021, 11:43   Izoh (0)   12995
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SpaceX tarixdagi birinchi noprofessional ekipajni koinotga uchirdi (video)

    16.09.2021, 11:26

    Niderlandiya qiroli oltin aravasidan mahrum etildi

    16.09.2021, 10:40

    Gaiti bosh vaziri uni prezidentni o‘ldirishda ayblagan prokurorni ishdan bo‘shatdi

    16.09.2021, 09:26

    Olimlar COVID-19 ga qarshi ommaviy qayta emlash foydasiz ekanini ma’lum qildi

    16.09.2021, 09:11

    Qozog‘istonda ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerlar faoliyatiga nisbatan cheklovlar joriy qilinishi mumkin

    16.09.2021, 06:00

    Buyuk Britaniyada Xitoy elchisining parlament binosiga kirishi taqiqlandi

    15.09.2021, 20:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaliklar farzandlari uchun xitoylik enagalar yollamoqda — NYT

    Dunyo | 1 iyul, 13:22

    “Ular sahnada aytayotgani — ko‘cha gaplari”. Iskandar Hamroqulov kulgi jamoalarining konsertlari haqida fikr bildirdi

    Madaniyat | 1 iyul, 13:12

    Amazon yangi Jeyms Bondni izlamoqda. Nomzodlar orasida Tom Holland ham bor

    Kino | 1 iyul, 13:04

    O‘zbekistonda nafaqa va moddiy yordam pullaridan kredit qarzdorligini avtomatik yechib olishga chek qo‘yiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:59

    Lautaro Martines: “Kimdir “Inter”da qolishni istamasa — xayr”

    Sport | 1 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ldi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:34

    Haj-2025 mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik Saudiya Arabistonida vafot etdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:12
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.