• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jurnaldagi surati sabab shuhratga ko‘milgan, biroq umri qochqinlikda o‘tgan, 14 yillik qamoqqa hukm etilgan afg‘on qizi Sharbat Gula kechmishlari

    Umringizda bir marotaba bo‘lsa ham National Geographic jurnalining 1985-yildagi muqovasida 12 yashar feruzarang ko‘zli afg‘on qizining suratini ko‘rgandirsiz. Fotografning bu mahoratiga ko‘pchilik tan bergan, biroq qahramon qizning taqdiri qanday o‘tganini ozchilik biladi. Surat nashr etilganidan 17 yil o‘tibgina uning ismi ovoza bo‘ladi – Sharbat Gula.

    Ismining ma’nosi – “Gul sharbati”

    Pushtunlar asli eronlik, Afg‘onistondagi etnik guruhga mansub qabila. Ular pashto tilida so‘zlashib, qabilalararo munosabatlarni bardavom tutishadi. Juda ko‘pchiligi zamindor va chorvador. Aytishlaricha, pushtunlarni qahrli nigohlaridan tanish mumkin ekan. “Ular faqat urush paytidagina tinch yashaydilar”, – deb yozgandi National Geographic.

    1972-yili, taxminan, oktabr oylarida (aniq sanasi noma’lum) Afg‘oniston sharqidagi Nangarxor viloyatida yashaydigan qashshoq oilada sochlari tim qora, ko‘zlari dengiz to‘lqinlaridek moviy qizaloq tug‘iladi. Unga Sharbat Gula – “gul sharbati” ma’nosini anglatadigan ismni qo‘yishadi. Bu ism, ota-onaning fikricha, qizaloqqa alohida kuch bag‘ishlashi, mo‘jizaviy taqdir in’om etishi kerak edi.

    Biroq ism ayricha baxt keltirmaydi. 1979-yili mamlakatda afg‘on urushi boshlanadi. Ikki yildan keyin harbiylar Sharbat oilasi bilan yashaydigan qishloqning kulini ko‘kka sovurishadi. Ota-onasi halok bo‘lgach, Sharbat ukasi va singillarini olib, buvisi bilan birga qochishga muvaffaq bo‘ladi. Pokiston bilan chegarada tiklangan Nosirbog‘ qochoqlar jamlog‘idan boshpana topishadi.

    Bu yerda odamlar hayotini qaytadan boshlaydi. Kattalar yangi qo‘nimgohni o‘zaro bo‘lishib, o‘zlariga yangi mashg‘ulot topadilar. Bolalar ko‘z o‘rgangan chodirlarda tiklangan maktablarga qatnay boshlaydilar.

    Qochoqlar jamlangan joyga National Geographic fotografi bolalarning bir necha suratini olish niyatida mahalliy muallim bilan o‘zaro kelishib tashrif buyuradi. Fotograf nigohi ilkis Gulaga tushib, qizaloqning ko‘zlari rangiga maftun bo‘ladi. Stiv Makkarrining yagona surati sabab jamiki taqiq-cheklovlarga chiziq tortiladi. Boshlang‘ich maktab muallimidan xonada qiz bilan yolg‘iz qoldirishlarini (pushtun qizlari erkak kishi bilan bir joyda yolg‘iz qolishi mutlaqo taqiqlangan) so‘raydi, Sharbat esa paranjisini tushiradi. Mana shu pallada o‘sha mashhur surat olinadi.

    U urush timsoliga aylandi

    Qizginaning qiyofasi fotografni behad to‘lqinlantirganiga qaramay, Makkari bu kadrga uncha umid bog‘lamagandi: “Qizning surati o‘sha kungi boshqa fotolardan alohida ajralib turadi, deb o‘ylamagandim”. U hatto bu ishini National Geographic’ga berishni ham istamagan, chunki suratning “ancha-muncha yuki bor” deb hisoblardi. Biroq baribir tavakkal qilishga qaror beradi.

    1985-yili noma’lum afg‘on qizining portreti jurnal muqovasida paydo bo‘ladi. O‘sha kunlari bu “topilma” olamshumul shuhratga ko‘milib, butun dunyoni zabt etadi.

    Sharbat Gula surati chop etilgan National Geographic jurnali muqovasi

    Ushbu muqova fotojurnalistlar uchun timsolga, suratning o‘zi esa afg‘on mojarolari va butun dunyo bo‘ylab tarqalgan qochoqlar taqdirini ifodalaydigan ramzga aylanadi. Biroq barcha shon-sharaf, ko‘plab mukofot-u e’tiroflar Stiv Makkarga nasib etadi, Sharbatga esa hech vaqo. Fotograf esa uning ismini ham bilmasdi.

    2002-yili Stiv yana jamoasini to‘plab, jamloq o‘rnashgan joyga takror borishga qaror beradi. O‘sha afg‘on qizini izlab topishni diliga tugadi. Unga yaxshigina ma’lum: qiz 30 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak, ko‘zlari esa feruzarang.

    Peshovardan uncha uzoq bo‘lmagan, hamon mavjud qochoqlar lageriga borib, u ko‘rgan-uchratganiga jurnal muqovasini ko‘rsatib, qizni daraklay boshlaydi. O‘nlab odam yelka qisadi. Faqat birgina ayol suratdagi qizni tanib, uning manzilini beradi. Aytilgan manzilga borgach, Stiv butunlay bo‘lak insonni – Alam Bibi ismli ayolni uchratadi. Ayol adashgan ekan.

    Makkarri suratdagi qahramonni topish ilinjini qariyb yo‘qotay deganida, baxtiga, Alam Bibi Gulani tanirkan, ular bolaligida juda ko‘p gaplashishgan ekan. Ayol unga Sharbatni qayerdan topishi mumkinligini aytadi. Uch kun yo‘l yurib, manzilni daraklab, ayolga yo‘liqadi va shu zahoti qidirganini topganini fahmlaydi.

    Sharbat Gula. Stiv Makkarrining original fotosi. 1985-yil.

    Sharbat Gula. Stiv Makkarrining original fotosi. 1985-yil.
    Foto: Mel

    Baxtli kun neligini bilmagan ayol

    Uning qarashlarida endi na umid, na kuch bor edi. Bularning o‘rnini qahr va sovuq nigoh egallagandi. Qiyofasida juda xotirjamlik qalqib turardi. Nomahram erkakka kulib qarashi aslo mumkin emasdi. Yuzini to‘la ajin bosgan, qo‘llarida go‘yo allaqanday chirk qotib qolgandek edi. U dahshatli urush yillaridan o‘tib kelgandi.

    Ayol fotografga ismini aytib, o‘tgan yillar qanday yashab kelganini so‘zlab beradi. 80-yillar oxiri turmushga chiqqach, jamloq zulmatlaridagi mashaqqatlarga chidashga, begona qabilalar bilan murosa qilishga sabr-toqatlari tugagach, eri bilan ortga – vatanlariga qaytishadi. U yerda esa ikkisini yana yangi hayot qarshilaydi. Qurg‘oqchilikka dosh berib, och-nahor zaminga qaytadan ekin-tikin ekiladigan, shifokorga yoki do‘konga borishning imkoni yo‘q yurtga qaytishga to‘g‘ri keladi. Ayolning ukasi Kashar Xon Makkar bilan suhbatda: “Sharbat Gula to‘yidan boshqa baxtli kun nimaligini hecham bilmagan” deydi.

    Sharbat to‘rt bolaning onasi bo‘ladi. Kenjasi bir yil ham yashamay, vafot etadi. Shuncha qiyinchilikka qaramay, turmush o‘rtog‘i bilan aloqalari iliqligicha qoladi. Ochig‘i, er-xotin alohida-alohida yashashgan. Rahmat Gyul Peshovar (Pokiston)da nonvoy bo‘lib ishlagan. Shaharning buzilgan, iflos havosi Sharbatning astmasini tez-tez qo‘zg‘ab turgani uchun u eridan ayro qishloqda qolishni ma’qul topadi. Fotografning undan qanday kun kechirishini so‘raganda, ayol: “Allohning irodasi”, deydi.

    O‘ttiz yildan beri Sharbat Gula na o‘qishni, na yozishni o‘rgangan. Uning har bir kuni boshqasiga o‘xshar: quyosh chiqmasidan ibodatini ado etadi, duo-iltijosini qiladi, keyin ariqqa borib, butun kunga yetgulik suv tashiydi. So‘ng ovqat tayyorlaydi, kir yuvadi, uy tozalaydi, bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Darvoqe, Stiv bilan uchrashgunicha u bolaligidagi o‘sha suratni hecham ko‘rmagandi. Uni butun dunyo shu surati orqali tanishini ham bilmasdi.

    Yuzlar ichra bir

    2012-yili Sharbatning turmush o‘rtog‘i gepatitdan vafot etadi. Ayol esa Peshovarda uch bolasi bilan pulsiz qoladi. O‘ziga soxta pasport tayyorlatib, 2016-yili noqonuniy yashashda ayblamagunlaricha shu hujjat bilan kunini o‘tkazadi. Bunga qo‘shimcha, davlat xizmatlari xodimlari uni o‘sha mashhur muqovadagi rasmi orqali tanib, hujjatlarni soxtalashtirish aybini ham tirkashadi. Hibsga olingan ayolga 14 yillik qamoq jazosi tayinlanadi.

    Sharbat 15 kunini hibsda o‘tkazgach, gepatiti qo‘zg‘ab, qamoqdagi kasalxonaga yotqiziladi. Keyingi intervyularida aytishicha, o‘sha kunlari hayotidagi eng og‘ir, azobli onlarni o‘tkazgan ekan. Agar qonunni buzmaganida, bolalari bilan shundoq o‘lib ketaverishi mumkinligini ham qistirib o‘tadi.

    Sudning ayolga qilgan hukmini yumshatishda Stiv Makkarri yordamga keladi. Fotograf internetda shovqin ko‘tarib, Sharbatni endigi yangi urushning timsoliga aylantiradi.

    U Pokistondagi millionlab afg‘on qochoqlarining taqdirini o‘zida aks ettiradi. Uning ortidan o‘nlab faol oyoqqa turadi.

    Sharbat Gula. Stiv Makkarrining 2002-yili olgan surati.

    Sharbat Gula. Stiv Makkarrining 2002-yili olgan surati.
    Foto: Mel

    “U Pokiston hukumati tahqirlagan yuzlab afg‘onning biri. Ko‘pchiligi Afg‘onistondagi kelajagi mavhumligiga qaramay, ortga qaytishga majbur”, – deb yozgan Patrisiya Gossman (Inson huquqlarini himoya qiluvchi Human Rights Watch (HRW) xalqaro nohukumat tashkiloti tadqiqotchisi).

    Sud hukmni yumshatadi. Sharbat Gula mamlakatdan deportatsiya qilinadi. Hukumat bolalari bilan birga o‘zini himoyaga olishni va’da bergachgina, Afg‘onistonga qaytariladi. 2017-yili ayol boshpanali bo‘ladi.

    “Umrimiz mashaqqatlar bilan kurashishda o‘tdi – avval unisi bilan, endi boshqasi bilan. Men vatanimda tinch-xotirjam yashashni, bolalarimga munosib ta’lim berilishi, ularni baxtli ko‘rishni xohlayman, xolos”, – deydi ayol.

    “Parvardigorga yurtimda tinchlik bo‘lishini so‘rab iltijo qilaman”

    Bugun Sharbat 48 yoshda. Afg‘onistonda yashaydi. Ikkinchi marta oila qurmadi. To‘ng‘ich qizi ham gepatitdan o‘ldi.

    Oxirgi intervyularidan birida Sharbat umri achchiq alam ichra o‘tganini aytgandi. Lekin ayol boshqa afg‘on bolalariga qattol taqdirdan qochishda yordam berishni xohlaydi. “Avvaliga rasmim keltirgan shon-shuhrat, diqqat-e’tiborni xushlamadim. Biroq shuncha umrni yashab qo‘ygach, tushundimki, juda ko‘p insonga yordam bera olarkanman. Beva-bechora, yetim-yesir uchun xayriya fondi yoki kasalxona ochib, bepul davolanishiga ko‘maklashgim keldi. Bu men uchun faxr. Bundan juda xursandman va qilayotgan ishimdan g‘ururlanaman. Bugun Allohga yolg‘iz iltijoyimni aytaman – yurtimda tinchlik bo‘lsin”.

    Ayoldan muqovadagi mashhur surati haqida so‘rashganida, u har doim: “Bu rasm menga baxtdan ko‘ra ko‘proq g‘am-kulfat keltirdi. To‘g‘ri, meni tanitdi, shuhratga burkadi, lekin qamoqqa tushishimga sababchi bo‘ldi”, – deydi.

    05.10.2021, 12:10   Izoh (0)   27973
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Butun dunyo bo‘ylab Facebook, WhatsApp va Instagram ishlamay qoldi

    05.10.2021, 01:19

    “Putinning atrofidagi kishilarda yashirincha orttirilgan boylikni ko‘rmadik” — Peskov “Pandora arxivi” yuzasidan izoh berdi

    04.10.2021, 23:16

    Xitoy yangi “X virusi” paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

    04.10.2021, 20:37

    “Pandora arxivi” e’lon qilindi. Unda dunyo siyosatchilarining moliyaviy jinoyatlarga aloqadorligi fosh etilgan. Asosiy ma’lumotlar

    04.10.2021, 18:10

    Gruziya Saakashvilini Ukrainaga topshirmasligini ma’lum qildi

    04.10.2021, 17:34

    Kaliforniya sohillari yaqinida katta miqdordagi neft Tinch okeaniga chiqib ketdi

    04.10.2021, 15:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.