Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

IIV YHXBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkentda tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘lgani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 22-sentabr kuni soat 20:45 larda Shayxontohur tumani Nurafshon—Mannon Uyg‘ur ko‘chalari kesishgan chorrahada 32 yoshli D.E. boshqaruvidagi “GAZ-330210” rusumli yuk avtomobili hamda haydovchi 1959-yilda tug‘ilgan M.E. boshqaruvida bo‘lgan Hyundai rusumli tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Avariya oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda Nexia bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgan tez yordam mashinasidagi yo‘lovchi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ilk bor dunyo parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6 oyda qancha aviaparvoz amalga oshirilgani ma’lum qilindi
Dunyo
Rossiya elchixonasi AQSHni Ukrainadagi mojaroga aralashgani uchun harbiy to‘qnashuv xavfidan ogohlantirdi