• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bayrut portida portlagan selitra egalarining kimligi jurnalistlarning yangi surishtiruvi natijasida aniqlandi. Ular ukrainalik biznesmenlar bo‘lgan va o‘z izlarini xaspo‘shlashga uringan

    2020-yil 4-avgust kuni Livan poytaxti Bayrutdagi portda kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Oradan bir yil o‘tgan bo‘lsa-da, falokatga sabab bo‘lgan ammiakli selitra yuklari kimga tegishli ekani sirligicha qolayotgan edi. Yuk Livan poytaxtiga 2013-yil dekabr oyida Moldova bayrog‘i ostidagi Rhosus kemasida kirib kelgan. Kema ekipaji esa Rossiya-Ukraina fuqarolaridan iborat bo‘lgan.

    2020-yil sentabr oyida OCCRP (Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni o‘rganish markazi) jurnalistlar guruhi surishtiruv o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, selitrani Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan Savaro Limited nomi ostidagi kompaniya Gruziyaning “Rustaviazot” zavodidan sotib olgan. Gruziya kompaniyasining selitrasi Mozambikdagi portlovchi moddalar ishlab chiqarish zavodiga olib ketilayotgan edi. Biroq, o‘sha paytda kompaniyaning haqiqiy egalari kimligini aniqlashning iloji bo‘lmagan: xuddi shunday nomga ega Ukraina kompaniyasi topildi, lekin uning egasi, dneprlik tadbirkor Vladimir Verbonol selitra yukiga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytgan. Shuningdek, u bir muncha vaqt o‘zini e’tibordan chetga olishga muvaffaq bo‘lgan.

    2020-yil 4-avgustda Bayrut portidagi omborlardan birida ammiakli selitra portlagandan so‘ng yonayotgan kema 

    2020-yil 4-avgustda Bayrut portidagi omborlardan birida ammiakli selitra portlagandan so‘ng yonayotgan kema 
    Foto: AFP

    OCCRP’ning yangi surishtiruvi natijalariga ko‘ra, Savaro kompaniyasining egasi aynan Vladimir Verbonol bo‘lib chiqdi. Firmaning o‘zi esa xalqaro kompaniyalar konglomerati tarkibiga kiradi; konglomerat portlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladigan ammiakli selitrani yetkazib beradi. Ushbu konglomeratning shtab-kvartirasi Dnepr (sobiq Dnepropetrovsk) shahrida joylashgan bo‘lib, uni Verbonol va uning qaynotasi — butun Ukrainada tanilgan qurilish magnati Nikolay Aliseyenko boshchiligidagi bir guruh odamlar boshqaradi. Ular Angliya, Shotlandiya, Karib dengizi va Tinch okeani orollaridagi davlatlarda, shuningdek, Ukraina va AQShda ro‘yxatdan o‘tgan asli boshqa kishi bo‘lgan shaxslar va ofshor kompaniyalarning butun bir tarmog‘i ortiga bekingan.

    Nikolay Aliseyenko

    Nikolay Aliseyenko
    Foto: icci.org.ua

    Vladimir Verbol

    Vladimir Verbol
    Foto: novamama.org

    OCCRP muxbirlari ushbu guruhga mansub kompaniyalar 2000-yillarning boshidan beri Afrika mamlakatlariga ammiakli selitra sotib kelayotganini aniqladi; surishtiruv ishtirokchilari Mozambikga yuk yetkazib berish bo‘yicha kamida uchta holatni aniqladi, ularning so‘nggisi o‘z manziliga yetib bormagan Rhosus marshruti edi. Ushbu guruh kompaniyalariga huquqiy yordamni ikkita firma ko‘rsatadi: Kiprning Interstatus va Britaniyaning Alpha and Omega Group firmalari. Ular sobiq SSSR mamlakatlaridan bo‘lgan mijozlariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan.

    2021-yil avgust oyida London sudida Bayrut advokatlar assotsiatsiyasi va portdagi portlash qurbonlari nomidan Savaro kompaniyasiga nisbatan umumiy da’vo berildi. Da’vogarlarning fikricha, bunday murakkab va tushunarsiz mulkchilik tizimi Savaro Limited kompaniyasi egalari tomonidan xavfli yuklarni noto‘g‘ri saqlaganlik uchun javobgarlikdan qochish maqsadida o‘ylab topilgan.

    Ushbu da’vo kiritilgan Ukraina kompaniyalarining advokatlari, jurnalistlarning so‘roviga javoban, Rhosus olib ketayotgan selitra yukiga aloqadorligini rad etdi hamda portlash uchun barcha javobgarlikni Livan ma’muriyatiga yukladi. Bu bayonotda, shuningdek, da’voda tilga olingan Atlantis Corporation, Savaro va Dniprosoft faqat IT, dasturiy ta’minot va internet-marketing sohasida faoliyat yuritayotgani ko‘rsatilgan, ulardan birining veb-saytida haligacha o‘g‘it sotilayotgani esa —  “amaliyotchilardan birining xatosi” ekani aytilgan.

    OCCRP jurnalistlari tekshirgan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, quruq yuklarni tashuvchi Rhosus kemasi Britaniyaning Virginiya orollarida (BVI) ro‘yxatdan o‘tgan Agroblend Eksport tomonidan ijaraga olingan. Bundan maqsad, kema boshqa bir kompaniya — Savaro Limited Gruziyaning “Rustaviazot” zavodidan sotib olgan ammiakli selitra yukini tashishi kerak edi.

    Rasmiy ravishda, bu ikki kompaniyaning hech biri Ukrainaga aloqador emas. Agroblend Exports kompaniyasining egasi — oroldagi anonim ofshor, Savaro esa Interstatus yordami bilan soxta nomdagi kishilarni rahbar qilib tayinlagan. U bunday xizmatlarni nomida Savaro so‘zi uchraydigan kamida to‘rtta kompaniyaga ko‘rsatgan. Masalan, o‘g‘it sotuvchisi sifatida Shotlandiyada ro‘yxatga olingan shunday kompaniyalardan biri Interstatus hamda Britaniyaning korporativ xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar guruhi Alpha and Omega Group sho‘ba korxonalariga aloqador bo‘lib chiqdi.

    Alpha and Omega Group mijozlari — jumladan xalqaro sanksiyalar ostida bo‘lgan jismoniy shaxslar va kompaniyalar — bir necha bor pul yuvishda ayblangan. Interstatus kompaniyasiga nisbatan esa Kiprda hozirda qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, dedi OCCRP’ga Kipr moliyaviy regulyatori direktori Demetra Kalogeru. Interstatus direktori Marina Psillu Savaro Limited kompaniyasi egalarining ismini oshkor qilishdan bosh tortdi. Alpha and Omega Group rahbari Aleksey Strukov ham o‘z kompaniyalar guruhining mijozlarini muhokama qilishga rozilik bermadi, lekin u Interstatus bilan hamkorlik qilib, ularning mijozlariga yuridik manzil va pochta jo‘natish xizmatlarini ko‘rsatishini tasdiqladi.

    Qo‘lga kiritgan elektron pochta xabarlari yordamida jurnalistlar Savaro Limited va Agroblend Exports kompaniyalarini Vladimir Verbonolga qarashli Ukraina kompaniyalar tarmog‘i bilan bog‘lashga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu xatlardan biriga Kyortis Inglxart nomi bilan imzo chekkan Agroblend xodimi Livan hukumati Rhosusni hibsga olgandan so‘ng, 2013-yilning dekabr oyida o‘z xatida yordam so‘rab Livanlik tadbirkorga murojaat qilgan. U tadbirkordan uning kompaniyasiga xatlangan selitra yuklarini olish huquqini qo‘lga kiritishda yordam berishni so‘ragan hamda kema operatori bo‘lgan Teto Shipping kompaniyasini transport xarajatlari uchun tobora ko‘proq pul talab qilayotganidan shikoyat qilgan.

    Foto: Skrinshot

    Bir yil o‘tgach, o‘sha xodim suhbatdoshiga yana xat yozadi, lekin bu safar savaro.com domenidagi boshqa manzilidan. Domen egasining ma’lumotlari bekitilgan, ammo jurnalistlarning aniqlashicha, tegishli IP-manzil Ukrainaning Savaro nomli kompaniyasi, shuningdek, o‘g‘it sotadigan boshqa bir qancha ofshor kompaniyalar veb-saytlarida ham foydalaniladi.

    Vladimir Verbonol 1959-yilda Ukrainaning Dnepr shahrida tug‘ilgan va u yerda biznes bilan shug‘ullanib keladi. Shahar 2016-yilga qadar Dnepropetrovsk deb atalgan. 1990-yillarda Verbnol Ukrainaning taniqli kasaba uyushmasi a’zosi Mixail Volintsning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, shuningdek, “Batkivshchina” va “Xalq fronti” partiyalaridan Oliy Radaning sobiq deputati Denis Dzendzerskiy bilan hamkorlik qilgan. Ayni paytda Dzendzerskiyga nisbatan Ukraina korrupsiyaga qarshi milliy byurosi tomonidan qidiruv e’lon qilingan, shuningdek u Rossiya sanksiyalari ostida.

    2001-yilda Vladimir Verbonol Atlantis korporatsiyasiga asos soldi. Kompaniyaning internet arxivlarida qolgan veb-sayti parchalariga ko‘ra, u o‘g‘it sotish bilan shug‘ullangan. Verbonol o‘z biznes sheriklari, shu jumladan qurilish magnati Nikolay Aliseyenko bilan birgalikda o‘g‘itlar, metallurgiya uskunalari, dasturiy ta’minot va veb-dizayn xizmatlarini sotadigan yana bir qancha kompaniyalar tuzdi. Ulardan biri 2009-yilda Ukrainada tashkil etilgan Savaro edi. Bu firmalar xalqaro bozorda o‘z bizneslarini Interstatus yordamida olib borgan, Angliya, Shotlandiya va Marshall orollarida aynan Savaro nomi bilan paydo bo‘lgan bir nechta firmalar ro‘yxatga olingan.

    2011-yilda Verbonolning Atlantis korporatsiyasi bankrotlik to‘g‘risida e’lon qilib, yopildi, lekin tarmoq tarkibiga kiruvchi boshqa firmalar o‘z faoliyatini davom ettirdi. Biroq, ular o‘g‘it sotishni rasman to‘xtatdi — hatto savaro.com va atlantis.ua veb-saytlarining arxiv nusxalarini o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi, ularda firmalar assortimenti, jumladan ammiakli selitra ko‘rsatilgan edi.

    Savaro Rhosus kemasi bilan jo‘natish uchun selitra sotib olayotgan paytda kompaniyada ishlagan sobiq xodim, ismini oshkor qilmaslik sharti bilan ma’lum qilishicha, o‘shanda u Verbonol firmalarining IT faoliyati bilan bog‘liqligiga hech qanday dalil ko‘rmagan, ular o‘g‘itlar, jumladan ammiakli selitra yetkazib berishni davom ettirgan.

    Bayrutdagi portlash oqibatlari. 2020-yil, 4-avgust

    Bayrutdagi portlash oqibatlari. 2020-yil, 4-avgust
    Foto: AP Photo

    Bundan tashqari, jurnalistlarning aniqlashicha, 2013-yilda Savaro uch xil partiyada yana 17 ming tonna ammiakli selitra sotib olgan va ularni Mozambikning Beyra portiga — Rhosus yo‘l olgan joyga —jo‘natgan. Portlovchi moddalar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida selitra sotib olgan Mozambikning Fábrica de Explosivos de Mochambique kompaniyasi vakili jurnalistlarga kompaniya “janob Vladimir” boshchiligidagi Ukraina firmasidan ikkita partiya sotib olganini tasdiqladi. Aynan shu kompaniya Rhosus’ga ortilgan yukni qabul qilishi kerak edi. Selitraning uchinchi partiyasi Ukraina va Xorvatiyada sotib olingan va Savaro bilan bog‘liq Agroblend kompaniyasi tomonidan Mozambikga yuborilgan. Bu yukni kim qabul qilib olgani noma’lum.

    Savaro egalari ularga nisbatan da’vo tayyorlanayotganidan xabar topgach, izlarini xaspo‘shlashga harakat qildi. 2021-yil 23-avgustda Ukraina fuqarosi, advokat Vladimir Glyadchenko kompaniyaning nominal egasiga aylandi. Ukraina yuridik shaxslar reyestrida u yana kamida o‘nta kompaniyaning egasi sifatida ro‘yxatga olingan, xususan ulardan birining yuridik manzili Savaro bilan bir xil. Jurnalistlar Savaro unga nima uchun kerak bo‘lganini so‘raganda, Glyadchenko kompaniyani boshqa huquqshunoslarning tavsiyasi bilan sotib olganini va Bayrutdagi portlash uchun javobgar emasligini aytdi.

    Bundan tashqari, Verbonol kompaniyalari shoshilinch ravishda o‘g‘itlar biznesining onlayn izlarini o‘chira boshladi. Masalan, 2021-yilning iyul oyida jurnalistlar dniprometal.com saytini topdi, u yerda “Dniprometal” nomli kompaniya metall prokat va o‘g‘itlarni sotish bo‘yicha xizmatlar taklif qilgan. Vladimir Verbonol 2011-yilda Olga Aliseyenko bilan birgalikda asos solgan kompaniya ham xuddi shunday xizmat taklif qilardi. Otasining ismiga qaraganda (Nikolayevna) Olga Aliseyenko — Nikolay Aliseyenkoning qizi. Saytda Dneprdagi manzil ko‘rsatilgan, bu Savaro tarmog‘idagi boshqa bir qancha kompaniyalarning yuridik manziliga to‘g‘ri keladi.

    Biroq, jurnalistlar Verbonol va uning sheriklariga so‘rov bilan murojaat qilishganidan ko‘p o‘tmay dniprometal.com saytida yangi rekvizitlar paydo bo‘ldi. Ular “Dniprometal” kompaniyasining ma’lumotlariga mos keladi, lekin bu kompaniya umuman boshqa bo‘lib, u o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Jurnalistlarni va London sudiga kiritilgan da’vo bo‘yicha da’vogarlarni chalg‘itish uchun kompaniya veb-saytidagi manzilni o‘zgartirganmi yoki yo‘q, degan jurnalistlarning navbatdagi savoliga Vladimir Verbonol va uning vakillari javob bermadi.

    Mavzuga doir: Bu yerda Livan bor edi: Bayrut portidagi portlashdan bir yil o‘tib, hozir mamlakat qanday ko‘rinishda? (foto)

    22.09.2021, 09:28   Izoh (0)   19036
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jazoir Abdulaziz Buteflika bilan sobiq prezidentdek emas, balki qahramondek xayrlashdi

    22.09.2021, 09:11

    Misrda oila qurmoqchi bo‘lgan 11 va 12 yoshli kelin-kuyovning ota-onasi hibsga olindi

    22.09.2021, 07:28

    Braziliya prezidenti emlanganlik sertifikati yo‘qligi uchun Nyu-York restoranlariga kiritilmadi

    22.09.2021, 06:47

    Yaponiyada keksa yoshli aholi soni rekord darajaga yetdi

    21.09.2021, 20:39

    AQShda infeksiyaning virusli yoki bakteriyali ekanini ajratib beruvchi ekspress-testni qo‘llashga ruxsat berildi

    21.09.2021, 19:27

    AQShda koronavirusdan o‘limlar soni XX asrdagi ispan grippi qurbonlari sonidan oshib ketdi

    21.09.2021, 18:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.