• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jazoir Abdulaziz Buteflika bilan sobiq prezidentdek emas, balki qahramondek xayrlashdi

    Jazoir sobiq prezident Abdulaziz Buteflika bilan vidolashdi. Dafn marosimining tashkillashtirilgani ayni vaqtdagi hukumat haqida ikki xil taassurot uyg‘otdi, ular mamlakat mustaqilligi uchun kechgan urush qahramoni, davlatni 20 yil boshqargan va xalq noroziligiga sababchi bo‘lib yakunda iste’fo berishga majbur bo‘lgan rahbar bilan qanday xayrlashishni bilmasdi. Shunga qaramay mahalliy jurnalistlar yozganidek Abdulaziz Buteflikaning davri barcha ijobiy va salbiy jihatlari bilan birgalikda mustaqil Jazoir mamlakati tarixidagi muhim bosqichlardan biri bo‘lgan. “Kommersant” nashri Afrika qit’asidagi ushbu mamlakat sobiq rahbari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Qahramon bilan vidolashuvJazoir sobiq prezidenti 17-sentabr kuni 85 yoshda vafot etdi. Ertasi kuni mamlakat prezidenti Abdulmajid Tebbun muayyan tanaffusdan keyin Jazoirda uch kunlik motam e’lon qildi, mustaqillik kurashchisi Abdulaziz Buteflikaning vafoti munosabati bilan davlat bayroqlari tushirildi. Sobiq prezidentning o‘limi munosabati bilan mintaqadagi ko‘plab yetakchilar hamdardlik yo‘lladi, xususan, o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘tgan oyda bekor qilingan mamlakat – Marokashning qiroli Muhammad VI ham Jazoir hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

    Abdulaziz Buteflikaning dafn marosimi 19-sentabr kuni poytaxtdagi Al-Aliya qabristoni hududida joylashgan Mazlumlar maydonida o‘tkazildi. Bu yerga Jazoir ozodligi uchun kurashgan qahramonlar dafn etiladi. Garchi ikki yil avval saylovoldi kampaniyasi vaqtida Tebbun o‘zini “Buteflika rejimi” qurboni deb atagan bo‘lsa ham marosimda shaxsan ishtirok etgan. Boshqa yuqori lavozimdagi amaldorlar, xorij diplomatlari ham qabristonga borishgan. Jazoir milliy bayrog‘i bilan yopilgan tobut Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan transportda sobiq prezidentning uyidan BTR-80 hamrohligida, mototsikllar karvoni bilan olib kelingan. Ammo Abdulaziz Buteflikaning dafn marosimi prezidentlar bilan vidolashuv darajasidagi hashamat bilan o‘tkazilgani yo‘q.

    Odatda Jazoirda davlat rahbarlarining o‘limi munosabati bilan e’lon qilingan motam sakkiz kungacha davom etadi. Sobiq prezident jasadi solingan tobut u bilan vidolashish maqsadida Xalq saroyiga joylashtirilishi taxmin qilingandi. Mahalliy OAV saroyda Buteflika bilan xayrlashuv marosimiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida xabarlar tarqalgan, biroq oradan hech qancha vaqt o‘tmay vidolashuv marosimi bekor qilindi.

    Prezident Tebbun o‘zidan avval mamlakatni boshqargan rahbarni qanday dafn qilish kerakligi borasida qiyin masalaga duch keldi. Sababi bir tomondan Buteflika 20 yil davomida mamlakatni boshqargan qahramon, boshqa tomondan olib qaraganda esa 2019-yilda bir necha oy davom etgan xalq norozilik namoyishlaridan keyin prezidentlik vakolatlaridan voz kechib, iste’foga chiqqan rahbar edi.

    Abdulaziz Buteflikaning beshinchi muddatga prezidentlikka saylanish uchun nomzodini qo‘yganligi jazoirliklarning qahrini qo‘zg‘atgan, sababi u 2013-yilda insultni o‘tkazgandi va hamma uning sog‘lig‘i mamlakatni boshqarishiga imkon bermasligi mumkinligiga xavotirda edi.

    Xalqning noroziligi oqibatida yuzaga kelgan bosim tufayli davlat rahbari saylovlarda ishtirok etmaslikka qaror qildi va ovoz berish jarayoni boshqa muddatga qoldirildi. Ammo prezident hamda uning atrofidagilar yangi konstitutsiya ishlab chiqilib, saylovlar qayta o‘tkazilguniga qadar hukumat tepasida qolishi haqidagi xabarlar mamlakat aholisining navbatdagi avvalgisidan kuchliroq norozilik namoyishlarini boshlashiga sabab bo‘ldi. Oqibatda Abdulaziz Buteflika iste’foga chiqqanini e’lon qildi. Shundan keyin prezident omma oldida boshqa ko‘rinish bermadi. Hech kim uni ta’qib qilmadi, u umrining so‘nggi yillarini xotirjam o‘tkazdi. Biroq prezident atrofidagi yurgan kishilarga nisbatan ayblovlar e’lon qilindi, xususan, uning ukasi va maslahatchisi Said korrupsiya hamda davlatga qarshi fitnada ayblanib ta’qibga uchradi. Keyinchalik unga qo‘yilgan ayblov bekor qilindi, lekin sud surishtiruvi hanuzgacha davom etmoqda.

    Namoyishlar yana qayta boshlanishidan xavotirlangan Jazoir OAV sobiq prezidentning o‘limi haqida iloji boricha kamroq ma’lumot berishdi va u bilan vidolashuv marosimi haqida ham kam gapirildi. Deyarli barcha nashrlarda marhumning tarjimayi holi chop etildi. Jazoirning “Ash-Shuruh” axborot portal “Uning boshqaruvi davri ijobiy va salbiy jihatlari bilan birgalikda Jazoir tarixidagi eng muhim bosqichlardan biriga aylandi”,— deya sobiq prezident olib borgan siyosatga baho bergan.

    Abdulaziz Buteflikaning yuksak natijalari va qulashiAbdulaziz Buteflika 1937-yil 2-martda Marokashning Ujde shahrida tug‘ilgan. U arab madrasasi va fransuz litseyida ta’lim olgan, falsafani o‘rgangan. 19 yoshida o‘qishni tashlagan va noqonuniy yo‘l bilan Marokash – Jazoir chegarasidan o‘tib, Jazoir “Milliy ozodlik fronti” armiyasi tarkibiga kirgan, ushbu qo‘shin Fransiya mustamlakachilarga qarshi urush olib borayotgan edi. 1962-yilda mamlakat mustaqilligi uchun olib borilgan urush tugagach, Abdulaziz Buteflika Tlemsen shahridagi ta’sis majlisining raisi, bir vaqtning o‘zida yoshlar, sport va turizm masalalari bo‘yicha vazir lavozimini egallagan. Bir yil o‘tgach TIV rahbarligiga tayinlanib, dunyodagi eng yosh tashqi ishlar vaziri bo‘ldi va vazirlikni 14 yil davomida boshqardi. Jazoir uning rahbarligi ostida betaraflik harakatining yetakchisiga aylangan.

    Ammo siyosatchi pozitsiyasini yo‘qota boshladi. 1980-yillar boshida uni moliyaviy ayyorliklar qilganlikda ayblandi. U “Milliy ozodlik fronti” markaziy kengashi a’zoligidan chiqarildi, biroq keyinchalik prezident Shadli Benjedid qaroriga ko‘ra amnistiyaga tushdi. Sobiq vazir 1987-yilgacha o‘z xohishiga ko‘ra surgun qilindi.

    Abdulaziz Buteflika 1999-yilda siyosatga qaytdi va prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ishtirok etishga qaror qildi. Saylovlarda g‘olib chiqqanidan keyin qurollangan guruhlar ishtirokchilarning ko‘pchilik qismiga amnistiya beradigan qonunni imzoladi. Mamlakatning 1991-yildan 2000-yillargacha bo‘lgan fuqarolar urushi sharoitidan chiqish jarayoni uning nomi bilan bog‘lab kelinadi. Energiya Energiya manbalarining narxi o‘sishi bilan prezident armiyani mustahkamladi va infratuzilmani rivojlantirishga investitsiya kiritdi. Ammo dunyoda iqtisodiy vaziyat o‘zgara boshlagach, Jazoirning imkoniyatlari ham o‘zgardi. mamlakatda yoshlar orasida ishsizlar soni o‘sdi, siyosiy elitaning korrupsiyalashgani xalqning hukumatga bo‘lgan ishonchini kamaytirib yubordi.

    Buteflika mintaqadagi bir nechta mamlakatda kuzatilgan “arab bahori” vaqtida Jazoirdagi barqarorlikni saqlab qoldi, biroq bu ham uzoqqa cho‘zilmadi.

    Mavzuga doir: “Arab bahori”dan keyingi eng jiddiy siyosiy inqiroz: Tunisda prezident butun hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga qaror qilgach, namoyishlar avj oldi

    “Buteflika — fojiaviy timsol. U milliy harakat vakillarining eng yorqin shaxslaridan biri sifatida faoliyatini boshlagan. Uning faoliyatida nafaqat Jazoirning tashqi siyosatini, balki boshqa uchinchi dunyo mamlakatlari tashqi siyosatining shakllanishida muhim o‘ringa ega. Yakun esa sharafli kechmadi. Bir narsani baralla aytish mumkin — u mustaqillik uchun kurashgan insonlar avlodidan chiqqan Jazoirning oxirgi yetakchisi. Shuningdek, u nafaqat mamlakat balki Shimoliy Afrika mintaqasida o‘tmishda qolgan XX asrning eng oxirgi rahbari edi”,— deya “Kommersant”ga intervyu bergan Rossiya fanlar akademiyasi arab va islom tadqiqotlari instituti rahbari Vasiliy Kuznetsov.

    Olimning so‘zlariga ko‘ra prezident Buteflika Jazoir siyosiy tizimini shakllantirgan va ushbu tizim hukumat almashganiga qaramay hanuzgacha ishlab turibdi.

    “Elitada qisman o‘zgarish sodir bo‘ldi, ammo Buteflika davrida yuqori lavozimlarda ishlagan siyosatchilar avlod qoldi va hali tizimdan chiqib ketmagan. Bugun Jazoirda transformatsiya jarayoni asta-sekin davom etmoqda, hukumat butun dunyo kabi nafaqat pandemiya va uning asoratlari bilan, balki xalqning davlatga ishonchsizligini kamaytirishi, shuningdek xalqaro tahdidlarga qarshi tura olishi talab etiladi”,— degan Kuznetsov.

    Uning fikricha Buteflika boshqaruvining dastlabki davridagi tajribaga qaytish va uning diplomatik merosidan hozirgi sharoitlarda foydalanish Jazoir foydasiga xizmat qilishi mumkin.

    Mavzuga doir: Arab davlatlari ligasi tashkiloti. Yaqin o‘tmish va istiqbol muammolari

    22.09.2021, 09:11   Izoh (0)   60534
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Misrda oila qurmoqchi bo‘lgan 11 va 12 yoshli kelin-kuyovning ota-onasi hibsga olindi

    22.09.2021, 07:28

    Braziliya prezidenti emlanganlik sertifikati yo‘qligi uchun Nyu-York restoranlariga kiritilmadi

    22.09.2021, 06:47

    Yaponiyada keksa yoshli aholi soni rekord darajaga yetdi

    21.09.2021, 20:39

    AQShda infeksiyaning virusli yoki bakteriyali ekanini ajratib beruvchi ekspress-testni qo‘llashga ruxsat berildi

    21.09.2021, 19:27

    AQShda koronavirusdan o‘limlar soni XX asrdagi ispan grippi qurbonlari sonidan oshib ketdi

    21.09.2021, 18:26

    Olimlar COVID-19 ga qarshi o‘ta kuchli immunitet hosil qilish yo‘lini aniqladi

    21.09.2021, 17:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kelgusi hafta avvalida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:05

    Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida “OKMK”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 21 iyun, 22:03

    G‘azoda internetda uzilish kuzatildi

    Dunyo | 21 iyun, 21:15

    Farg‘onada tomorqasida 55 ming tupdan ortiq ko‘knori o‘stirayotgan shaxs aniqlandi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 20:45

    Sebalyos Xabi Alonso bilan kelishmovchilik tufayli “Real”dan ketishi mumkin

    Sport | 21 iyun, 20:26

    Buyuk Britaniyada o‘limga yordamlashish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullandi

    Dunyo | 21 iyun, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.