Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Bundan roppa-rosa bir yil oldin, 2020-yil 4-avgustda, Livandagi Bayrut portida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Ushbu portlash insoniyat tarixidagi eng dahshatli sanoat falokatlaridan biriga aylandi. Livan portidagi omborda 2014-yildan beri saqlab kelingan ammiak selitrasi portlagan. Selitra yuk kemasidan musodara qilib olingan mahsulot edi. Portlash shunchalik kuchli bo‘ldiki, butun dunyodagi seysmik stansiyalar uni 3,3 magnitudali zilzila sifatida qayd etdi, uning gumburlagan ovozi 250 kilometr narida, Kiprda eshitildi. Hodisa oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi, minglab odamlar og‘ir jarohat oldi. Livan poytaxtining infratuzilmasiga yetkazilgan zarar milliardlab dollarga baholandi.

Livan portlashdan oldin ham chuqur iqtisodiy inqirozga uchragan edi (Jahon banki bu inqirozni XIX asr o‘rtalaridan beri dunyodagi eng jiddiy o‘ntalikka kiritdi) — port fojiasi esa inqirozni bir necha bor kuchaytirdi. Milliy valyuta tez qadrsizlanayotgani sabab asosiy mahsulotlarni sotib olishning ham iloji bo‘lmay qoldi, dorixonalarda dori-darmonlar, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin, rozetkalarda elektr energiyasi yetishmayapti. Bundan tashqari, portlashdan keyin Livan aslini olganda hukumatsiz yashab kelmoqda. “Omadsiz davlat” maqomiga tezlik bilan yaqinlashib borayotgan Yaqin Sharq mamlakatida so‘nggi yil qanday o‘tgani haqida Meduza fotomaqola tayyorladi.

2020-yil 4-avgustdagi portlashdan keyin Bayrut portining ko‘rinishi. Port atrofidagi hudud deyarli butunlay vayron bo‘lgan va haligacha tiklanmagan. Oqibatlarni bartaraf etish chog‘ida bir nechta o‘t o‘chiruvchilar halok bo‘ldi.

Foto: The Washington Post

1860-yilda qurilgan tarixiy bino va san’at muzeyi — Sursok saroyining ichki qismi. U port yaqinidagi Ashrafiye tumanida joylashgan va portlashdan juda jiddiy zarar ko‘rgan. 2020 yil 8-avgust.

Foto: AP Photo

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish operatsiyasi ishtirokchisi, portlash voqeasida jarohatlangan yigit Avliyo Georgiya kasalxonasining derazasidan Bayrut portiga qarab turibdi. Davlat xizmatlari shaharni vayronalar va qoldiqlardan mustaqil ravishda tozalay olmadi, shuning uchun ko‘plab ko‘ngillilar ularga yordamga keldi. 2020-yil, 13-avgust.

Foto: Getty Images

Portda portlash sodir bo‘lgan paytda soat 18:00 dan o‘tganini ko‘rsatib, to‘xtab qolgan Bayrutdagi uyning devoridagi soat. 2020-yil 11-avgust

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan Bayrut portidagi omborxona qoldiqlari. Portlashga qadar port mamlakat importining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qabul qilardi, bu chet el ta’minotiga muhtoj barcha sohalarni qamrab oladi. Ombor esa butun milliy don zaxirasining 85 foizini o‘z ichiga sig‘dira olardi. Uning vayron bo‘lishi tufayli Livan o‘tkir oziq-ovqat inqirozini boshdan kechirmoqda. Suratdan ko‘rish mumkinki, portning hozirgi holati uning bir yil avvalgi portlashdan keyingi holati bilan deyarli bir xil. 2021-yil, 14-iyul.

Foto: AFP

Bayrutdagi portlashdan olti o‘y o‘tgach, hodisa joyi shunday ko‘rinishda edi. 2021-yil 13-yanvar.

Foto: Reuters

Portlashning noma’lum qurbonlari sharafiga Bayrutdagi bino devoriga chizilgan rasm. Asar muallifi rassom Bredi Blek. Hodisada halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi qochqinlar va boshqa mamlakatlardan kelgan muhojirlar edi. Ayrimlarining ismlari hozirgacha noma’lum. Huquq himoyachilarining ma’lumotlariga ko‘ra jabrlangan, lekin tirik qolgan muhojirlar mamlakat hukumati tomonidan hech qanday yordam olmagan. 2021-yil 4-may.

Foto: Scanpix

Portlash qurbonlaridan birining portretini ko‘tarib olgan ayol portlash bo‘yicha olib borilayotgan tergovdan sudya Fadi Savanning chetlatilishiga qarshi piketda. Livan kassatsiya sudi Savanni 2021-yilning fevralida iste’fodagi ikki hukumat vazirining shikoyati bo‘yicha ishdan bo‘shatdi. Sudya vazirlarni jinoiy harakatsizlikda ayblagandi. 2021-yil 19-fevral.

Non narxining ko‘tarilishiga qarshi mitingga chiqqan namoyishchilardan biri. Mamlakat giperinflyatsiya holatida, asosiy oziq-ovqatlar, hatto hukumat tomonidan subsidiyalanadigan mahsulotlarning narxi ham keskin oshgan. 2021-yil 2-mart

Bekaa vodiysi aholisi gashish tayyorlamoqda. Bekaa — mamlakat sharqidagi qishloq xo‘jaligi hududi. Livan milliy valyutasi bir yilda deyarli o‘n barobarga qadrsizlandi. Yoqilg‘i, urug‘lar va o‘g‘itlar esa, hatto Livandagi portlashdan oldin ham, deyarli butunlay importga bog‘liq bo‘lgan, xalqaro bozorda ularni dollarga sotib olish kerak. Livan dehqonlari daromadliroq hosil — kannabis yetishtirishni boshlashga majbur bo‘ldi. 2021-yil, 29-mart.

Bayrut ko‘chalaridagi chiqindilarni yig‘ayotgan bolalar. Hatto portlashdan oldin ham Livan aholisining deyarli to‘rtdan bir qismini Falastin, Suriya va Iroqdan kelgan qochqinlar tashkil qilardi. Portlashdan keyin livanliklarning o‘zlaridan ham 300 ming kishi uysiz qoldi. BBC xabariga ko‘ra, ba’zi livanliklar qochqinlar lagerlariga ko‘chishga majbur, chunki ularning boshqa yashash joyi yo‘q. 2021-yil, 12-aprel

Livan sobiq bosh vaziri Rafiq Haririy nomidagi Bayrut universiteti kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida ibodat qilayotgan hamshira. Haririy unga qarshi uyushtirilgan suiqasd tufayli vafot etgan. Mamlakatda, ayniqsa koronavirus pandemiyasi fonida o‘ta zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning keskin tanqisligi kuzatilmoqda. 2021-yil 15-yanvar.

Bayrutdagi buzilgan bankomat. Portlashdan oldin ham Livan keskin iqtisodiy inqirozga uchragandi, shu sababli Livan banklari likvidlik taqchilligini boshdan kechirdi. Milliy valyuta — Livan funti AQSh dollariga qat’iy belgilangan kurs bo‘yicha bog‘langan, lekin bu kurs bilan dollarni funtga almashtirib bo‘lmaydi, qora bozordagi kurs esa doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Ko‘pgina banklar naqd pul berishni to‘xtatib, o‘z filiallarini yopib qo‘ygan. 2021-yil 17-mart.

Bayrutdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida navbatda turgan mashinalar. Yoqilg‘i ham jiddiy tanqislikda. 2021-yil, 11-iyun.

Livanlik talabalar o‘qish narxining ko‘tarilishiga qarshi norozilik bildirmoqda. Dekabrga qadar o‘qish narxi bir AQSh dollari uchun rasmiy 1500 funtga teng edi, lekin ba’zi universitetlar milliy valyutaning keskin pasayishi munosabati bilan o‘z tariflarini qayta ko‘rib chiqdi. Bu esa o‘qish narxini ikki barobarga oshirdi, natijada ta’lim ko‘plab talabalar qurbi yetmaydigan hashamga aylandi. Namoyishchilar politsiya tomonidan zo‘rlik bilan tarqatilgan. 2020-yil 29-dekabr.

Politsiya vaqtincha ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Fahmi qarorgohi oldida miting uyushtirgan namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llamoqda. Fahmi ishlagan hukumat portlashdan so‘ng darhol iste’foga chiqqan, ammo haligacha yangi hukumat tayinlanmagani uchun sobiq vazirlar o‘z lavozimlarida qolmoqda. Fahmi portlash ishi bo‘yicha tekshiruv olib borayotgan katta tergovchiga Davlat xavfsizligi rahbari Abbos Ibrohimni so‘roq qilishni taqiqlagan. Hozirga qadar Livanda birorta ham yuqori martabali amaldor bu ish bo‘yicha javobgarlikka tortilmagan. 13-iyul, 2021-yil.

Baliqchilar Bayrut portidagi “Kabutar qoyalari”da baliq ovlashga ketmoqda. Inqirozdan oldin ular bir kilogramm baliq uchun 10 ming funt olgan, o‘shanda rasmiy kurs bo‘yicha bir dollar bir yarim ming funtga teng edi. Hozir ular bir kilogramm baliq uchun 25 ming funt oladi, lekin qora bozorda bir dollar kamida 18 ming turadi. Endi qayiqlarni ta’mirlaydigan hech narsa yo‘q, yonilg‘i quyish shoxobchalarida qayiqlarga yoqilg‘i ham yo‘q. 2021-yil 26-iyun.

Butun Bayrutda bu safar ham chiroq o‘chgan, hatto Electricite du Liban milliy energetika kompaniyasi shtab-kvartirasida ham birinchilardan bo‘lib chiroq yo‘q. Mamlakat budjetidagi mablag‘ elektr stansiyalari uchun chet eldan yoqilg‘i sotib olishga yetmayapti. Xorijiy donorlar esa Livan hukumati korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazmaguncha, moliyaviy yordam berishdan bosh tortmoqda. 2021-yil 3-aprel.

Bayrutda yashovchi erkak sham yorug‘ida chekib o‘tiribdi. 2021-yil iyul oyida yoqilg‘i sotib olish uchun mablag‘ yetishmasligi sababli mamlakatdagi eng yirik elektr stansiyalaridan biri bir necha kunga yopildi. 2021-yil 10-iyul.

Bayrut portidagi portlash qurbonlari xotirasiga livanlik me’mor Nadim Karam yasagan “Jest” haykali. 2021-yil 2-avgust.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi