• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirus paydo bo‘lishi bo‘yicha yangi nazariya ilgari surildi, JARda aniqlangan yangi shtamm juda tez tarqaluvchan bo‘lishi mumkin. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 217 190 410 kishiga yetdi, shularning 4 511 602 nafari vafot etgan. Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (39 million), Hindiston (32,7 million), Braziliya (20,7 million), Fransiya (6,8 million) va Rossiya (6,8 million) eng oldinda bormoqda.

    Shuningdek, ayni paytgacha butun dunyo bo‘ylab 5,2 milliarddan ortiq dozada vaksinalar qo‘llanilgan.

    Jakartada COVID-19 pandemiyasi tufayli masofaviy rejimga o‘tgan maktablarda qayta ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

    Jakartada COVID-19 pandemiyasi tufayli masofaviy rejimga o‘tgan maktablarda qayta ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
    Foto: EPA

    Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (CDC) mutaxassislarining taxminiga ko‘ra, koronavirus Uxanga muzlatilgan oziq-ovqat qadoqlarida olib kirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqdagi maqola Xitoyning Global Times nashrida e’lon qilingan.

    Avvalroq nashr muxbirlari Uxanga bir necha bor tashrif buyurgan va Xitoyda koronavirus bilan kasallanishning dastlabki holatlari qayd etilgan dengiz mahsulotlari ulgurji bozoridagi sotuvchilar bilan gaplashgan.

    Taniqli virusologlar va epidemiologlar bilan o‘tkazilgan tahlillar va intervyular natijasida, nashr Uxandagi epidemiya Yevropa va AQShdan import qilingan muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlariga aloqador deya taxmin qildi.

    JSST va Xitoy rasmiylarining mart oyida e’lon qilgan qo‘shma hisobotida COVID-19 kelib chiqishining ushbu versiyasi “bo‘lishi mumkin” deb ko‘rsatilgan.

    CDC vakili Ma Xuilayning so‘zlariga ko‘ra, kasalliklarni nazorat qilish markazi ushbu gipotezani qo‘llab -quvvatlaydi. “Xitoyda koronavirus 2020-yilning aprel oyi boshida avj olganidan so‘ng, virus yoz oylarida Pekin va Dalyanda qisman avj oldi. Biz epidemiologik tadqiqotlar o‘tkazdik va virus boshqa mamlakatlar yoki mintaqalardan muzlatkichli transport orqali kirib kelganini tasdiqladik”, — dedi u.

    “Oktabr oyida kasallikning Shandun provinsiyasidagi Sindao shahrida avj olishi ushbu gipotezani yana bir bor tasdiqladi, chunki koronavirus muzlatilgan oziq-ovqat qadoqlaridan topilgan”, — deya qo‘shimcha qildi ekspert. CDC vakillari koronavirusning bu tarzda yuqishini kuzatish uchun global hamkorlik mexanizmini yaratish zarur deb hisoblaydi.

    Mavzuga doir: AQSh razvedkasi koronavirusning sun’iy yaratilgani bo‘yicha dalillar topmadi. Biroq hamon virus Uxan laboratoriyasidan “sizib chiqqan” degan fikrni istisno qilmayapti

    Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan C.1.2 koronavirus shtammi COVID-19 ning “tarqalish tezligini oshirgan” bo‘lishi mumkin.

    JARdagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yangi C.1.2 shtammida ko‘p sonli mutatsiyalar mavjud. Yangi shtammning mutatsiyalari unga “tez tarqalish qobiliyatini” beradi, shuningdek antitanalarga qarshilikni kuchaytiradi. COVID-19 ga qarshi mavjud vaksinalari C.1.2 ga qarshi samarali bo‘ladimi-yo‘qmi noma’lum.

    JARda C.1.2 shtammi birinchi marta may oyida Mpumalanga va Gauteng provinsiyalarida topilgan. 13- avgustga holatiga ko‘ra, yangi shtamm JARdagi to‘qqiz viloyatdan oltitasida qayd etildi, shuningdek u Kongo Demokratik Respublikasi, Portugaliya, Yangi Zelandiya, Shveysariya va Mavrikiyga kirib keldi.

    C.1.2 shtammi 2020-yil o‘rtalarida JARda ustuvor bo‘lgan C.1 shtammidan paydo bo‘lgan mutatsiya. Aynan JARda birinchi marta beta shtammi kashf qilingandi, u hozirda olimlarni tashvishga soladigan shtammlar toifasiga kiradi.

    Mavzuga doir: Afrika rivojlangan davlatlardan koronavirusga qarshi vaksinalarning ortiqchasini berishni so‘radi

    Yevropa Ittifoqi AQShdan keluvchilar uchun Ittifoq hududiga kirishni chekladi. Yevropa Ittifoqi Kengashi COVID-19 pandemiyasi paytida Yevroittifoqqa erkin kirishiga ruxsat berilgan mamlakatlar ro‘yxatidan bir qator davlatlarni, jumladan AQShni ham chiqarib tashladi.

    “Isroil, Kosova (qisman tan olingan respublika), Livan, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya Respublikasi va AQSh ro‘yxatdan chiqarildi”, — deyiladi kengash xabarida.

    Agar biror mamlakat Yevropa Ittifoqining COVID-19 bo‘yicha “xavfsiz” davlatlar ro‘yxatida bo‘lmasa, ushbu davlatdan keluvchilarning Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda erkin harakatlanishi (turizmning barcha turlari bo‘yicha) cheklanadi. Shuningdek, cheklovlar ittifoq mamlakatlaridan ushbu davlatga boruvchilar uchun ham taalluqli bo‘ladi.

    Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘z xohishiga ko‘ra to‘liq emlanganlarga nisbatan cheklovlarni olib tashlash huquqiga ega.

    “Xavfsiz davlatlar” ro‘yxatining birinchi versiyasi 30-iyun kuni qabul qilingan. Hozir uning tarkibiga 17 ta davlat kiradi. “Bu ro‘yxat doimiy ravishda ko‘rib chiqiladi va vaziyatga qarab yangilanadi”, — deyiladi kengash xabarida.

    Mavzuga doir: Yevropa Ittifoqida vaksinatsiya sertifikatlari joriy etiladi. Ular yordamida chet elliklar ittifoq hududiga kiritilishi mumkin

    Shuningdek:
    • Yaponiyada koronavirusning delta va alfa mutatsiyalarini birlashtirgan yangi turdagi delta shtammga chalinish bo‘yicha birinchi holat tasdiqlandi. Yaponiyadan tashqarida jami sakkiz kishida ushbu delta osti turi qayd etilgan, ammo uni yuqtirish darajasi noma’lumligicha qolmoqda. Delta shtammining yangi turi shu oyda mamlakat kasalxonasidagi bemorda aniqlandi. “Bemor delta shtammida uchraydigan L452R mutatsiyasini, shuningdek alfa shtammida topilgan N501Y mutatsiyasiga o‘xshash N501S mutatsiyasini tashib yurgan”, — deyiladi xabarda. Bemorning chet elga sayohati to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘qligi, u virusni aholi orasida yuqtirgani uchun N501S mutatsiyasi Yaponiyada paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilinmoqda.
    • Albaniyada koronavirusga chalinish holatlarining ortishi munosabati bilan karantin choralari kuchaytirildi, aholining ayrim toifalari uchun majburiy vaksinatsiya joriy qilinishi mumkin. Mamlakatda tungi komendantlik soati bir soatga uzaytirilib, 23.00 dan 6.00 gacha davom etadigan bo‘ldi. Yopiq binolarda niqob taqish majburiy bo‘lib qolmoqda. Avval ham komendantlik soati, niqob rejimi amalda bo‘lgan, biroq hukumat ularning bajarilishini qat’iy nazorat qilmagan. Endilikda karantin qoidalarini buzganlarga jarima solinadi— jismoniy shaxslar uchun 3000—5000 lek (28-48 dollar) va korxonalar uchun 100 000—700 000 lek (954-6682 dollar).

    31.08.2021, 17:27   Izoh (0)   17400
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” yetakchisidan intervyu olgan afg‘onistonlik jurnalist ayol mamlakatdan qochib ketdi

    31.08.2021, 16:11

    “Tolibon” Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining to‘liq olib ketilishini qanday nishonladi? (foto va video)

    31.08.2021, 15:25

    Afrikada kutilmaganda kuchli qor yog‘di (video)

    31.08.2021, 14:27

    “Tolibon”ga qarshi kuchlar yetakchisi Ahmad Mas’ud qanday shart bilan jangni to‘xtatishini aytdi

    31.08.2021, 13:14

    Pentagon AQShning Afg‘onistondagi jami talafotlarini oshkor qildi

    31.08.2021, 12:12

    “Tolibon” Panjsherdagi qarshilik kuchlariga hujum qildi

    31.08.2021, 11:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda shifokorlar tug‘ilayotgan chaqaloq qo‘lini uzib yubordi

    Dunyo | 6 avgust, 16:05

    “Formula-1” Bred Pittning karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylandi

    Kino | 6 avgust, 15:55

    Toshkent viloyatida ikki nafar qiz suv omboriga cho‘kib ketdi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:50

    Eron Isroilga josuslik qilgan shaxsni qatl etdi

    Dunyo | 6 avgust, 15:40

    “Bo‘sh joy yo‘q”. Jennifer Lopesni Istanbuldagi Chanel do‘koniga kiritishmadi

    Shou-biznes | 6 avgust, 15:27

    “O‘zgidromet” 7-avgustda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:15

    Suleyman Karimovning 325 mln dollarlik yaxtasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi (video)

    Dunyo | 6 avgust, 15:10

    Ular taslim bo‘lmagan: nogironligiga qaramay muvaffaqiyatga erishgan aktyorlar

    Kino | 6 avgust, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.