• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh razvedkasi koronavirusning sun’iy yaratilgani bo‘yicha dalillar topmadi. Biroq hamon virus Uxan laboratoriyasidan “sizib chiqqan” degan fikrni istisno qilmayapti

    AQSh razvedka hamjamiyati koronavirusning kelib chiqishi haqidagi maxfiy ma’ruzaning qisqa xulosasini taqdim etdi, deb yozadi Meduza. Ma’ruzaning o‘zi razvedka xizmatlari birlashmasi tomonidan 24-avgust kuni prezident Jo Baydenga taqdim etilgan. Oshkor etilgan qisqa xulosaga qaraganda, prezidentga virusning kelib chiqishi haligacha noaniq ekanligini bildirishgan. Razvedkachilar virus Uxan virusologiya instituti laboratoriyasidan “sizib chiqqani” haqidagi versiyani istisno qilmadi, ammo hozircha buni tasdiqlaydigan dalil topgani yo‘q. Shu bilan birga, agar virus “sizib chiqqani”da ham u tabiiy kelib chiqishga ega bo‘lgan: uning funksiyalari gen injeneriyasi usullari yordamida kuchaytirilmagan (ammo razvedkachilar bu xulosa bo‘yicha ham ishonchi komil emas). Va nihoyat, razvedka hamjamiyati shuni aniqladiki, Uxan laboratoriyasidan virus sizib chiqqan taqdirda ham, xitoylik amaldorlar buni bekitishga urinmagan.

    Soqchi chet ellik jurnalistlarni Uxan virusologiya institutiga kiritmayapti, 2021-yil 3-fevral

    Soqchi chet ellik jurnalistlarni Uxan virusologiya institutiga kiritmayapti, 2021-yil 3-fevral
    Foto: AP Photo

    U qanaqa ma’ruza?

    Prezident Jo Bayden uch oy avval AQSh razvedka agentliklariga “koronavirusning kelib chiqishini o‘rganish bo‘yicha sa’y-harakatlarni ikki karra kuchaytirish”ni va bajarilgan ish haqida 90 kundan keyin hisobot berishni buyurgandi. Razvedkachilar shu paytgacha ilmiy muhitda norasmiy va hukumat organlarida ortiqcha siyosatlashtirilgan deb hisoblangan savolga javob berishi kerak edi: xavfli virusning paydo bo‘lishi olimlarning aralashuvi natijasi hisoblanadimi yoki u tabiatda yo yovvoyi hayvonlar sotiladigan bozorda hayvondan — oraliq tashuvchidan yuqish oqibatimi? “Sun’iy kelib chiqish” nazariyasi “kuchsiz” va “kuchli” ko‘rinishda ifoda etilgandi:
    • Uxan virusologiya institutining minglab shunday viruslar kolleksiyasi yig‘ilgan doktor Shi Chjenli laboratoriyasidan o‘zgarmas tabiiy patogenning sizib chiqishi.
    • Gen injeneriyasi usullari yordamida yaratilgan virusning laboratoriyadan sizib chiqishi (tabiiy viruslar funksiyalarini kuchaytirish bo‘yicha tajribalar natijasida).
    Butun o‘tgan yil davomida olimlarning ko‘pchiligi tabiiy kelib chiqqanlik varianti epidemiya paydo bo‘lishining yagona va yetarlicha realistik izoh ekanligini da’vo qilib keldi. “Sun’iy kelib chiqish” nazariyalarini ular konspirologiya (fitna nazariyasi) deb hisoblashga chaqirdi (ayni paytda ba’zi virusologlar laboratoriyada saqlangan yoki o‘rganilgan tabiiy virusning “sizib chiqishi” ehtimolini istisno qilmadi, biroq virusning gen injeneriyasi yordamida yaratilishi haqidagi versiyaga qarshi chiqdi).

    Ushbu ilmiy konsensusga qarshi faqat turli mamlakatlardan tashabbuskor tadqiqotchilar (xususan, D.R.A.S.T.I.C. guruhidan) chiqdi, ular ochiq manbalardan Shi Chjenli laboratoriyasi “aybi”ni isbotlovchi dalillar to‘pladi. Bundan tashqari, inson qo‘li bilan yaratilgan virusning sizib chiqishi versiyasini AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp ham ilgari surgan. Uning raqiblari bo‘lgan demokratlar da’vo qilishicha, shu tariqa Tramp haqiqatni o‘rnatishga urinmayapti, balki shunchaki Xitoy bilan ko‘p yillik kurashini davom ettirmoqda.

    Tramp AQSh prezidenti saylovida mag‘lub bo‘lgach, bir guruh mashhur olimlar ochiq xat yozib, laboratoriyadan sizib chiqish va hatto sun’iy kelib chiqish versiyalarini istisno qilmagan holda, koronavirusning kelib chiqishini qaytadan o‘rganishni taklif qildi. Shundan keyin o‘sha paytgacha Trampni fitna nazariyasiga moyilligi va Xitoyga asossiz hujumlarda ayblab kelgan Jo Bayden va demokratlar AQSh razvedkasidan ushbu masalani aniqlashtirishni talab qildi.

    24-avgust kuni turli razvedka xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Milliy razvedka idorasi prezidentga maxfiy ma’ruzani taqdim etdi. 28-avgust kuni uning qisqacha xulosasi e’lon qilindi.

    Unda razvedkachilar o‘zlari kelgan xulosani asoslab beruvchi hech qanday ma’lumotlar yo‘q; ular tadqiqot olib borgan uslublar ham tilga olinmagan. Razvedka idorasi tafsilotlarni keyinroq qisman ochiqlashga va’da berdi.

    Razvedkachilar nimani va qanday tekshirgan bo‘lishi mumkin?

    Razvedkachilar ish olib borayotgan vaqtda ko‘p bora sizib chiqqan ma’lumotlarga hamda ular o‘z hisoboti bo‘yicha taqdim etgan qisqa xulosaga asoslanib, razvedkachilar foydalangan uslublar va ma’lumotlar haqida fikr yuritishimiz mumkin.

    CNN qo‘lga kiritgan axborotga ko‘ra, ma’lumotlarning asosiy manbasi Uxan virusologiya instituti ma’lumotlar bazasi bo‘lgan, unda laboratoriyada saqlanayotgan viruslarning genetik ketma-ketligi qayd etilgan. Baza 2019-yil sentabrda omma uchun ochiq manbadan o‘chirib tashlangan (buni virusning sun’iy kelib chiqishi haqidagi nazariya tarafdorlari juda shubhali deb hisoblaydi). Amerika razvedkasi 2021-yilda ushbu ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi. Taxminlarga ko‘ra, unda

    • laboratoriyada epidemiya boshlanishidan oldin SARS-CoV-2 namunalari bo‘lgani (bu laboratoriyadan virusning tabiiy varianti “sizib chiqqani” haqidagi versiyaning ishonchli isboti bo‘lgan bo‘lardi);
    • SARS-CoV-2 gen injeneriyasi usullari yordamida yaratilgani bo‘yicha ilmiy ishlar borligi yuzasidan dalillar bo‘lishi mumkin.
    Bundan tashqari, razvedka 2019-yil dekabrida epidemiya rasman boshlangunigacha Uxanda SARS-CoV-2 bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holatlarni, shuningdek, Uxan virusologiya instituti xodimlarining kasallanish holatlarini aniqlashga urindi. Avvalroq sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika razvedkasi, go‘yoki, 2019-yil kuzida COVID-19 nikiga o‘xshagan simptomlar bilan kasalxonalarga murojaat qilgan institut xodimlarining tibbiy ma’lumotlarini topgan. Ma’ruza xulosasi e’lon qilinishidan avvalroq razvedka rahbariyati bilan suhbatlashgan jurnalistlarning ba’zilari xabar berishicha, ushbu bemorlarda hid bilish qobiliyati yo‘qolgan.

    Nihoyat, razvedkachilar xitoylik amaldorlar orasidagi agentlar va qochoqlar (xoinlar) bilan ish olib bordi: ular yordamida Xitoy hukumati laboratoriyadan virus sizib chiqqanini yashirgani yuzasidan dalillar topishga intildi.

    Ushbu tekshiruv natijalari ma’ruza xulosasida o‘z aksini topdi:

    • ikkita asosiy versiyani — odamning (yoki odamlarning) yovvoyi tabiatdagi virus manbasidan yuqtirishi va olimlar tomonidan yovvoyi tabiatda olingan virusning laboratoriyadan “sizib chiqishi”ni — razvedkachilar teng ehtimolli deb hisoblashda davom etmoqda. Uchta razvedka agentligi virusni odamlarga oraliq tashuvchi rolini o‘tagan hayvonlar yuqtirgan deb hisoblaydi (ammo ishonchi komil emas), bitta agentlik esa virusni birinchi bo‘lib yuqtirgan odamlar laboratoriyada paydo bo‘lgan, deb taxmin qiladi (ularda ham qat’iy ishonch yo‘q).
    • Virus laboratoriyadan “sizib chiqish”idan avval uning funksiyalarini kuchaytirish maqsadida modifikatsiya qilingani haqidagi g‘oyani razvedka kam ehtimolli deb hisoblaydi (ammo ikkita razvedka agentligi fikricha, bunday xulosa uchun hozircha aniq dalillar yo‘q).
    Xitoy hukumati virusning “sizib chiqqani”ni yashirgani bo‘yicha dalillar yo‘q. Shu bilan birga, Pekin nimanidir yashirayotgani uchun emas, balki “xalqaro hamjamiyat bu masaladan Xitoyga siyosiy bosim o‘tkazishda foydalanishi” tufayli boshqa mamlakatlar tadqiqotchilari bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lmayapti.

    Shu tariqa, taxmin qilish mumkinki, razvedka tomonidan qo‘lga kiritilgan Uxan virusologiya instituti ma’lumotlar bazasidan na SARS-CoV-2 va na uni yaratish uchun “asos” bo‘lishga da’vogarlik qilishi mumkin bo‘lgan viruslarning genetik ketma-ketligi topilgan. Institutning kasallangan xodimlari haqidagi ma’lumotlar razvedka rahbariyatiga  virusning qochib chiqishi haqidagi versiyaga asos qilib olish uchun yetarlicha ishonchli bo‘lib tuyulmadi. Qochoqlar va Xitoydagi boshqa manbalar bilan olib borilgan ishlar AQShni laboratoriya bilan bog‘liq ehtimoliy hodisani yashirishga qaratilgan faoliyat olib borilmaganiga ishontirdi.

    Xulosalar deya tan oladi razvedkachilar razvedka ma’lumotlaridan tortib, virus va uning epidemiyaning ilk bosqichlaridagi tarqalish yo‘llari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlargacha bo‘lgan turli dalillarga qanday baho berishga qarab turlicha bo‘lib chiqishi mumkin. Ehtimol, razvedka tomonidan qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar ular ekspertiza uchun murojaat qilgan olimlarning ishonchini ikkilantirib qo‘yadigan darajada ishonchli bo‘lib chiqmagan: ularning ko‘pchiligi haligacha virusning tabiatda paydo bo‘lgani versiyasini ehtimolga eng yaqin deb hisoblamoqda.

    Olimlar-chi, ular koronavirusning sun’iy kelib chiqishi bilan bog‘liq qandaydir dalillar topdimi?

    Yo‘q. Ular razvedkachilardan yangi ma’lumotlar olishga umid qilgan edi, ammo unday bo‘lmadi. Ayni paytda razvedka ularni o‘z tadqiqotlariga faol ravishda jalb qildi. “Yasama virus” nazariyasiga qat’iy qarshi bo‘lgan Robert Gerri (Yangi Orleanning Tulan universitetidan) Nature jurnaliga gapirib berishicha, unga razvedka xodimlari murojaat qilgan, ularning barchasida biologiya bo‘yicha ilmiy darajalar bo‘lgan. Ular mavzu bo‘yicha barcha ilmiy maqolalar bilan tanish bo‘lgan va to‘g‘ri savollar bergan.

    Gerrining o‘zi hamkasblari bilan avgustda Cell jurnalida virusning kelib chiqishi haqida yangi maqola e’lon qilgan, u shu paytgacha olingan barcha ma’lumotlarni o‘zida jamlagan. Xulosalar avvalgidek:

    • SARS-CoV-2 ni yaratish uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan virus yoki viruslar topilmagan.
    • Virus Uxanning virusologiya instituti joylashgan emas, balki yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilinadigan bozorlar joylashgan tumanlarida tarqalishni boshlagan. Ustiga-ustak, epidemiyaning eng boshidan buyon turli bozorlar yonida ikkita turli liniyalar paydo bo‘lgan, agar virusni shahar bo‘ylab laboratoriyada kasallangan xodimlar tarqatganida edi, bunday bo‘lishi dargumon bo‘lgan bo‘lardi.
    Shu tariqa, ilk bemorlarning hayvonlardan kasallangani (katta ehtimol bilan Uxandagi bozorlarda) versiyasi eng ishonchliga o‘xshaydi, deb yozdi Gerri va uning hamkasblari.

    31.08.2021, 08:13   Izoh (0)   16523
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar SARS-CoV-2 har hafta mutatsiyaga uchrashini aniqladi

    30.08.2021, 21:11

    OAV: Afg‘onistonlik jurnalistlar BMTga maktub yo‘llab ularning xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi

    30.08.2021, 20:41

    The Times: Boris Jonson xavfsizlik bo‘yicha o‘zi bergan tavsiyalarni buzgan. U Saudiya shahzodasiga shaxsiy telefonidan xat yozgan

    30.08.2021, 18:39

    WSJ: Shimoliy Koreya plutoniy ishlab chiqaradigan reaktorni qayta ishga tushirdi

    30.08.2021, 16:10

    Tojikistonda 16 ming kishiga amnistiya e’lon qilinadi

    30.08.2021, 15:48

    Baydenning Isroil bosh vaziri bilan uchrashuvda “uxlab o‘tirishi” ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamaga sabab bo‘ldi (video)

    30.08.2021, 15:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turli mamlakatlar haqida yo‘l ko‘rsatkichlardan ham ko‘proq so‘zlaydigan suratlar

    Sayohat | 3 iyun, 14:05

    Rossiya Ukrainaga urushni 2 xil yo‘l bilan to‘xtatishni taklif qildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:00

    “Yashil makon”ga ajaratiladigan pullar har bir tiyini sarflanishini kuzatish imkoni yaratiladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:45

    Lamin Yamal “Real”ning yangi futbolchisi bilan hazillashdi: “Bu mening yangi o‘yinchog‘im”

    Sport | 3 iyun, 13:44

    “Ota-onalik — bolaligingda yoningda ko‘rishni istagan katta odam bo‘lish imkoniyatidir”. Milliarderlar farzandlarini qanday tarbiylaydi?

    Layfstayl | 3 iyun, 13:28

    Tanada tuz miqdori oshib ketganining 5 ta yashirin belgisi

    Salomatlik | 3 iyun, 13:20

    Umri ayanchli yakunlangan mashhur fotografning O‘zbekiston haqidagi fotolari

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:17

    iPhone narxi AQSHda ishlab chiqarilsa, 3500 dollarga oshishi mumkin — CNN

    Dunyo | 3 iyun, 13:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.