O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jozef Baydenga maktub yo‘lladi.
Unda Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning Kobul xalqaro aeroporti hududida sodir etilgan terrorchilik hujumi oqibatida AQSh harbiy xizmatchilari qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor qilib, vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 26-avgust kuni Kobul aeroporti yaqinida ikkita portlash sodir bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlashlar deyarli bir vaqtda yuz bergan, ulardan keyin otishma boshlangan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash qurbonlari soni 103 kishiga yetgan. Ularning 90 nafari Afg‘oniston fuqarolari bo‘lsa, 13 nafari amerikalik harbiylardir.
Bunden avval Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevga Jambil viloyatida yuz bergan portlash munosabati bilan hamdardlik bildirgandi.
Mavzuga doir: Kobul aeroporti yaqinida portlash yuz berdi (video)
Izoh (0)