O‘zbekistonda 24-avgust kuni COVID-19 ga qarshi 128 251 doza vaksina qo‘llandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Shundan 51 744 doza birinchi bosqichda, 57 118 doza ikkinchi bosqichda va 19 389 doza uchinchi bosqichda qo‘llangan.
Shu kungacha O‘zbekistonda jami 12 959 828 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ulardan 1-bosqichda emlanganlar 9 016 316 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 2 902 459 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 1 041 053 nafarni tashkil qildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar esa 1 517 199 nafarni tashkil qilmoqda.
Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Farg‘ona viloyati (21 592 doza),
- Namangan viloyati (21 459 doza),
- Samarqand viloyati (13 331 doza) band qildi.
- Farg‘ona viloyatida 1 535 389 doza,
- Namangan viloyatida 1 529 314 doza,
- Andijon viloyatida 1 377 755 doza,
- Samarqand viloyatida 1 236 157 doza,
- Qashqadaryo viloyatida 1 062 552 doza,
- Surxondaryo viloyatida 1 007 318 dozani tashkil qilmoqda.
Izoh (0)