24-avgust kuni olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

Namibiyaning Etosha milliy qo‘riqxonasida yashovchi ikki jirafa o‘rtasidagi zebra bolasi.

Foto: Legion Media

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida quyosh chiqishini tomosha qilayotgan mahalliy sayyohlar.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Bangladeshdagi qishloq aholisi kichik qayiqlar bilan pushti nilfiya gullarini yig‘ib, uyga qaytmoqda. Odatda gullar ertalabdan peshingacha bo‘lgan vaqtda teriladi.

Foto: Legion Media

Xitoydagi tuzli suv havzasida xom tuzni belkurak yordami bilan olayotgan ishchilar.

Foto: Getty Images

Tokioda Paralimpiya o‘yinlari rasmiy ravishda boshlandi.

Foto: Getty Images

Afg‘onistondan 260 nafar odamni evakuatsiya qilgan samolyot Ispaniyaning Torrehon aviabazasiga yetib keldi.

Foto: “TASS”

Moskva hayvonot bog‘idagi kapibara.

Foto: “TASS”

Turkiyada Malazgirt jangining 950 yilligi nishonlanmoqda. 1071-yil 26-avgust kuni Vizantiya imperatori Roman IV Diogen va Saljuqiy sultoni Sulton Alp Arslon Malazgirt tekisliklarida to‘qnash keldi. Ushbu jangda Sulton Alp Arslonning qo‘li baland keldi va musulmon turklarga Onado‘li eshiklarini ochib berdi.

Foto: Getty Images

Kobulning Hamid Karzay xalqaro aeroportidagi amerikalik harbiy va mahalliy aholi.

Foto: “TASS”

Boltiq dengizida yelkanli syorfing bilan shug‘ullanayotgan ayol.

Foto: EPA

Braziliyaning San-Paulu shtatidagi Joukeri bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bog‘ning 80 foizga yaqin qismi vayron bo‘ldi.

Foto: Getty Images

“Genri” tropik to‘foni AQShning sharqiy sohiliga yetib keldi. Suratda: Suv toshqinidan zarar ko‘rgan Nyu-Jersi.

Foto: Getty Images

Isroil bilan chegaradagin Erez punktining Falastin tomonida G‘azo qamalini to‘xtatishga chaqirilgan norozilik namoyishi paytida bolalar tomonidan uchirilgan sharlar.

Foto: Getty Images

Xitoyda iyul oyidan beri birinchi marta koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmadi.

Foto: Getty Images

Kobul xalqaro aeroportida evakuatsiya jarayoni.

Foto: AP Photo

AQShning Men shtatida “Genri” to‘foni vaqtida o‘z oilasini mashinasida kutayotgan qizcha.

Foto: Shutterstock

Ukraina Mustaqillik kunini harbiy parad bilan nishonlamoqda.

Foto: EPA

Xitoydagi dorivor o‘simliklar bozorida sotilayotgan jenshen ildizi.

Foto: AFP

Angliyaning “Uipsnayd” hayvonot bog‘ida hayvonlarning yillik inventarizatsiyasi o‘tkazildi.

Foto: PA

Extinction Rebellion eko faollari London markazida norozilik namoyishi o‘tkazdi.

Foto: EPA