Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-avgust, seshanba kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari jamiyatning ham ekologiyaga nisbatan munosabati o‘zgarishini qayd etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Ekologiya qo‘mitasi rahbarini ishdan oldim, bu tizimni qayta ko‘rib chiqamiz. Ekologiya — bizning hayot-mamotimiz. Jamiyatimizning ham qarashi o‘zgarishi, munosabati keskin bo‘lishi kerak. Daraxt ekish tizimini yaratamiz, bizga hozir daraxtlar havodek kerak. Har bir viloyat hokimi tizim qanday o‘zgarishi bo‘yicha shaxsan o‘zi bosh vazirga taqdimot qiladi. Tuman, shaharlar bo‘yicha ham jiddiy ishlar qilishimiz, o‘zgarishimiz zarur.

O‘zim qishloqqa borib o‘ylanaman: hayvonlar, qushlar kamayib ketyapti. Bu ekologiyaga bog‘liq. Hozir Bo‘stonliqdagi ahvol ham yaxshi emas, hammayoq chang-to‘zon. U yerda ham daraxatlar kamayib bormoqda.

Mana, yaqinda Zominda yong‘in bo‘ldi. Bir noinsof boyvachchaning o‘g‘li shu ishni qilibdi. Hozir prokuratura shug‘ullanyapti, albatta, chora ko‘ramiz”,  — dedi Prezident.