So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Taniqli afg‘on qo‘mondoni Ahmadshoh Mas’udning o‘g‘li “Tolibon”ga qarshi kurash kuchlarini tuzdi. Ushbu qo‘shinning toliblar bosimiga yana qancha vaqt dosh berishi noma’lum

    24.08.2021, 09:20 45983

    Toliblar Panjsher vodiysiga hujum qildi — bu ular Afg‘onistonda egallab olmagan yagona hudud. Vodiyda “Tolibon”ga raqib sifatida Milliy qarshilik fronti tuzildi. Mazkur tuzilmaning vakili Ali Nazariy “Tolibon”ning 23-avgust kuni Panjsherga hujum qilishga uringani, ammo mag‘lub bo‘lib, ortga chekinganini ma’lum qilgan. Bir kun avval, 22-avgustda “Tolibon” ushbu muxolif guruhga qurollarni tashlash va taslim bo‘lish uchun to‘rt soat vaqt bergan, aks holda ularni og‘ir jazolashi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Meduza’ning materialida “Tolibon” va Milliy qarshilik fronti to‘qnashuvlarining yakuni nima bilan tugashi mumkinligi taxmin qilingan.

    Panjsher vodiysidagi Ahmad Mas’ud guruhining vakillari, 2021-yil 21-avgust

    Panjsher vodiysidagi Ahmad Mas’ud guruhining vakillari, 2021-yil 21-avgust
    Foto: Sahel Arman / AFP / Scanpix / LETA

    Panjsher vodiysi avval ham qarama-qarshilik markaziga aylangan. U yerda taniqli afg‘on qo‘mondoni Ahmadshoh Mas’ud jang qilgan. Vodiy Kobuldan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan. Panjsher Afg‘oniston shimolini janub bilan bog‘lab turuvchi yo‘llar o‘tgan muhim strategik hudud hisoblanadi. 1980–1990-yillarda dastlab Sovet Ittifoqi qo‘shinlariga, keyinchalik toliblarga munosib qarshilik ko‘rsatgan eng asosiy hududlardan biri bo‘lgan. Ahmadshoh Mas’ud AQShda 11-sentabr teraktlari sodir bo‘lishidan ma’lum vaqt avval “Tolibon” hamda “Al-Qoida” tomonidan o‘ldirilgan.

    “Tolibon”ga qarshi turuvchi yangi guruhga Ahmadshoh Mas’udning o‘g‘li, Buyuk Britaniyada ta’lim olgan 32 yoshli Ahmad Mas’ud rahbarlik qilmoqda. U otasining g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan holda, Afg‘onistondek ko‘p millatli mamlakatda markazlashmagan siyosiy tizim zarur deb hisoblaydi. Ahmad Mas’ud toliblarni markazlashmagan hukumat tuzishga va unga mamlakatdagi barcha kuchlarning vakillarini kiritishga chaqirgan. U “Tolibon” ushbu taklifni rad etadigan bo‘lsa, o‘zi rahbarlik qilayotgan guruhlar bilan birgalikda toliblarga qarshi qurol ko‘tarishga tayyorligini bildirgan.

    Ahmad Mas’ud G‘arbdan o‘z guruhlariga ko‘mak berishni so‘rab The Washington Post gazetasida maqola chop ettirgan. “Millionlab afg‘onlar siz bilan o‘z qadriyatlarini bo‘lishishini bilasiz. Biz uzoq vaqt davomida qizlar shifokor bo‘la oladigan, matbuot erkin faoliyat olib boradigan, yoshlar raqsga tushib, musiqa tinglaydigan, stadionlarda futbol uchrashuvlarini tomosha qiladigan ochiq jamiyat uchun kurashdik. Toliblar bir vaqtlar o‘sha stadionlardan qatlni amalga oshirish joyi sifatida foydalanishgan va bu yana takrorlanishi mumkin”, — deya yozgan u o‘z maqolasida.

    Shuningdek, Mas’ud AQSh hamda uning ittifoqchilari jang maydonini tark etgan bo‘lishi mumkinligi, lekin Amerika bir vaqtlar Franklin Ruzvelt aytganidek, yana “demokratiya uchun qurol-yarog‘” bo‘la olishini qayd etgan.

    Mavzuga doir: Foto: Qochoq prezidentlar. Chet eldan boshpana izlashga ularni nima majbur qilgan?

    Panjsherda o‘zini yangi davlat rahbari deb e’lon qilgan Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrillo Solih yashirinib olgan. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani BAAda ekanligini e’lon qilgach, Solih mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq vitse-prezidentga davlat rahbari vazifasini bajarish yuklanishini eslatgan. U Afg‘oniston hududida qolayotganini aytgan va afg‘onlarni toliblarga qarshi kurash olib borishga da’vat etgan.

    Solihning Panjsher vodiysida ekanligini Milliy front vakili Ali Nazariy ham tasdiqlagan. Biroq u vitse-prezidentning toliblarga qarshi turgan guruhlarga aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan: “Janob Solih ‘Tolibon’ va Pokistonga qarshi chiqadi. Biroq bu u toliblarga qarshi turuvchi harakatning bir qismi emasligini anglatadi. U Panjsherda va Amrillo Solihni hurmat qilishadi”, – degan Nazariy. Ammo matbuotda Solih hamda Mas’udning o‘zaro ittifoqchi ekanligi haqida gap-so‘zlar tarqalgan, sabab — vitse-prezident bir vaqtlar Ahmadshoh Mas’ud rahbarligidagi guruh tarkibida “Tolibon”ga qarshi jang qilgan.

    Qarshilik harakati vakillarining “Tolibon” bilan munosib kurashish yoki aksincha kurasha olmasligi noma’lum. Mas’ud guruhlari Afg‘oniston ichida toliblarga qarshi kurashga tayyor va ular bilan raqobatlasha oladigan yagona kuch bo‘lib qolmoqda. Milliy qarshilik fronti Panjsherda Afg‘oniston hukumat qo‘shini va fuqarolar urushga tayyorligi hamda umumiy qo‘shin soni o‘n ming nafarga yetganligini ta’kidlagan. Biroq ekspertlar Mas’udning “Tolibon” uchun jiddiy muammo bo‘lishi mumkinligiga shubha bilan qaramoqda, chunki 32 yoshli qo‘mondonning Afg‘oniston ichida ittifoqchilari kam, boshqa xorij davlatlari esa uning harakatini rivojlantirish va Milliy frontga ko‘mak berishga shoshilayotgani yo‘q.

    Kreml Afg‘onistondagi qarama-qarshiliklarga aralashmasligini bildirgan. “Bugun bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik kelishuviga a’zo davlatlarning navbatdan tashqari majlisida Afg‘onistondagi voqealar rivoji, mamlakatda navbatdagi fuqarolar urushi boshlanishining ehtimoli qo‘shimcha xavf hamda tahdidlar uyg‘otishi eslatib o‘tildi. Albatta, hech kim bu kabi ishlarga aralashmoqchi emas”, — degan Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

    Mavzuga doir: AQSh Afg‘onistonni o‘z ixtiyori bilan topshirdimi? Rossiya nima uchun o‘zi terrorchi deb hisoblaydigan tashkilot bilan hamkorlik qilmoqda? Yana “Tolibon” haqida

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    300 dan ortiq: Qorabog‘dagi portlashda halok bo‘lgan va yaralanganlar soni ma’lum qilindi

    Bugun, 13:10

    InfinBANK’dan foizsiz kredit: ertakmi yo haqiqat?

    Bugun, 12:00
    Reklama

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov Xitoy Taypeyi vakili ustidan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 13:07

    NATO Qrim yaqinida parvozlar sonini uch baravarga oshirdi

    Bugun, 12:57

    Insulinga rezistentlik belgilari: ular e’tiborsiz qoldirilganida qandli diabet yuzaga kelishi mumkin

    Bugun, 12:57

    Mudofaa vaziri Toshkentda AQSH Markaziy qo‘mondonligi rahbari bilan uchrashdi

    Bugun, 12:54

    O‘z hududingizda qoling: shaharning ko‘plab qulayliklari bitta kompleksga qanday joylashdi

    Bugun, 10:41
    Reklama

    Latviyada mashinasiga “men rusman” stikerlarini yopishtirgan haydovchilar jarimaga tortilishi mumkin

    Bugun, 12:35

    Qirg‘izistonning un va bug‘doy eksportini taqiqlashi O‘zbekiston bozoriga hech qanday taʼsir ko‘rsatmaydi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Bugun, 12:34

    Dunyo mamlakatlari 2025-yilga borib kiberjinoyatlardan 10,5 trln dollar zarar ko‘rishi mumkin

    Bugun, 12:19

    Uill Smit 55 yoshni qarshi oldi: Gollivud yulduzi ishtirokidagi eng yaxshi filmlar

    Bugun, 11:44

    FAO O‘zbekistonda chigirtkaga qarshi kurashish uchun 8 ta Toyota Hilux topshirdi

    Bugun, 11:30

    Tavsiya etamiz

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?