• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    CNN: AQSh Kobul aeroportiga faqat Amerika va NATO fuqarolarini kiritishga qaror qildi

    AQSh hukumati “Tolibon” qo‘liga o‘tgan Afg‘onistonni tark etishning oxirgi imkoni bo‘lgan Kobul aeroportiga kirishni cheklashga qaror qildi. Bu haqda manbasiga tayanib, CNN xabar berdi. Aeroportga faqat AQSh va NATO mamlakatlari fuqarolari, shuningdek, grin-karta egalari kirishi mumkin. Nomzodlarni filtrlashda endi “Tolibon” yordam beradi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Telekanal suhbatdoshining aniqlik kiritishicha, AQShning maxsus immigratsion vizasi (AQSh hukumati kuchlari va idoralariga ishlaganlar uchun mo‘ljallangan) dasturida qatnashish uchun ariza bergan afg‘onlar ham aeroportga qo‘yilmaydi.

    Manbaga ko‘ra, “Tolibon” aeroportga kiraverishda hujjatlarni tekshirishga yordam beradi. AQSh va NATO mamlakatlari fuqarolari o‘zlari bilan faqat oila a’zolarini — turmush o‘rtog‘ini yoki bolalarini olib ketishi mumkin.

    Manbaning aytishicha, aeroportda respublikani tark etmoqchi bo‘lgan 20 ming kishi bor. Ularning ko‘pchiligi armiya yoshidagi hujjatsiz afg‘onistonlik erkaklar. Shu tarzda aeroportda betartiblik saqlanib qolmoqda. Buning sabablaridan biri arizachilarga ularning ismi yoki hujjat raqami ko‘rsatilmagan elektron vizalarni berish haqidagi qaror bo‘lgan. Afg‘onlar bu vizalarni skrinshot ko‘rinishida aeroportga kira olmagan boshqa fuqarolarga yuborishgan.

    “Konsulxona yoki ma’muriyat, ochig‘ini aytganda, bu ahmoqona vizani yuborish, aeroportga hammani ketma-ket 24 soatga kirgizish bilan qanday yomon ish qilganini tushunmaydi, deb o‘ylayman”, — dedi manba. Uning so‘zlariga ko‘ra, aeroportdagilarning hammasini yaqin to‘rt kun ichida olib chiqishning iloji yo‘q.

    Keyingi 24 soat ichida AQSh harbiy havo kuchlariga tegishli C-17 33 samolyoti Kobulga uchishi kerak, ularning har biri 400 kishini evakuatsiya qilishi mumkin. Afg‘onistonga tijoriy reyslar uchmaydi, evakuatsiya harbiy transportlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

    Shu bilan birga, “Tolibon” vakili Suhayil Shohinning aytishicha, afg‘onlarning mamlakatni tark etishga intilishi qo‘rquvdan emas. “Ular G‘arb mamlakatlariga ko‘chib o‘tishni xohlaydi. Bu iqtisodiy migratsiyaning bir turi. Afg‘oniston kambag‘al mamlakat, aholining 70 foizi qashshoqlik yoqasida yashaydi, shuning uchun hamma G‘arb davlatlariga ko‘chib o‘tishni xohlaydi, ular farovon hayotni istaydi. Gap qo‘rquvda emas”, — dedi u Sky News’ga bergan intervyusida.

    Suhayl Shohinning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Buyuk Britaniyaga evakuatsiya uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. Agar xorijiy kontingent belgilangan sanaga — 31-avgustga qadar mamlakatni tark etmasa, u holda harakat tarafidan javob ko‘rsatiladi.

    Avvalroq Kobul aeroporti yaqin ikki kunga yopilishi, bu allaqachon uning hududida bo‘lib turgan odamlarni evakuatsiya qilish uchun kerakligi ma’lum qilingan edi. Shuningdek, “Tolibon” jangarilari Kobul aeroportidagi evakuatsiya jarayoniga aralashishga uringan taqdirda, AQSh ularga tezda javob qaytarishi haqida ogohlantirgan.

    “Tolibon” Kobul aeroportidagi evakuatsiya ishlariga aralashmaslikka va’da bergan. Ammo amerikaliklar va ularning ittifoqchilari bilan hamkorlik qilgan afg‘onistonliklar “Tolibon” ularning ketishiga to‘sqinlik qilishidan qo‘rqmoqda.

    The New York Times xabariga ko‘ra, “Tolibon” so‘roq qilish va jazolash uchun AQSh harbiylari bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarni qidira boshlagan. NYT ta’kidlashicha, “Tolibon” ro‘yxatdagi odamlarni, jumladan, Kobul aeroporti yaqinidan ham qidirmoqda, aeroport hozir mamlakatni tark etish mumkin bo‘lgan yagona joy.

    23.08.2021, 19:43   Izoh (0)   24077
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyda koronavirus tarqalishi to‘xtatildi, Hindistonda dunyodagi birinchi DNK-vaksina ma’qullandi. Koronaxabarlar

    23.08.2021, 18:42

    Rossiya Afg‘onistonga qo‘shin yubormoqchi emas — Rossiya TIV

    23.08.2021, 17:41

    “Tolibon” 31-avgustni AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib ketilishi uchun so‘nggi muddat deb belgiladi

    23.08.2021, 17:10

    Bayden AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish haqidagi qarorini tushuntirdi

    23.08.2021, 16:24

    Bayden qanday holatda “Tolibon”ga qarshi sanksiyalar joriy etilishini ma’lum qildi

    23.08.2021, 15:39

    “Tolibon” Afg‘onistonda o‘z nazorati ostiga o‘tmagan so‘nggi viloyatni qamal qilishni boshladi

    23.08.2021, 15:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.