So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12297.88
    • RUB 138.27
    • EUR 13496.92
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +11°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Ashraf G‘anining BAAda ekanligi ma’lum qilindi. U Afg‘onistonni qanday tark etgani haqida bayonot bilan chiqish qildi

    18.08.2021, 23:26 137985

    Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga “Tolibon” kelganidan keyin mamlakatdan qochib ketgan prezident Ashraf G‘ani va uning oila a’zolariga xavfsiz boshpana bergani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda 18-avgust kuni BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi bayonot berdi, deb yozmoqda “TASS”.

    Foto: Getty Images

    “BAA Ashraf G‘ani va uning oilasiga insoniylik nuqtayi nazaridan xavfsiz boshpana taqdim etdi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

    Ashraf G‘ani 15-avgustda “Tolibon” harakati vakillari Kobulga kira boshlaganidan keyin mamlakatni tark etgan. Avvalroq KabulNews nashri uning Ummonda ekanligi va u yerga Tojikiston orqali samolyotda parvoz qilgani haqida xabar bergan. Eronning Mehr agentligi esa G‘anining O‘zbekiston orqali Ummonga uchib ketganini qayd etgan. Ashraf G‘ani bilan birga Kobuldan rafiqasi Rula G‘ani, yana ikki kishi, jumladan, maslahatchisi bilan birga chiqib ketgan. Bir necha kundan beri G‘anining qayerda ekanligi haqida rasmiy ma’lumot berilmayotgan edi.

    BAA Tashqi ishlar vazirligi binosi

    BAA Tashqi ishlar vazirligi binosi
    Foto: Shutterstock

    Voqealardan keyin sobiq prezidentning o‘zi Facebook’dagi sahifasida davlat rahbarligidan mamlakatdagi qonli to‘qnashuvlarning oldini olish maqsadida iste’foga chiqqani haqida yozgan. Keyinchalik Ashraf G‘anining Kobuldan qochayotgan vaqtida vertolyotga sig‘maydigan darajada ko‘p pullarni olib chiqib ketishga uringani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqalgan.

    Mavzuga doir: Rossiya prezidentining maxsus vakili: Afg‘onistondan qochib ketgan Ashraf G‘ani afg‘on xalqi tomonidan sud qilinishi kerak

    Kobulda hukumatni tinchlik yo‘li bilan topshirish muvofiqlashtiruvchi kengashining a’zolari G‘aniga kengash manfaati uchun iste’fo berishni so‘ragan, biroq u ushbu taklifga rad javobini bergan. Bloomberg agentligining xabariga ko‘ra, hukumatni topshirish bo‘yicha muzokaralar Qatar poytaxti Dohada Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga “Tolibon” vakillarining kelishidan bir necha hafta ilgari boshlangan. Avvalgi hukumat a’zolarining “Tolibon”ning yangi rahbarlik tuzilmalariga kirishi mumkinligi taxmin qilinayotgandi, ammo G‘anining mamlakatdan qochib ketishi ushbu umidlarni puchga chiqardi.

    Mavzuga doir: Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etish qarori haqida deyarli hech kimga aytmagan

    Ashraf G‘anining BAAda ekanligi ma’lum bo‘lganidan keyin Afg‘oniston TIV sobiq maslahatchisi Faxriddin Garizoda prezidentning Abu-Dabidagi shifoxonalardan biriga joylashtirilganini bildirgan. Bu haqda Eronning Young Journalists Club agentligi xabar qildi.

    “Abu-Dabiga qochib kelgan Afg‘oniston sobiq prezidenti Ashraf G‘anining sog‘lig‘i yomonlashgani haqida xabarlar tarqaldi. Bir qancha diplomatik manbalarning aytishicha, G‘ani sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli bir necha soat ilgari shahardagi shifoxonalardan biriga yotqizilgan”, — degan Garizoda.

    Ushbu xabarlardan so‘ng CNN o‘z manbasi axborotiga asoslanib, Ashraf G‘anining videomurojaat bilan chiqish qilmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

    Hech qancha vaqt o‘tmay, Ashraf G‘ani Facebook’dagi sahifasi orqali videomurojaat yo‘lladi. U o‘z murojaatida BAAda bo‘lib turganini rasman tasdiqlagan.

    “Meni Kobuldan chiqib ketishga majbur qilishdi, sababi poytaxtda zo‘ravonliklar va qon to‘kilishini istamadim. Ular meni qidirishdi. Qo‘riqlash xizmati xodimi yonimga kelib, toliblarning poytaxtga kirganini aytgan vaqtida men saroyda edim”, — deya qayd etgan Ashraf G‘ani.

    Afg‘oniston sobiq prezidenti o‘z murojaatida mamlakatga yaqin vaqt ichida qaytmoqchi ekanligini bildirgan.

    “Men Birlashgan Arab Amirliklaridaman, lekin yaqin kelajakda vatanimga qaytaman”, — degan sobiq prezident.

    Shuningdek, u Afg‘onistonga qaytish borasida xorijdagi hamkorlar bilan maslahatlashuvlar olib borayotgani va afg‘onistonliklar manfaatlari uchun adolatli qaror chiqarilishiga bor kuchi bilan harakat qilishini ta’kidlagan. Ashraf G‘ani vertolyotga sig‘maydigan darajada ko‘p pullarni o‘zi bilan olib chiqishga uringani to‘g‘risidagi axborotlarni ham inkor etgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Janubiy Koreyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

    Bugun, 15:53

    Huawei va “Yuksalish” Umummilliy harakati “Bir million daraxt” doirasida navbatdagi ekoaksiyani o‘tkazdi

    Bugun, 15:00
    Reklama

    Toshkent metrosida kaftni skanerlash orqali to‘lov qilish tizimi ishga tushirildi

    Bugun, 15:37

    O‘zbekistonda 5 yillik ish staji bilan pensiyaga chiqish mumkinmi?

    Bugun, 15:30

    2022-yilda Yevropa Ittifoqining harbiy xarajatlari rekord darajada — 240 milliard yevroni tashkil qildi

    Bugun, 15:25

    Yil boshidan beri Hindiston deyarli har kuni tabiiy ofatlarga duch kelmoqda

    Bugun, 15:08

    “Kapitalbank”ning omonatlar bo‘yicha o‘yinning yakuniy oyi

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Estoniya Rossiya bilan chegarani yopishga tayyorligini ma’lum qildi

    Bugun, 15:00

    1-dekabrdan ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori ko‘tarilmoqda. Jarimalar qanchaga oshadi?

    Bugun, 14:50

    Ziroat Mirziyoyeva Qatarda “Sidra” tibbiyot majmuasida bo‘ldi (foto)

    Bugun, 14:43

    Qish mavsumida xonaki gullar parvarishi uchun lozim bo‘lgan 3 ta muhim qoida

    Bugun, 14:30

    Toshkent shahrida so‘nggi 2 yilda avtobuslar soni 2 barobarga, harakat tarkibining o‘rtacha sig‘imi esa 74 foizga oshdi

    Bugun, 14:29

    Tavsiya etamiz

    Ta’ziyaga kelgan sobiq birinchi xonimlar, ish tashlagan o‘qituvchilar, muhtojlarga tayyorlangan kimchi — 29-noyabr suratlari

    23:00 / 29.11.2023

    Marsda yashashga tayyorgarlik, chiqindi qutisini titayotgan yigit, go‘zallik ma’budasi tug‘ilgan joy — 28-noyabr suratlari

    23:00 / 28.11.2023

    Uylariga qaytayotgan falastinliklar, butun boshli shaharni vayron qilgan to‘fon, Yangi yilga bezatilgan Oq uy — 27-noyabr suratlari

    23:00 / 27.11.2023

    Falastinliklar uchun ommaviy qabr, mehmonxonaga joylashgan kurkalar, Shukronalik kuniga bag‘ishlangan parad — hafta suratlari

    22:00 / 26.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.