• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh Ustyurtda uglevodorod qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari konlarda olib borilayotgan ishlar va konda ishlayotgan ishchi xodimlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi.

    O‘rganish ishlaridan avval Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi mas’ullari tomonidan “Sharqiy Berdaq” konida tashkil etilgan shtabda tabiiy gaz qazib chiqarish hamda uglevodorodlar zaxirasi hajmini oshirish borasida amalda qilinayotgan ishlar, rejalar borasida taqdimot o‘tkazildi.

    Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida 2021-yilning o‘tgan davri mobaynida tabiiy gaz qazib chiqarish reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi muhokama qilindi hamda o‘rganib chiqildi.

    2021-yilning yanvar—iyul oylari davomida boshqarmada 2,1 milliard kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi va reja ko‘rsatkichi ortig‘i bilan, ya’ni 105,8 foizga bajarilishga erishildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,1 foizni tashkil etdi.

    Shuningdek, 32,7 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarildi, bu borada esa reja ko‘rsatkichi 102 foizga bajarildi. Gaz kondensati qazib chiqarilishi borasida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,7 foizni tashkil etdi.

    Taqdimot davomida tabiiy gaz qazib chiqarish reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan jami 48 ta geologo-texnik tadbirlar amalga oishirilgani borasida axborot berildi.

    Shundan 24 ta yangi gaz quduqlari burg‘ilashdan keyin ishga tushirilib, 20 ta mavjud gaz quduqlarida kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari olib borildi, texnologiya yo‘nalishda esa 4 ta tadbirlar amalga oshirilgani bo‘yicha ham hisobotlar tinglandi.

    Ta’kidlash kerakki, ijobiy natijalarga erishish uchun uzunligi 14,4 kilometr bo‘lgan 3 ta gaz quvurlari ishga tushirildi va bitta texnologik obyektda rekonstruksiya ishlari ham amalga oshirildi. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish hisobidan jami 451,5 million kub metr gaz qazib chiqarishga erishildi.

    Belgilangan ko‘rsatkichlarni ortig‘i bilan bajarilishida, “O‘zbekneftgaz” AJ ichki imkoniyatlaridan ham keng foydalanildi, jumladan, yangi burg‘ilangan quduqlarni, gaz kollektorlarini ishga tushirishni tezlashtirish uchun boshqarmalar ichki resurslaridan turli o‘lchamdagi jami 17,5 kilometr quvurlar yetkazib berildi.

    Boshqaruv raisining tashabbusi bilan gaz qazib chiqarish hajmini yanada oshirish uchun, 2021-yil yakuniga qadar 68 ta geologo-texnik tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan (16 ta gaz quduqlarini burg‘ilishdan ishga tushirish, 50 ta gaz quduqlarida kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari olib borish va texnologiya yo‘nalishida 2 ta obyektlarni ishga tushirish). Belgilangan vazifalarning bajarilishi 956,4 million kub metr tabiiy gaz qazib chiqarishga zamin yaratadi.

    Taqdimotdan so‘ng boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari “Sharqiy Berdaq” konidagi yangi burg‘ilashdan ishga tushirilgan 96-sonli quduqda bo‘lib, ushbu quduq usti jihozlash ishlari va quduqning ishlash texnologik ko‘rsatkichlari bilan tanishdi.

    Shuningdek, “Quyi Sharqiy Berdaq” konida 2, 3-sonli izlov quduqlarida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari hamda “Sharqiy Berdaq” 13-son qudug‘ida olib borilayotgan to‘la ta’mirlash ishlarining holati bilan yaqindan tanishildi.

    O‘rganish natijalari bo‘yicha quduqlarda olib borilayotgan burg‘ilash va kapital ta’mirlash ishlarini yanada jadallashtirish hamda mavjud muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli departament va boshqarma boshliqlariga vazifalar belgilandi.

    Quduqlardan gaz qazib olishni jadallashtirish bo‘yicha kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlarining olib borilish jarayonlari joyida o‘rganilib, tegishliligi bo‘yicha mas’ul hamda rahbar xodimlarga ishlar taqsimlandi.

    Kon va quduqlarni loyiha hujjati asosida belgilangan ko‘rsatkichlarga hamda texnologik rejimlarga qattiq rioya qilinishi yuzasidan tegishli xodimlarga ko‘rsatmalar belgilandi.

    Boshqaruv raisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida texnologik obyektlarni ishga tushirish uchun loyiha ishlab chiqish ishlari, zarur bo‘lgan 7,2 kilometr, diametri 426 va 273 millimetrlik quvurlarni yetkazib berish borasida topshiriqlar berildi.

    Bundan tashqari, Muborak gazni qayta ishlash zavodi ichki imkoniyatdan ajratilgan texnologik apparatlarni yetkazib kelishni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

    Eslatib o‘tamiz, boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari tomonidan Ustyurtda tabiiy gaz qazib chiqarish ishlari holatining o‘rganilishi davom etadi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    20.08.2021, 10:30   Izoh (0)   7034
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda bir kunda 863 kishida koronavirus, 395 kishida pnevmoniya qayd etildi. To‘qqiz bemor vafot etdi

    20.08.2021, 10:27

    Shavkat Mirziyoyev nomidan yuzlab tadbirkorlarga minnatdorchilik xatlari topshirildi (foto)

    20.08.2021, 10:00

    Samarqandda bir guruh shaxslarni sababsiz urib, IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan 8 kishi qamoqqa olindi

    20.08.2021, 09:26

    Toshkent viloyati hokimligi Chirchiq daryosida rangli suv oqizilgani holati yuzasidan ma’lumot berdi

    20.08.2021, 08:39

    Buxoroda sodir etilgan o‘g‘rilik singan shishada qoldirilgan barmoq izi orqali topildi

    20.08.2021, 08:24

    DXX raisidan bosh vazir o‘rinbosarlarigacha. Sport tashkilotlariga rahbarlik qilayotgan o‘zbek amaldorlari

    20.08.2021, 08:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.