Markaziy bank 20-avgustdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga pastlab, 10 632 so‘mni tashkil qildi. Yevro 34,26 so‘mga pastlab, 12 436,25 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 8,31 so‘mga pastlab, 10 644 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket to‘rtinchi kun pastladi.
Izoh (0)