Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Investorlar afg‘on inqirozi oqibatlariga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ygani sabab O‘zbekiston va Pokistonning xalqaro obligatsiyalari bosim ostida qoldi. Bu haqda Financial Times’ga tayanib, Spot xabar berdi.

Foto: Forbes

Foto: Forbes

Pokistonning dollardagi obligatsiyalari qiymati taxminan 1 foiz yo‘qotgan. O‘zbekistonning 2030-yilda to‘lanadigan dollarli obligatsiyalari qariyb chorak foizga arzonlashgan.

“Xavotir uyg‘otadigan bir nechta mavzular bor. Ulardan biri — qochoqlar inqirozi”, — deydi LGIM’ning rivojlanayotgan mamlakatlar qarz majburiyatlari bo‘limi boshlig‘i Uday Patnaik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamg‘arma yaqinda O‘zbekiston va Tojikiston tomonidan chiqarilgan obligatsiyalari zaxirasini qisqartirgan.

FT’ning aniqlik kiritishicha, bozorda asosiy e’tibor Afg‘onistonning qo‘shnilariga qaratilgan, chunki mamlakatning o‘zini xalqaro bozorda qarzi yo‘q va hokimiyatdan ag‘darilgan hukumat o‘z mablag‘larining katta qismini Jahon banki hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi kabi donorlardan olgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning noyabrida Toshkent hokimligi qarzlar bozoriga kirib, 500 million dollarlik yevroobligatsiyalarni joylashtirishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi