O‘zbekiston Markaziy bank tomonidan yangi ko‘rinishdagi 5 000 va 10 000 so‘mlik banknotalar chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu masala 19-avgust kuni Oliy Majlis Senati kengashining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilgan.
Senatorlar banknotalarning yangilangan dizaynini 26-avgust kuni o‘tkaziladigan yalpi majlisda tasdiqlashi kutilmoqda.
Markaziy bank matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, banknotalarning yangi dizayni regulyator tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Ma’lumot uchun, 5000 so‘mlik banknota 2013-yilning 1-iyulidan, 10 000 so‘mlik esa 2017-yilning 10-martidan muomalaga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz O‘zbekistonda 14-iyundan 2 ming va 20 ming so‘mlik yangi kupyuralar muomalaga chiqarilgandi.
Izoh (0)