Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston davlat boshqaruv organlari, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika sohalari rahbarlari qaysi vaksina bilan emlangani haqida “Vaksinauz” Telegram-kanali infografika taqdim etdi.

Foto: Telegram / “Vaksinauz”

Foto: Telegram / “Vaksinauz”

Unga ko‘ra, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan:
  • bosh vazir Abdulla Aripov;
  • xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov;
  • sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Olimov;
  • Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev;
  • axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov;
  • favqulodda vaziyatlar vaziri Tursinxon Xudoyberganov;
  • Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev;
  • bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev;
  • transport vaziri Ilhom Mahkamov;
  • Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev;
  • Toshkent pediatriya tibbiy instituti rektori Botir Daminov;
  • innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov;
  • Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev;
  • Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev;
  • Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev emlangan.
“Sputnik V” vaksinasi bilan:
  • bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov;
  • mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov;
  • madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov;
  • maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin;
  • uy-joy kommunal xizmati ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov;
  • moliya vaziri Timur Ishmetov;
  • suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev;
  • qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev emlangan.
Moderna vaksinasi bilan:
  • bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov;
  • qurilish vaziri Botir Zokirov emlangan.
O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan vaksinalarning biri bilan:
  • bosh vazir birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov;
  • tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov;
  • mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov;
  • oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov;
  • energetika vaziri Alisher Sultonov;
  • adliya vaziri Ruslanbek Davletov;
  • ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov emlangan.
Bundan tashqari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev koronavirusga qarshi emlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2035-yilga borib aholi 45 milliondan oshishi kutilyapti — PMTI
Dunyo
Afg‘onistonda yuqori martabali amaldorlar “Tolibon” yetakchisini taxtdan ag‘darmoqchi 
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda