Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov hamda vazirlikning boshqa rahbarlari koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, vazirlik jamoasi rahbarlar boshchiligida vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qilgan.

“Shu bilan birga hozirda kasallik yuqish xavfi yuqori bo‘lgan kishilar qatorida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari ham vaksinatsiya jarayonida ixtiyoriy ravishda faol ishtirok etishmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan avval Senat raisi Tanzila Norboyeva, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Olimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev koronavirusga qarshi emlangandi.