Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Alisher Shodmonov koronavirusga qarshi emlandi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Alisher Shodmonov

Alisher Shodmonov
Foto: SSV matbuot xizmati

“Butun dunyo, xususan, mamlakatimizda bir yildan ortiq davom etayotgan pandemiya davri jamiyatimizga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmayapti. Uch oydan oshiq davom etayotgan vaksinatsiya jarayonlari yurtimizda bu ta’sirni kamaytirishda asosiy omil bo‘lib turibdi. Shu sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan ‘Men vaksina oldim’ (#men_vaksina_oldim) aksiyasi boshlandi”, – deyiladi SSV xabarida.

Qayd etilishicha, aksiya doirasida sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimov koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.

Anvar Alimov

Anvar Alimov
Foto: SSV matbuot xizmati

Ma’ruf Karimov

Ma’ruf Karimov
Foto: SSV matbuot xizmati

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Alisher Shodmonov va akademiya prorektori, professor Ma’ruf Karimov koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi.

Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni Alisher Shodmonov sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan olingan. Shodmonov o‘rniga uning o‘rinbosari Abduhakim Xojiboyev vazir etib tayinlangan.

Bundan avval Toshkentda 18 yoshdan oshganlar koronavirusga qarshi ommaviy emlanishi hamda O‘zbekistonda hozirga qadar xavf guruhiga kiruvchi aholining qanchasi emlangani to‘g‘risida ma’lumot berililgani haqida xabar qilingandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi